❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;

— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

4428 comments

Show 100 more comments
M.Nurmatova
Salom
Jizzax pedagogika oliygohining Mtm dan boshlangich yo'nalishiga perevod qilsa buladimi
Agar bulsa nima qilish kerak
M.Nurmatova
S. Ergasheva
Ariza qabul qilinganini qayerdan bilsak bo'ladi ? .
Yaxshimisiz siz perevod uchun ariza topshirdizmi
Assalomu aleykum avvalombor anchadan buyon yani o'qishni ko'chir kunlari yaqinlashgandan buyon xar xil ma'lumotlar chiqdi o'qishni ko'chir uchun mos va turdosh yo'nalishi to'gri kelishi kerak ekan va yana shuni ma'lum qilishdiki asosiy sabab qilib uchta sabab keltirilib o'tildi meni balki juda koplab insonlarni bu xolat o'yga soldi agar 1ta otm ichida 1ta fakultetda kunduzgi yo‘nalishdan sirtqi yo‘nalishga o'qishni ko'chirmoqchi bo'lsa asosiy sababi 3ta sababdan keltirilmagan bo‘lsa u o‘qishini tekinga sirtqiga ta'limga ko'chira oladimi
Закирова Дилрабо
Мен углимни Козгистон университетидан Узбекистонга кучирмокчийдим,Транскриптида 1та фан - Козогистон тарихи бахоланмабди,буни переводга зарари йукми?
Ххх Ххх
Хамма салом хурматли талабалар мен Бир нимага тушунолмаяпман.
Мен тожигистон узбек филалогиясида укийман хозир перевод килишим керак.
Хужжатларни топширдим лекин турдош деган нарса бор мен ингилис тилига хам перевод килишим мумкин экан.
Бунда агар мен 66.1 тупласам муаммом хал буладими,йоки бунинг учун алохида туловлари хам борми.
Assalomu Alekum men Jizzax davlat pedagogika institutini Biologiya yönalishida kunduzgi ta'limni 1 kursni tugatdim.Men özim Surxondaryo viloyatida yashayman.Men özim yashayotgan viloyatimga Biologiya sirtqi ta'limga köchirmoqchiman.Bunga boshqa hech qanaqa sabab keltirish shartmasmi özi yashash manzilim uzoqligi ya'ni boshqa viloyatdaligi sabab böloladimi.Shunga yaxshilab oydinlik kiritib berishizlarni sòratdim.Javob uchun oldindan rahmat.
Jamol Esanov
Assalomu alaykum Hushnudbek aka Tarix fakultetida tahsil olaman iqtisodiyot fakultetiga oʻqishimni koʻchirmochiman nima qilishim kerak super kontragi qancha boʻladi.
66.1 balldan oshiq ball olgan hamma talaba qabul qilinadimi yoki soni chegaralanganmi? Qozoğistonda endi 3- kursga ótayotgan talaba bu imtohonda ótsa Ózbekistonda nechanchi kurs bólib óqishini davom etiradi? Javob uchun oldindan rahmat
Ibragimova SHahnoza
Ассалому алайкум мен Ибрагимова Шахноза Киргиз Узбек университетида 1 курс сиртки тугатдим аризани онлайн топширдим илтимос тест синовида енгиллик борми еки 5 йил иш стажига эга булганларга урта махсус укитувчиларга мактабдаги берилган тавсиянома утадими
САМАРКАНД ДАВЛАТ ТИББИЙОТ ИНСТИТУТИДАН ТОШКЕНТ ДАВЛАТ ТИББИЙОТ АКАДЕМИЯСИГА ПЕРЕВОД КИЛИШ УЧУН АРИЗА СОГЛИКНИ САКЛАШ ВАЗИРЛИГИГА ЙОЗИЛАДИМИ ЙОКИ ОЛИЙ ТАЛИМГА МИ?
Gu'lnaz
Assalomu aleykum. Men Nukus davlat pedagogika instituti milliy g'oya yo'nalishi 3-kurs talabasiman. Men o'qishimni Qoraqalpoq davlat universiteti tarix yo'nalishiga perevod qilmoqchi edim. Savolim shundan iborat bitta shahar ichida ikkita oliygoh bo'lsa, perevod qiladigan yo'nalish ham turdosh bo'lsa nima uchun besabab va beto'lov perevod qila olmaymiz. Javob uchun oldindan rahmat
55555
Assalomu alaykum men termiz davlat unverseteti arxetektura va qurilish fakultetida uqiyman amaliy matematikaga perivot qilsam super kantirak tolanmaydimi turdosh yunalishga
Assalomu alaykum men o‘tgan yil kechki talimda Jahon tillari universitetiga o‘qishga kirgandim endi bu yil Buhoro davlat Universitetiga kunduzgi ta‘limga pervod olsam bo‘ladimi? Va pullik bo‘ladimi? Javob uchun oldindan rahmat. 𝑫𝒊𝒍𝒐𝒃𝒂𝒓
Assalomu alaykum. Men M.Avezov nomidagi qozoq milliy universiteti yurusprudensiya yunalishida 1 kursni tamomladim. Men uqishimni SAMDU ga yurudik fakultetiga perivod qilmoqchi edim. Ushanga pervodda utish bali nechi bal buladi. Hammaniki qatori 66.1 bal buladimi yoki undan ziyodmi shuni bilmoqchi edim.
