❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;

— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

4428 comments

Show 100 more comments
dilya
Узбекистанинг Бир Отмисадан бошка Отмига турдош болган факультега , аммо узурли сабаб болмаса отиш шарти , ва имтхонболадими , йоки ту́лов килиш керакми ?
Мохира
Ассалому алайкум қизим БУХДУ да мусиқа таьлими йуналишини 1 курсини тамомлади. Ўзимиз Қашқадарёданмиз ўқишини ҚДУ га мусиқа таьлимига кўчирмоқчи эдик, имтихон топширадими шу хақда тўлиқроқ маьлумот берсангиз
Mamura xasanova
Boshqa davlatdan õqishni kõchirish uchun tõlovlar bormi va u qanday amalga oshiriladi.
Men Toshkent davlat sharqshunoslik unversitedida (sirtqi)tarix fakultetida 2- kursda oqiman oqishimni shu unversitetda (kunduzgi) siyosatshunoslik fakultetiga perevod qilsam. Bo'ladimi.
Assalomu alaykum. Men O'zbekiston Respublikasi jahon tillari jurnalistika fakultitida grant asosida o'qiyman, 1-bosqichni tugatdim. Doimiy yashash manzilim Samarqand viloyati. Menda 4% lik xotin qizlar tavsiya nomasi imtiyozi bor. O'qishimni doimiy yashash manzilimga, ya'ni Samarqand shahar chet tillari institutiga turdosh bo'lgan fakultitga ya'ni (Filologiya va tillarni o'qitish. ingliz tili ) ga ko'chirmoqchiman O'qishimni grant asosida davom ettirolamanmi javob uchun rahmat
Ассалому алейкум, ҳурматли устоз!
Хорижий олий таълим ташкилотларидан Ўзбекистон олий таълим муассасаларига ўқишни кўчиришда фақатгина мос ва турдош таълим йўналишларига кўчиришга рухсат берилган.
Бир хорижий таълим йўналишининг Ўзбекистондаги таълим йўналишларига мос ва турдош эканлигини қандай билса бўлади?
O'qishni ko chirish ichki yani sirtqi qilsam oqishimizni pullikmi yoki bepul imtixon b-n mi yoki imtixonsiz
Assalomu alaykum. Men O'zbekiston Respublikasi jahon tillari jurnalistika fakultitida grant asosida o'qiyman, 1-bosqichni tugatdim. Doimiy yashash manzilim Samarqand viloyati. Menda 4% lik xotin qizlar tavsiya nomasi imtiyozi bor. O'qishimni doimiy yashash manzilimga, ya'ni Samarqand shahar chet tillari institutiga turdosh bo'lgan fakultitga ya'ni (Filologiya va tillarni o'qitish. ingliz tili ) ga ko'chirmoqchiman O'qishimni grant asosida davom ettirolamanmi javob uchun rahmat
Assalomu alekum. Nega haligacha o‘qishni ko‘chirish uchun topshirilgan arizalar ko‘rib chiqilmayapti, qabu ham tugayapti qachon ko‘rib chiqiladi o‘zi va men test uchun to‘lovni qachon to‘lemiz. Farg‘onadan Mirjalol.
Assalomu alaykum
Men òqishimni kunduzgi shakldan dirtqi shaklga òtkazmoqchi edim aytingchi buning uchun qanaqa uzurli sabablarim bòlishi kerak
Javob uchun oldindan raxmat
Farida
Assalomu alaykum meni savolimdan shundan iboratki, men Sadriddin Ayniy nomidagi Tojikiston davlat pedagogika universitetining Rus tili va adabiyoti yunalishini 1-kursini tamomlab respublikamizdagi OTMga xujjat topshirmoqchiman. Men Surxondaryo viloyati Sho'rchi tumanida yashayman, bizning hududimizda Filologiya va tillarni o'qitish: rus tili yunalishining sirtqi yoki kechkisi yuq ekan shu sababli men Toshkent shahri yoki Namangan shahridagi OTMga xujjat topshirsam buladimi, mening arizam qaytarilmaydimi? Keyin yana bitta savolim men Ona tili va adabiyot yunalishiga ham o'qishimni kochirsam buladimi? Javob uchun oldindan rahmat
БАХТИГУЛЬ АБДУРАСУЛОВА
Assalomu alaykum men birinchi kursnii tamomladim òqishimni sirtqi talim shakliga òtkazmoqchi edim shunga qanday hujjatlar kerak bòldiii imtihon topshiriladimi tòliqroq malumot bera olasizmii
Toshkent davlat sharqshunoslik unersiteti sirtqi tarix fakultetidan o'zim yashaydigan manzilda Buxoro davlat unversitetiga kundizgi tarix yo'nalishiga oqishimni ko'chirsam bo'ladimi
G'anisher
Assalomu alaykum akam Rassiyada temir yo'lar sirtqi ta'lim bo'yicha 2 kursda o'qiydi shuni O'zbekistonga o'qishini ko'chirishimiz uchun qanday hujjatlar taqdim etishimiz kerak bo'ladi.
Yana bir savolim bor akam Rossiyani temir yo'llari Universitetida o'qiydi doimiy yashash joyi Samarqanda. Samarqanda temir yo'llari unversiteti bo'lmaganligi uchun Toshkent Temir yo'llari Universitetiga o'qishga ko'chirsak bo'ladimi?
Javob uchun oldindan raxmat
Assalomu alaykum men hozirgi kunda Samarqaddagi Samarqad veterinariya meditsinasi instutida kontrakt asosida tahsil olmoqdaman oʻzim ham Samarqaddagi tumanlardan birida turaman men oʻqoshimni kundizgidan sirtqiga koʻchirmoqchiman agar Samarqad Davlat Universitetiga oʻqishimni koʻchirsam turdosh boʻlsa ham 56 million toʻlaymanmi
Yoki sirtqi taʼlim shaklliga oʻtkazayotganligim bois toʻlovni minimumini toʻlaymanmi
2. Agar ichki perevod olsamchi unga ham aynan platformaga ariza yozishim shartmi va unda ham shuncha miqdorda toʻlov qilamanmi
Assalom Alaykum Xurmatli kanal admini
Men Samvmi institutida uqiyman sirtqi bulimida ichki perevod qilmoqchi edim
Lekin transfer.edu.uz sayti ishlamayapti
Ushanga qanday yordam berolasizlar
Ruyhatdan utib bulmayapti
Show next 100 comments