❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;

— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

4428 comments

Show 100 more comments
Assalomu aleykum Xushnudbek aka,men bitta OTM ichida fakultetdan fakultetga turdosh yo'nalishga pervod qilmoxchiman,buning uchun keltirilgan sabablarim yo'q,sabab bo'lishi shartmi turdosh yo'nalishda bitta OTMda bo'lsa ham?oldindan rahmat
ASSALOMU ALAYKUM MEN QOZOGʻISTONDAGI SHIMKENT UNIVERSITETIDA YURISTPRUNDENSIYA YOʻNALISHIDA OʻQIYMAN ENDI TDYUDAN BOSHQA OʻQISHGA KOʻCHIRSAM BOʻLADIMI ILTIMOS SHU SAVOLGA HAM JAVOB BERINGLAR
Mr_GeOrGe
Ichki perevod oshirilgan to'lov kontraktni birdaniga to'lov amalga oshiriladimi yoki bo'lib to'lash imkoni bormi agar bo'lsa qancha vaqtda to'lovni amalga oshirish kerak!!!!!!!!
Assalom alaykum Xushnudbek aka.O'qishimni bir davlat OTM dan doimiy yashash joyimdagi OTM ga turdosh yo'nalishga ko'chirmoqchiman.Ariza berguncha uzrli sababini kiriting degan joyiga .Qanaqa sabablar kiradi .Javob uchun oldindan rahmat
ASSALOMU ALAYKUM MEN QOZOGʻISTONDAGI SHIMKENT UNIVERSITETIDA YURISTPRUNDENSIYA YOʻNALISHIDA OʻQIYMAN ENDI TDYUDAN BOSHQA OʻQISHGA KOʻCHIRSAM BOʻLADIMI ILTIMOS SHU SAVOLGA HAM JAVOB BERINGLAR
ASSALOMU ALAYKUM MEN QOZOGʻISTONDAGI SHIMKENT UNIVERSITETIDA YURISTPRUNDENSIYA YOʻNALISHIDA OʻQIYMAN ENDI TDYUDAN BOSHQA OʻQISHGA KOʻCHIRSAM BOʻLADIMI ILTIMOS SHU SAVOLGA HAM JAVOB BERINGLAR
Диля Султановна
Assalomu alekum Xushnud aka. Man Tashkent Tibbiyot akademiyasi Termiz filialida pediatriya ishi yo'nalishi 3-kursini tuvatdim. Savolimdan maqsad o'zim o'qiydigan o'qishning o'zida davolash ishi yo'nalishiga perivod qilmoqchiman(ichki perevod). Tartibi qanday bo'ladi va to'lovi bormi, bo'lsa qancha?
HUMAYRO
Assalomu aleykum hurmatli Xushnudbek aka sizga savolim bor edi
Assalomu aleykum. Men Chirchiq davlat pedagogika institutida Maktab menejmenti yo'nalishida o'qiyman 2-kursni tugatdim va men Toshkent davlat pedagogika universiteti Matematika yo'nalishiga perevod qilolamanmi va qancha kantrakt to'liyman va 3-kursdan o'qishni davom ettirolamanmi.
Assalomu alaykum. Pasport ma'lumotlarini kiritsak quyidagi muammo boʻlyapti
Assalomu alaykum, Xushnudbek, ishlaringizga rivoj, ikki dunyo saodatini Ollohdan Sizga tilab qolaman, chunki xalq dardini baralla ayta olasiz, savolim shuki, qizim òtgan yili Qarshiga fransuz tiliga 163, 5 ball bilan grantga kirgandi, asli Xorazmdanmiz, òqishini bu yil òzbek tiliga grant asosida UrDUga kòchira oladimi? Iltimos , shunga aniqlik kiritib bering, javob un oldindan kattakon rahmat
MOʻMIN
Assalomu alaykum Xushnudbek aka yaxshimisiz. Aka men Termiz davlat universitetida ikkinchi mutaxassislik xorijiy tillar fakulteti oʻqiyman oʻqishimni kunduzgidan kechkiga koʻchirmoqchiman lekin transfer.edu.botda kechki yoq deb chiqyapti aslida kechki bor qanday qilib oʻqishimni kechirsam boʻladi?
