❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;

— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

4428 comments

Show 100 more comments
🌸🌸🌸
Assalom aleykum Xushnud aka man Buxoro texnologiya va muhandislik insitutida menejment sohasida 1.bosqichni yakunladim endi toshkent moliya insitutiga perevod qilmoqchi edim lekn doimiy yashash joyim xorazmda toshkentga perevod qilolamanmi va qanaqa bòladi
Assalomu aleykum wu yil Qozog'istonga sirtqiga kontrakt asosida uqiwga topwirsam keyingi yil 63ballni yigsam O'zbekistonga ochniy qilib perevod qilsam kontrakt tulaymanmi narxi qanaqa buladi oldindan raxmat
Men 1kursning 2-semestrida 1ta fandan yiqildim keyin perevod qilgan oliygohimda topshirsam bolaveradimi?
Hammaga salom savolim shuki xorijdan oqish kochiryabman ingliz tili filologiya oqiyman man royxatda korsatilgan mos VA turdosh yonalishlarga kochirib otsam boladimi yoki faqat osha ingliz tili filologiya tovshirishga majbur bolamanmi ???
Assalom alaykum man O'zMUda amaliy psixologiya yo'nalishida 3-kursda o'qiyman. Toshkent Pedagogika universitetiga boshlang'ich ta'lim yo'nalishiga perevod qilish mumkinmi?. Mumkin bolsa 3-kursga o'tiladimi yo 2-kursdan qaytadan o'qiladimi
Assalomu alaykum
Men bir nechta savolarim bor edi
Kunduzgda sirtqga uzi yashash joyimga pervodga ariza bersam tulov undirladimi yoki imtiyozdan foydalanmanmi

Kunduzgi bilan sirtiq bir xil yunalish bitirgandan keyin diplomda farq bulmadimi

Sirtqi talimda uqiydiganlar ishlashlari mumkunmi
Mumkuni bulsa qanday hujjatlar talab etiladi va talab qay tarizda ish talab qila olishi mumkun .misol uchun maktablardan

Uzur savolar ko'payib ketgani uchun javob uchun oldinfan rahmat
ㅤㅤㅤㅤㅤ
Xorijiy davlatdan ôzbekistonga oʻqishni ôtrishni narxlari qanday boladi
Assalomu alaykum Xushnud aka iltimos juda muhim savolimga javob bersangiz !
Savol:Men Termiz davlat universitetida buxgalteriya sohasini kunduzgi ta'limni 2-kursini tamomladim,o'qishimni iqtisodiyotni sirtqi ta'limiga ko'chirmoqchiman, aslida universitetimizda iqtisodiyot yo'nalishi bor 2020 yilda chet davlatlardan ko'chirib kelganlarni jamlab gurpa ochilgan,lekin transfer. edu. uz saytida yo'q ekan, shu sabab o'qishimni boshqa viloyatga sirtqi ta'limga ko'chirsam uzurli sabab hisoblanadimi, Men nima qilsam bo'ladi bu holatda sirtqi ta'limda o'qimoqchiman
Умид
Assalomu aleykom Òzbekistondagi filaldan Òzbdagi instga ham perevod qilish uchun imtixon topshiriladimi masalan Narxozni filalidan Narxozni òziga òqishni kòchirmoqchi bòlsa? Agar yana imtixon topshiradigan bòlsa betta qani adolat axir filalgaham davlat test markazining imtixonidan òtib kiriladiku
Assalomi alaykum Xushnudbek aka menda bitta savol bor edi qo‘shni davlatlardan o‘qishni ko‘chirishda jismoniy tarbiya yo‘nalishida o‘qiydiganlar uchun test sinovlari qay tardibda bo‘ladi xam nazariy xam amaliy bo‘ladimi? Iltimos mana shu savolga xam oydinlik kiritib o‘tinglar
Assalomu aleykum men yaqinda uylanyotgandim bolajak umr yoldoshim 4 kursga otadi mening asosiy ish joyim toshkentda,bolajak umr yoldoshim oqishini kochirishda qanaqa maslahat berolasiz
Ulug'bek
Assalomu aleykum men Termiz davlat universti Arxitektura VA Qurulish fakulteti Qurulish materiallari buyumlari va konstruksiyasi ishlab chiqarish yo'nalishi 3 kursga o'tdim akam ham kantrakda o'qiydi iqtisodiy ahvolimiz o'g'ir shuning uchun ham yônalishim böyicha boshqa viloyatga sirtqi talimga ôtkazsam bóladimi javob uchun oldindan kattakon rahmat
Ассалому алайкум мен ТАТУ Карши филиалида укиман тошкентдаги ТАТУГА узимни юналишимга перевод килмокчиман лекин пропискам навоида Тошкентга кучирсам буладими жавоб учун рахмад олдиндан
Гуларо Ахмадхановна
Ассалому алекум,
Савол 1.Мен мактабгача йуналишида укиман Бошлангич талимга перевод килмокчи булсам битта ОТМ ичида ва узр ли сабабим булмаса, Канча тулаб перевод килишим мумкин, Бошлангич ва мактабгача битта гурухдалигини инобатга олган холда?
Савол 2, Мактабгача йуналишидан Инглиз тили филалогиясига перевод килмокчии булсам битта ОТМ ичида, бунда суммаси канча булади?
Assalomu alaykum Xushnudbek aka transfer.dtm.uz sayti orqali hujjatlarni topshirdik hujjatlar qabul qilinganligni qayerdan bilsak buladi i imtihonlar qachon buladi uqishni horijdan kuchradiganlarga javob uchun raxmat
Ассалому алайкум. Ўтган йили ўқишдан йиқилганимдан сўнг. Қозоғистонга топширдим, ҳозир 2 курсни тўлиқ тугатганман. Саволим шундай бир ўқув йили давомида 2 курс (4 семестрни) тугаттим. Ўзбекистонда нечанчи курсдан ўқишни давом эттираман
Assalomu Alekum men qirgiztondan perevod qilmoqchiman elektron royhatdan ottim shu xisobmi transferdtm saytidan yoki unversitetitni oziga olib borish shartmi xujjatlarni?
Electron royhatdan otdim shuni ozi yetaydimi?
Show next 100 comments