❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат
#кўпчиликсўраганэди
Эртага,
28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи
Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.
Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:
— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;
— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;
— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;
— ички «перевод»лар;
— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);
— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;
— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.
Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.
👉 @xushnudbek 👈
👉 respublika OTMaro yoki bir OTM doirasida ko‘chirish, qayta tiklash bo‘yicha arizalar – transfer.edu.uz;
👉 xorijiy mamlakatlardagi hamda O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMdan respublika OTMga ko‘chirish bo‘yicha arizalar – transfer.dtm.uz.
Ayrim talabalar xorijiy yoki nodavlat OTMdan o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha (adashgan holda) transfer.edu.uz elektron tizim orqali ro‘yxatdan o‘tishganligi aniqlanmoqda. Ushbu toifadagi arizalar qabul qilinmasligini eslatib o‘tamiz.
Shunga ko‘ra, o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMdan respublika OTMga ko‘chirish istagida bo‘lgan talabalardan transfer.dtm.uz elektron tizim orqali ro‘yxatdan o‘tishi hamda arizasi holatini doimiy kuzatib borishini, zaruratga ko‘ra qayta ro‘yxatdan o‘tishlarini so‘raymiz.
Unutmang, ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni 2021-yil 5-avgust (shu kuni ham).
©Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi Axborot xizmati
Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
Javob uchun oldindan rahmat.
Bu qanchalik haqiqat.bu rost bo'lsa ichki perevotni qanaqa qilib topshirish mn axir.5 avgustgacha vaqt belgilanganku bunaqa xabarlar nega ko'payapti.