❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат
#кўпчиликсўраганэди
Эртага,
28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи
Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.
Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:
— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;
— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;
— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;
— ички «перевод»лар;
— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);
— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;
— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.
Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.
👉 @xushnudbek 👈
1) Bir hududdagi OTM dan o'sha hududdagi boshqa bir OTM ga kunduzgi ta'limdan kechki yoki sirtqi ta'limga ko'chirishda (turdosh va mos yo'nalishga) kontrakt to'lov qilinmaydimi?
2) Mos va turdosh yo'nalishlar ro'yxatida nega geologiya qidiruv ishlari iqtisodiyoti yo'nalishi yo'q?
Javob uchun oldindan rahmat!
Malumot uchun: bizni tumanimizdan farg'onagacha 1 soatlik yo'l
Meni savolim shundan iboratki
Meni boʻlajak turmush oʻrtogʻim xozirda Farg'ona davlat universitetining. Filologiya va tillarni ôqitish: rus tili.
Kunduzgi tolov kontrakt Shartnoma asosida 2-kursni tugatishdi
Men oʻzim Fargʻona viloyati Dangʻara tumanida yashayman va doimiy roʻyxatda turaman Fargʻona viloyatiga qatnab oʻqishga yoʻl ozgina uzoqlik qilganligi tufayli
Men Bizga yaqinroq boʻlgan Qoʻqon davlat pedagogika institutining rus tili va adabiyoti fakulteti rus tili va adabiyoti yoʻnalishiga perivot qilmoqchi edik biz xam oʻqishni koʻchirish uchun toʻlov toʻlaymizmi agar toʻlasak qancha toʻlaymiz shu xaqda toʻliqroq maʼlumot bersangiz
Javob uchun oldindan rahmat
Tibbiyot yo'nalishi bo'yicha o'tish bali qachon e'lon qilinadi?
11:10
Assalomu alaykum men talabaman bir vaqtnj ozida talaba sifatida hujjat topshirsayam bolar ekan talaba sifatida oqishga topshirib ham perovodga ariza yozsa boladima .Noturdoshga perovod qilmoqchi bolganlar tabaqalashtirlilgan kantarkt tolar ekan shu kontrak bir yil davomida bolib tolanadima hudi super kontrak singari
O'zbekistonga perevod olsa buladimi va qachon
Qanday ishlarni amalga oshirish kerak
Yana bir savolim bor edi:
2. Masalan, Toshkentda (yoki boshqa shaharda) ishlovchi (maktabda, institutda, OTMda va h.k.), ammo pasportdagi "propiskasi" boshqa joydagi kimdir uylansa, xotini o'qiyotgan bo'lsa, uni o'zi ishlayotgan shaharga perevod qilishga sabab bo'la oladimi? Agar, sabab bo'lmasa, mantiqsizlik kelib chiqmaydimi? Oila bir joyda yashashi kerak ku, o'qishni ham tamomlab olish kerak. Javoblar uchun oldindan rahmat (agar, navbat yetsa)