❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;

— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

4428 comments

Show 100 more comments
Bir universitetda bir yonalishdan boshqa yonalishga otkazib boladimi? Turdosh yonalishlar haqida gapiryapman
Men Qirgizistondanan perevod qilaman testlar nechtadan boladi
Мен рус гуруппадан узбек группага кучирмокчичиман шуни иложи борми
Assalomu alaykum. OTM ning 1-bosqichini sirtqi ta'lim shaklida o'qib, 2-bosqichdan ayni shu OTM ning shu fakultetiting shu yònalishida òqishni kòchirish uchun qanday hujjatlar topshiriladi? Qòshimcha tòlov va imtihonlar mavjudmi? Òzimiz xohlagan guruhda òqishimiz mumkinmi,ya'ni sirtqi ta'limning 202-guruhida òqib kunduzgi ta'limning 203-guruhida òqish mumkinmi?
Shu savollarga javob bersangiz iltimos. Oldindan katta rahmat.
Biologiyaga kochirsam kimyo boladimi
Narzullaeva Nazira
Ассалому алайкум.Ички перевод учун нега супер контракт куйилган Амалий санъат ва реставрация (очный)фак.тидан мактабгача таълимга кучирмокчи эдик(заочный) шартлари кандай булади ,контракт суммаси хакида (неча сум) маълумот берсангиз.Икки фарзандимиз контрактда укийди шунинг учун заочн.га кучирмокчимиз купрок кизиккан сохасига
Assalamu alaykum Xushnuda aka
Men Fargona davlat unversitetida boshlangich talim yunalishida sirtqi bolimda oqiyman.
Samarqand ga perevod olmoqchi man kunduzgi qilib
Shunda 2 kursdan davom etadimi kunduzgi qilsam
Javob uchun oldindan rahmat.
Assalomu alaykum. San'at Va madaniyat boshqaruvchilik yo'nalishida 1 kursni tugatdim. ona tili adabiyotga ko'chirsam bo'ladimi ? turdoshmi ?
ХУШНУДБЕК АКА МЕНГА СУЗ БЕРИНГ
Z𝓾𝓵𝓯𝓲𝓭𝓭𝓲𝓷 S𝓮𝓿𝓪𝓻𝓪
Ovozli cat bowlandimi man ulanomayamman
Ахматбек Иминов
Assalomu aleykum xorijiy oliy ta'limdan O'zbekistonga o'qishni kochirish qaytartibda boladi.Imtihon nechta fandan boladi,otish ballari necha ball qilib belgilandi
men hozr termiz davlatuniversiteti bino va inshootlar yunalishda uqiyman bizning surxondaryo viloyatimizda kadaster yuqli uchun men bowqa universiteti topshersam bo‘ladimi utkan yili kadastirning blogi uzgarib ketgandi men 3 yil tayorlandim yani kerolmay qolsamchi otmga ushaning uchun usha yunalishga topsherib perovat qelib olasang deb maslahat berganida akam javob uchun oldindan rahmat
Z𝓾𝓵𝓯𝓲𝓭𝓭𝓲𝓷 S𝓮𝓿𝓪𝓻𝓪
Ulanomayamman
Администратор АБДУРАУФ АКА МЕНГА СУЗ НАВБАТИНИ БЕРИНГ
😀✌
Assalomu alaykum
Men Toshkent Kimyo -texnologiya institutida (TKTI) kimyo texnologiya(ishlab chiqarish turlari bo‘yicha) yo‘nalishini 1 kursni tamomladim. Oilaviy sharoitim tufayli o‘z viloyatiimga Jizzax Pedagogika instituti kimyo yo‘nalishida topshirsam bo‘ladimi . Unda qanday talablari bor shular haqida aytsangiz .
Show next 100 comments