Uzoqova Madinka
Assalomu alaykum .Men SamDU maktabgacha taʼlim fakulteti 1 kursni tamomladim.mening doimiy yashash manzilim Toshkent shahrida.Men oʻqishimni Toshkentga Nizomiy instituti psixologiya fakultetiga koʻchira olamanmi ?Javobingiz uchun raxmat.
Arizani onlayn topshira olamizmi, òzining borishi shartmi?
Assalomu aleykum,men Surxondaryoda istiqomat qilaman,ózim Tojikistonda Tarix fakultetida o'qiyman,o'qishimni Toshkent shaxriga ko'chirsam bo'ladimi yo hamma o'z viloyatida qolishi kerakmi?
Ha to'g'ri. Lekin BU kanalni postlari doim haqiqat bo'ladi. Shunga ishonaman. Kimga qanaqa.
OYBEKOVICH
Assalamu alekum savolim quydagicha samarqand vetirinariya instituti farmatsiya yonalishi 2 chi kursni tugatgan talaba toshkent farmaseftika instituti ga perevod qilsa boladimi oldindan rahmat javob uchun
2-semestr fanlaridan qarzdor talaba oʻqishini koʻchirsa boʻladimi? Agar boʻlsa fanlardan qarzdorlikni qaysi universitetda yopadi?
Мисол учун бир талаба доимий яшаш жойи Жиззаҳда лекин Қорақалпоқ давлатуниверситети Гид ҳамроҳлиги ва таржимонлик фаолияти инглиз тили йўналишида ўқийди. 2-курсда ўзини вилоятига кўчирмоқчи аммо жиззаҳнинг ҳеч бир институтида талаба ўқиётган йўналиш йўқ. Шунде вазиятда талаба ўқишини ўзининг вилоятига яқин бўлган бошқа вилоятга ўзи ўқиётган мос йўналишга кўчира оладими? Ва Саёҳлик агентликлари "бизга ҳақиқатда Гид кадр керак" мазмунидги Аҳборо ҳати,ёки илтимоснома юборса бу ҳам ўқишни кўчиришда инобатга олинадими
Маъмурахон Джалилова
Ассалому алайкум! Мен Киргизистондаги Ош Педагогика институтини сиртки булим Бошлангич таьлим йуналишини 1- боскичини таьмомладим.Узим Андижон вилоятида яшайман.Киргизистонга бориб келиш узоклик килмокда.Шунинг учун укишимни Андижон Давлат Университетига кучирмокчиман. Базага ариза киритдим, илтимос имтихон жараенлари хакида маьлумот берсангиз, нечта фандан имтихон топшираман.
O'qishni ko'chirish bo'yicha savolim bor edi. Respublikani bir hududidan ikkinchi hududga o'qishimni ko'chirmoqchiman.O'zMU da 1 kurs magistraturani tamomladim TerDU ga perevod qilmoqchiman o'z mutaxassisligim bo'yicha.Biologiya (fan yo'nalishlari bo'yicha) 5A140101 mutaxassisligida o'qiyman.Perevod qilishimga sabab turmush o'rtog'im ToshMI da klinik ordinaturada o'qiydi 7 apreldagi prizedent qaroriga ko'ra klinik ordinaturaga maqsadli qabul qilingan talabalarning o'qishi bitiruvchi kursida viloyat darajasida tashkil etilar ekan ya'ni o'z viloyatimizga yuborilar ekan. Savolim shuki men ham o'qishimni o'z mutaxassisligim bo'yicha yuqorida ko'rsatgan sababim tufayli perevod qila olamanmi.TerDU da shu mutaxassislik yo'nalishi bor. Shu ko'rsatgan sababim uzrli sabab bo'la oladimi
Show next 100 comments