❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;

— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

4428 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum. Men sotsilogiya yònalishida oqiyman,uning bloklari matematika va ona tili va men metodikaga perevod qilmoqchi edim,uning ham yonalishlari ona tili va matematika. Metodikaga necha pulga perevod qilsam boladi(noturdoshga)
Мирзохид Гулматов
Assalomu alaykum meni savolim otmga xujjat topshirilayotganda 5 otm tanlangan 2 kursdan shu tanlangan institutlardan biriga kochirsa boladimi
З Нилуфар
здравствуйте.
я учусь в университете Пучон в Ташкенте. Я хочу перевестись на наш ВУЗ, но мне всё ещё не дали мой оценочный лист (зачётку). Что мне делать?
Munisa Choriyeva
Assalomu aleykum. Bir universitetdan boshqa universitetga Turdosh ta'lim yo'nalishiga Uzrli sabablarsiz o'qishni ko'chirishda tabaqalashtirilgan kontrakt minimal miqdori to'lanadimi ?
MURODQULOV SHOHRUH
Qani bolmayaptiki
Polvannazirova
O'zbek tili va adabiyotdan ,milliy g'oya va huquqga perevot qilsam qancha summa bo'ladi.
MURODQULOV SHOHRUH
Kecha aytilgan ovozli chat
Assalomu alaykum Xushnud aka iltimos juda muhim savolimga javob bersangiz !
Savol:Men Termiz davlat universitetida buxgalteriya sohasini kunduzgi ta'limni 2-kursini tamomladim,o'qishimni iqtisodiyotni sirtqi ta'limiga ko'chirmoqchiman, aslida universitetimizda iqtisodiyot yo'nalishi bor 2020 yilda chet davlatlardan ko'chirib kelganlarni jamlab gurpa ochilgan,lekin transfer. edu. uz saytida yo'q ekan, shu sabab o'qishimni boshqa viloyatga sirtqi ta'limga ko'chirsam uzurli sabab hisoblanadimi, Men nima qilsam bo'ladi bu holatda sirtqi ta'limda o'qimoqchiman
Assalom aleykum yaxshimisiz meni savolim shundan iboratki men Toshkent kimyo texnologiyalar instuti yangiyer filiyalida konservalash texnologiyasini 1 kursni tomomladim endi ozbekiston milliy unversitetiga biologiya yonalishiga kochirmoqchiman ruxsat beradimii
Assalom alikum xayrli kech agar biz test dan o'tsak pervotimiz turdosh bulmagan yunalishga ham tekinga utsa buladimi
Telegram malikasi
Assalomu alaykum. Men Jangirova Gulzoda Sirdaryoda viloyatida pedagogika fakultetida pedagogika va psixologiya yunalishida o'qiyman. Men Samarqand viloyatidanman. Samarqandda meni yunalishim yuqligi sababli biologiya fakultetiga olsam buladimi super kontraksiz. Agar ololmasam siz turdosh yunalishlarni chiqaribsiz unda psixologiyaga boshlanĝich talimni ham kirgizibsiz unda men boshlangich talimga olsam buladimi. Javob uchun oldindan raxmat.
MUHAMMADYUSUF NEMATJONOV
Ovozli chat qayerda bóladi
Assalomu alaykum! Men xozirda Jizzax politexnika institutining sirtqi ta'lim shaklining 1-bosqish talabasiman. Doimiy yashash manzilim -Toshkent viloyatida. Men o'qishimni Jizzax politexnika institutidan, Toshkent davlat texnika universitetiga, turdosh bo'lgan yo'nalishiga o'qishimni ko'chirsam bo'ladimi ? Masalan, "Elektr energetikasi" (E.E) dan, "Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari" (E.E.E) yo'nalishiga ? O'qishni ko'chirish uchun online ariza to'ldirishda, talaba o'zining doimiy yashaydigan viloyatida emas, boshqa viloyatda o'qiyotganligi uzurli sabab bo'lishiga kifoya qiladimi ? Ariza mazmunida shu birgina sababni keltirilishi orqali, talabaning so'rovi ijobiy xal qilinadimi ?
Ikkinchi mutaxasislik nima uchun 2020-2021da sirtqiga kirganlar uchun 4 yil bolib qoldi shu haqida toxtalib o'tsangiz. 2019-2020 yilda 3 yillik ediku.
Ноила
Assalomu aleykum ichki pervod haqida ma'lumot bersez ichki pervod mos va turdosh bo'lsa tekinmi?
Qanaqa qilib ovozli chatni ewitsey buladi
Хориждан окишни кочиришда тест топшириклари кай тартибда нечта фандан болади шу хакида хам малумот берсангиз олдиндан рахмат
Хушнудбек ака менга суз беринг илтимос
_Dilshoda Hakimjonova_
Assalomu alaykum.Men Namanganlikman,Surxondaryoda o'qiyman.Hujjat topshirishda transkript kerak ekan.Lekin men institutdagilardan transkript so'rasam zachotkamni rasmga olib tashlayabdi. Transkriptni o'rniga zachotkamni rasmini joylasam bo'ladimi,agar bo'lmasa men shuncha yo'l bosib institutdan transkriptni olib kelishim kerakmi.
Javohir&Jahongir❤❤
Salom Ovozli chat boshlandimi
Men sirtqi tarixda oqiyman yuridiskiga perevod qisa boladimi termizdan
Show next 100 comments