❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;

— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

4428 comments

Show 100 more comments
Assalomu aleykum. Talaba oʻtgan oʻquv yilida boshqa yoʻnalishga perevodni amalga oshirgan boʻlsa bu yil ham yana boshqa bir otmga oʻqishini koʻchirsa boʻladimi yani ikkinchi marta perevodni amalga oshirish mumkinmi?
Assalomu aleykum.Bu savolim bu postga togri kelmasligi mumkin.Ona tili adabiyotdan asosiy fanga nectadan savol bolarkan endi 20ta boladigan bolsa necta adabiyot necta ona tili tuwarkan qanday bilamiz buni
Assalomu alekum!!!
Men TDTUda (Neft gazkimyo sanoat texnalogyasi) da tahsil olaman uzim uqiydigon unverstet ichidagi turdosh guruhga pervot qilmoqchi edim ya'niy (Neft gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish) uzim yashab turgan hududa bu yónalish yóq.
Qolaversa biz imtihon topshirgan mahalda bu umumiy bitta yónalish edi ya'niy, Neft gaz ishi (faolyat turlari bóyicha) edi keyin bizni neft sohasi bóyicha har xil yónalishlarga bólvorishti men uzim qiziqan sohaga emasa aksincha boshxasiga tushdim shunga qanday sabab keltirishim mumkun .siz xalqni dardini eshitasiz iltimos Xushnudbek aka murojatimga uz munosabatingizni bildirishingizni sórayman.
Zuhra Farmonova
Assalomu aleykum man Urganch davlat universitetida turizm yunalishida oʻqiyman . oʻqishimni koʻchirmoqchi edim yani Yuridistika yoki Diplamatiyaga lekin mani yunalishimga bular turdosh sifatida kiritilmagan yani no turdosh .lekin manikirish imtixonidagifanlarim yani tarix,ingliz tili edi yuridistikada ham Diplamatiyada ham xuddi shu fanlardan imtihon olingan pervod qilsam boʻladimi.hech qanday super kantrak tulamasdan
Assalomu alaykum perevodga róyxatdan ótayotganlar qanday sabab yozsa róyxatdan otgani qaytarilmidi? Imtixon sanasi aniqmi? Nechchi kun mobaynida bólishi mumkin? Róyxatdan ótganlar tólov qiladimi? Ozim viloyatdan bolib turib Toshkentga perevod olsam boladimi?
Абдуллаева Хосият Собировна
Ассалому алайкум ! Углим Россияда укийди укишни тугатиб келгач дипломи утадими ? Батафсил маълумот беринг илтимос !
Матлюба
Ассалому алайкум Хушнудбек, авваломбор бундай овозли чатларни ташкил килганиз ун Сизга рахмат, саволим ички перевод хакида КДУда иссикхона ташкил кш факультетидан рус тилига перевод кимокчимиз,1 курсни битирди Кизим,контракти тулов канча бди ва кандай амалга оширилади,тестами, имтихонми?жавоб ун рахмат
Assalomu alaykum. Men O'zbekiston Respublikasi jahon tillari jurnalistika fakultitida grant asosida o'qiyman, 1-bosqichni tugatdim. Doimiy yashash manzilim Samarqand viloyati. Menda 4% lik xotin qizlar tavsiya nomasi imtiyozi bor. O'qishimni doimiy yashash manzilimga, ya'ni Samarqand shahar chet tillari institutiga turdosh bo'lgan fakultitga ya'ni (Filologiya va tillarni o'qitish. ingliz tili ) ga ko'chirmoqchiman O'qishimni grant asosida davom ettirolamanmi javob uchun rahmat
Укишни кочириш масаласида, ариза топширгандан кегин, жавобини качон юборишади , кабул килган ва рад этилганлигини кандай билса булади?
Assalomu alekum men 1-guruh nogironiman Toshkenga bujet asosida oqishga kirganman lekin sogligim yaxshi emasligi tufayli oqishni ozim yashab turgan yani Andijonga kochirsam kantrak bolib qolmidimi.
Ассалому алейкум ва рахматуллохи ва барокатух.
Мени саволим шунда иборатки. Мен Козокстон медицина академиясида укиман Узбекистонга перевод килмокчиман узим хохлаган вилоятдаги тиббиёт институтига перевод килишим мумкунми? Ёки переводни хамма тиббиёт институтлари хам кабул килмидими
Олдиндан рахмат
Men 2-semestrda bitta fandan yakuniy nazoratdan o’ta olmadim lekin institutda dekanatdagila aytishi bo’yicha o’sha povtorni ko’chirgan institutimda xam yopsa bo’larkan shuning uchun o’zim o’qiydigan institutdan transkrib oldim yaqinda endi ko’chirishga xujjat topshirsam maqullashadimi meni arizamni boshqa viloyatga ko’chirmoqchiman yo’nalishimni o’zgartirmasdan iltimos shu savolni ham berib o’tsangiz
Говхар
Асаломалекум ман М.Ауэзовдан перевод қилмоқчиман факултетим юристприденсия юридическийга ўтиш бали нечи балл переводда
Tizim o'zlarini foydasiga qonun chiqaravermasdan bizga ham yengillik berishsin yani grantdan grantga perevodga ruxsat berib qoysin hech bolmaganda shuni talab qilamiz😒
-Bir vaqtning o'zida ta'lim shakli va yo'nalishini o'zgartirish mumkinmi?
-Noturdosh yo'nalishkarga o'tkazish summasi aniq bo'lganmi?
(Amirqulov N)
акрам холмаматов
Ассалому алайкум.мен БНТУ талабасиман,2-курсни тамомлаб келдим енди мен укишимни Ташкент транспорт университетига кучирсам булйабдими?).лекин Турар жойим Самарканд вилойати.жавоб учун олдиндан Рахмат.!
Assalom alaykum Xushnud aka men Termiz davat unversiteti Turizm sirtqi yo'nalishda o'qiyman.1-kursni tamomladim men Jizzax viloyatida yashayman va Termiz shaxri menga uzoq bo'lganligi sababli o'qishimni ko'chirmoqchiman lekin Jizzax viloyatida Turizm yo'nalishlari mavjud emas shuning uchun men o'qishimni eng yaqin turdosh yo'nalishi bo'lgan Oliy ta'lim muassasasiga ko'chira olamanmi ?mening sababim uzrli sababga kiradimi ?
Assalom alaykum Xushnud aka men Termiz davat unversiteti Turizm sirtqi yo'nalishda o'qiyman.1-kursni tamomladim men Jizzax viloyatida yashayman va Termiz shaxri menga uzoq bo'lganligi sababli o'qishimni ko'chirmoqchiman lekin Jizzax viloyatida Turizm yo'nalishlari mavjud emas shuning uchun men o'qishimni eng yaqin turdosh yo'nalishi bo'lgan Oliy ta'lim muassasasiga ko'chira olamanmi ?mening sababim uzrli sababga kiradimi ?
Show next 100 comments