❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;

— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

4428 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum Magistratura qabuli yakuniga ikki kun qoldi men oliygohni òzgartirmoqchiman
Lekin iloji bòlmayapti
Саидов Матлуб
Salom.Qozog'istonning Miras univetsitetining bug'alteriya yo'nalishidan QarDU ning maktabgacha ta'lim yoki boshlang'ich ta'lim yo'nalishidan bridida o'qishimni ko'chira olamanmi?
TOSHDAU Termez filialidan Toshkent davlat agrar universitetiga o‘qishni ko‘chirsam bo‘ladimi. Kunduzgidan sirtqiga. 2 kursni tamomladim. Turdosh yo‘nalishga ko‘chirsa bo‘ladimi sababi shartnoma pulini oilaviy sharoitimiz ko‘tarmaydi sirtqiga o‘zim ishlab topardim
Davronbek
Assalom alaykum. Savolim shundan iboratki, xorijiy OTM dan yurtimizdagi OTM ga o'qish ko'chirish bo'yicha transfer.dtm.uz saytiga 27.07.2021 kuni ertalabda hujjat topshirgandik. Ariza holati hali ham yangi turibdi. Keyin ADU qabul komissiyasiga qo'ng'iroq qilib turdosh yo'nalish haqida ma'lumot so'ragndim, ularga hali nizom kelmaganligin aytishdi. O'zi transfer.dtm.uz ga joylanyatgan arizalarni kim tekshirib chiqadi OTV mi yoki OTM larmi?
Murtazoyev Shamshod
Qanaqa asolatsizlik bolyapti, men 2 yildan buyon 120 140 bal olib ôqishga kirolmayman.bularga 66 bal
Assalom alaykum bitta savolim bor edi
Òqishni ko'chirishga ariza topshirish vaqti qachongacha
Bizda agarda pervod qilolmasangiz xozirgi uqiwingizgayam qabul qiliwmidi dedi wu rostmi
Ассалому алайкум. Самаркандда кечки таьлимда хорижий тил йуналишини 1-курсни тугатдим. 4,5 ёшли кизим ногирон. Таянч аьзоларида нуксон бор. Ёток режимида. Тошкентга йилда 4-5 марта 15-20 кунлик лечениясини олиб келаман. Узим Кашкадарё Чирокчиданман. Укишимни Тошкентга мос кечки таълимга кучирсам буладими. Кандай хужжатлар керак буларкан. Имтихонмикин? Качон ариза ёзиларкан?
Assalomu aleykum men perevod qilmoqchiman òzimni hududimga lekin bizani hududa na filalogiya bor na boshlanģich talim ingliz tilisi bor shuning uchun toshkentga qilsam bòladimi chunki u yerda hamma qarindoahlarim bor
Assalomu aleykum men Qozogʻistonning Miras universiteti talabasiman. Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Miras universitetining litsenziya bekor qilinibdi. Endi Miras universitetining talabalari Oʻzbekistonga oʻqishni koʻchira olmaydi degan mazmundagi xabarlar keng tarqaldi. Shu masalaga oydinlik kiritsangiz degandim. SAVOL: Miras universitetining talabalari Oʻzbekistonga oʻqishni koʻchira oladimi?
Яна бир савол: бошқа вилоятда мухандислик йўналишида 1курсни битирди, ЗАГСга ариза қилди,лекин гувохнома бир ойдан кейин бериларкан,хабарномани илова қилиб, ўзз худудидаги педагогикага перевод қилса,узрли хисобланиб,рухсат бериладими,ўтган йили танлаган 5 та йўналишининг бирига демоқчиман
Assalomu alaykum..Talaba Toshkent tibbiyot akademiyasining xalq tabobati fakultetida oqisa.mn.u yashaydigan Sirdaryo viloyatida unga turdosh tibbiy fakultet yoq...shuning uchun boshqa turdosh bo'lmagan tibbiy fakultetga kochirsa boladimi..Javob uchun oldindan raxmat
Ассалому алайкум барчага. Киргизистон Республикасидан У́збекистон Республикаси ОТМ лари мос ва турдош йу́нплишларига у́кишни ку́чириш ва имтихонда иштирок этиш пулликми? Агар пуллик бу́лса нархи канча ва кандай килиб ту́ловни амалга оширса бу́лади?
Assalom alekum magistraturani perevod qilsa bòladmi
Hujjat topshirishda hujjatlarni rasmini yuklab bo‘lmayapti.
Assalomu alaykum
Savolim Xushnudbek Xudoyberdiyevga
Men 2020-yil universitetni tamomlaganman va diplomimni elektronini variantda olganman,asl nusxasini hali olmaganman
Bu yil magistraturaga 2020yil diplomlarning elektronini varianti o'tmaydi deyishyapti asl nusxasini skaner variantini yuklash kerak deyishyapti
Shu xabar to'g'rimi biz elektronini diplom bilan topshirolmaymizmi
Iltimos javob Bering,oldindan rahmat
Mukhammad
Men sirtqi yōnalishida ōqiyman ōz viloyatimga kōchirmoqchi edim sirtqi yōnalishlar ichida mos va turdosh yōnalish yōq ekan shu sababdan men mos va turdosh bōlmagan yōnalishga kōchira olamanmi.
Show next 100 comments