❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;

— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

4428 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum,men òtgan yili Farģona davlat universitetining Boshlanģich ta'lim yònalishiga hech qandan imtiyozsiz,òz bilimim bilan davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilganman,bu yil turmush òrtoģimning haqiqiy harbiy xizmat faoliyati Toshkent shahrida joylashganligi sababli,Toshkent davlat pedagogika universiteting (aynan òzimning yònalishim bòlmish)boshlanģich ta'lim yònalishiga kòchirib òtkazishga majbur bòlyapman,shu holatda davlat granti saqlab qolinadimi?
Assalomu alaykum men Jizzax politexnika institutining Radioelektron qurilmalar va tizimlar yunalishida oʻqiyman .
Men Oʻqishimni Navoiy davlat pedagogika institutining matematika va informatika yunalishiga koʻchirsam boʻladimi.
Matematika va informatika yunalishi turdosh deb eʼlon qilinibdi .
Мен ҳорижий олий таьлимнинг юриспруденсия йўналидан Ўзбекистоннинг қайси олий таьлим юриспруденсия йўналишига ўқишимни кўчира оламан. Маьлумот учун мен Қирғиз-Ўзбек университетини юриспруденсия йўналишини 1-курсини тамомладим
Ассалому алайкум мен ўқишга топширдим аммо 122.500 сўм тўловини қилолмаган эдим хозирда шў тўловни амалга оширсам бўладими. Олдиндан рахмат.
..
Карши Мухандислик Иктисодиёт Институти качондан Тошкент филиали булиб колди ? Ёки бу янги университетми ?
Ассалаума алейкум мен Нукус давлат педагогика институти хорижи тил ва адабиетидан жахон тиллари университетига укишимни кучирмокчи эдим контракт тулаш керакми
Assalomulaykem biza o'qishni ko'chirmoqchi bo'lsak mahhaliyga yani O'zbekistondan O'zbekistonga ko'chirmoqchi bo'lsak imtihon bo'ladimi.
Шахинабону
Чет элдан Укишни кучириш буйича Узбекистондаги хохлага жойимизга перевод килсак буладими ёки перевод килишда яшаш вилоятига караб кучириладими
Яшаш жойини ахамияти йук. Факат перевод килмокчи булган Узбекистондаги институт ёки университетдаги йуналиш хозиргача укиган йуналишиздек булиши керак.
Assalomu alaykum Men farg‘onada tibbiy profilaktika yo'nalishida grantlar o‘qiyman. Yashash joyim Sirdaryo viloyati hududimda tibbiyot instituti bo'lmagani sababli Toshkent tibbiyot akademiyasiga perevod qilmoqchiman, shunda tibbiy profilaktika yo'nalishiga grant bo‘lib o‘tamanmi
Assalomu alaykum. Bu yil ingliz tili yo'nalishiga (misol uchun Milliy universitet xorijiy filologiya) magistraturaga o'qishga topshirishda imtixon tartibi qanday bo'ladi. Ya'ni test shaklida bo'ladimi yoki yozma ravishdami?
Лекин контракт тулаш шартми
Assalomu alaykum man buxoro muhandislik texnologiyalar institutini 2kursini bitirdim yunaliw yerusti transporti endi o'qishimni o'zimni viloyatimga navoiyga ya'ni navoi davlat konchilik institutining mashinasozlik yunaliwiga kuchirmoqciman wunda 3kursdan davom ettiramanmi 2ni qaytip oqimimanmi
Muhammad Ali
Oqishni kochirish uchun test olinar ekan tolov ham amalga oshirish kerakmi.
Assalomu aleykum.Men kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha 3 bosqichga oʻtdim.Oʻqishimni oʻzimni yoʻnalishimda sirtqi taʼlimga koʻchirsam 3 bosqich boʻlib koʻchamanmi va bu holatda toʻlov yoʻqmi?
Мафтуна Шавкатовна
Assalomu alaykum men Samarqand davlat chet tillari institutida 4-kurs arab tili yo'nalishi bo'yicha o'qiyman men o'qishimni o'zimizning institutdagi ingliz tili yo'nalishiga ko'chirsam bo'ladimi rahmat javob uchun
Muhammad Ali
Men royhatdan otdim.id raqam berildi shu bilan tolov qilinadimi
Grantdagilar uzrli sababi boʻlsa,mos va turdosh yoʻnalishga koʻchirmoqchi boʻlsa grand boʻlib oʻtadimi?Iltimos audio chatda shu savollarga javob beringlar
Assalomu alaykum! Uzb. ichidaga o'qishda 1 kurslar turdosh bo'magan yonalish ko'chrish tartibi qanday bo'ladi? test bo'ladimi? pul to'lanadimi? Raxmat!
Bekzod
Assalomu aleykum men Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot insituti tibbiy profilaktika ishi yo'nalishida 1 kursni tugatdim bizni viloyatimizda Tibbiyot insituti bo'lmagani uchun hududimizga yaqin bo'lgan Toshkent Tibbiyot akademiyasini davolash ishi yo'nalishiga ko'chirmoqchi edim . Nima uchun shu paytgacha turdosh bo'lgan yo'nalish , turdosh bo'lmaganga o'zgartirildi , sizlardan iltimos davolash ishini turdosh yo'nalishga kiritilishini so'rayman
Assalomu alaykum. Nogironligi bor talabalar grant boʻlib oʻtadi degan xabar oʻqigan edim yoqquzb kanalda shu xabar rasmiymi. Imtiyozi bor talabalar grant boʻlib oʻtadimi. Iltimos javob bersangiz
O.Abdullayeva 101-maktab M.M.I.B.D.O'
Assalomu alaykum ! Men bizga qo'shni bo'lgan davlatlardan biri bo'lgan Tojikiston Respubkikasi Panjikent instititutining ingliz tili fakultetida kunduzgi ta'lim shaklida o'qidim.o'zim Samarqanddanman men dakumentimni yashash joyim bo'lganligi un Samarqandga topshira olamanmi yoki boshqa viloyatlarga ham topshirsam bo'ladimi bu birinchi savolim.
Ikkinchi savolim: Kunduzgi ta'limda o'qiganim un SamDChTI kunduzgi ta'lim shakliga topshirishim kkmi yoki perevot qilinayotgan studentlar aftomatik tarzda kechki ta'limda o'qishi kerakmi ?
Bu savolni berganim nizomda to'g'ri aytilganki kunduz o'qilgan bo'lsa kunduzgi lekin o'tgan yil Qozog'iston Resoublikasida kunduz o'qiganlar ham aftomatik tarzda kechki ta'limda o'qiyabdi shuning u-n xujjat topshirishda kechki yoki kunduzgi ta'lim desammi deb o'ylanib turibman iltimos batafsil ma'lumot bersangiz.OLDINDAN TASHAKKUR...
Show next 100 comments