✔︎
ассаломлаеком хушнудбек ака илтимос кошма дастурда окийдиган талабаларди окишди кочириши масаласиниям кориб чикинг
Esquatova Aygera MEM 212
Assalomu alaykum men Toshkent irrigatciya qishliq xo'jaligi mexaniyzatciyasi ins-i muqobil energiya manbalari yo'naloshida oddiy kontraktda oqiyman 1 kurs tamomladim.Men Toshkent davlat transport universitetiga elektr energiya yo'nalishiga perevod qilmoqchiman sababi 1 kurs davomida muttaxassislik fanlar o'tilganda aynan elektr energiya bo'yicha qiziqishim borligini angladim.Savolim shunnan iborat perevod qilsam kantrakt bo'ladimi yoki supermi javob uchun oldinnan raxmat
Assalomu alaykum .Men Qirg'izistonda O'sh texnologiyada Informatika va lingvistika yo'nalishida o'qiyman o'zimizga Ingliz tiliga yoki o'zbek tiliga perevot qila olamanmi yoki yuqmi ?Iltimos shu savolimga javob bersangiz javobingiz men uchun juda muhim.
Rasulova S
Assalomu alaykum men Farğona davlat universitetida Boshlanğich taʼlim fakultetida uqiman kechkida uqiman .xozir men 2 kursti bitirdim xozir men kundizgiga perivot qilmoqchiman perivot qilsam boʻladimi 1 kurs pasaymidimi perivot qilsam
Umarova Orzigul
Assalomu alaykum.Men Toshkent kimyo texnologiya instituti Yangiyer filyali da sirtqi ta'lim yonalishi konservalash texnologiyasi fakultetida 1kursni tugatdim .Hozirda Toshkent da ishlayotganim sababli oqishimni Toshkent da davom qildirmoqchiman hamda yonalishimni ozgartirmoqchiman Shunga qanday maslahat bera olasiz
Assalomu alaykum. Man Milliy universiteti magistrantiman besh yillik pedogogik tajribam bor shu tajribamga asoslanib sharoit va ahvolni tushungan holda savol bermoqchiman.Savolom quidagicha : Hozirda O'zbekistonda ta'lim tizimi oqsoqlagan va xo'ja ko'rsin ko'rgazmali pedogoglar ko'paygan vaqtda yana ham ta'limga bunday bevosita qast qilish to'g'rimi. Shunchalik ham O'zbekiston kelajagiga shu qo'pol qilib aytganda ayyorona yo'lni bosib o'tgan kadrlarga ishonasizmi. Misol un O'zbekistonga kirolmagan bilimi yetmagan abiturientlarim Qirg'iziston va boshqa chet davlatlarga topshirib tibbiyot sohasiga hattoki boshqa yo'nalish va sohalardan O'zbekistonga kelishdi mana hozir ham na o'qishida ma'no bor na saviya ular baribir o'qimaydi yoki tuzuk kadr chiqmaydi.Ularda mehnatiga joni kuymaydi osonlikcha pul bilan erishilgan yutuq. Menimcha bunaqa darajada o'ylab yoki o'ylamay qilinyotgan ishlarda yana kelajakda savodsizlar yoki chala savodlilar jamoasi shakllanmas ekanmi.Oliy ma'lumotli vrach taksist yoki tadbirkor chiqishi mumkun avvalo hudo . Nima uchun ta'limda pul muhum o'ringa chiqishi kerak. Super to'lang agrar sohadan yuridik sohaga o'ting ,yoki pulini to'lang moliya sohasidan tibbiyotga o'ting va shunga o'xshash pul bo'lsa bo'ldi. Ta'lim sohasidagi o'qituvchi va proffesrorlar o'zi yaqin yillargacha bilimsizlik darajasi yuqori bakalavrlardan charchagan vaqtda yana ularga qo'shimcha ta'lim berishdan sovushlik va ishtiyoqni yo'qotish mumkun.Meni nazarimda yaqin yillarda O'zbekiston ta'lim sohalari va boshqa sohalarda oqsoqliklar kuzatiladi va bu sezilarli darajada bo'ladi bu albatta meni fikrim noto'g'ri bo'lsa uzur so'rayman shunda aybdor deb kim ko'rsatiladi va jabrlanuvchilar kim bo'ladi?
2 savolim: Magistratura bosqichida ham perevod olsa bo'ladimi agar bo'lsa qanday talablar qo'yiladi?
Javob uchun oldindan raxmat.
Assalomu alaykum Urganch davlat universitida pedagokika faqultetida òqiyman Difektalogiya yònalishida òqish niyatim bor ln bu yònalish Xorazimda yòq boshqa univarsitetga kòchirsam bòladimi bu ham bir sabab bòladimi yoki pullik bòladimi?
Javob uchun oldindan rahmat.
Show next 100 comments