❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;

— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

4428 comments

Show 100 more comments
Men Nizomiyni filiali Chirchik pedinstitutda 1 chi kursni tugatdim Filialdan Tayanch universitetga turdosh yonalishga otkazishmokchiman engillik bormi.Uzrli sabab yok.Rahmat .
Xushnudbek aka otmda 2 kursni tamomladm bujetda uqiyman. Abuturiyent sifatida otm ga topshirdm. Agar topshirgan otm ga qabul qilinsam meni xujjatlarimni muammosiz qaytarib berishadimi xozirda talim olayotgan muassasamdan.
Savolimizga javob beraszlami
Сохиба Н.Э
Mana shu savolni
Имтихон факат 2 та мутахассислик фанидан болади
Magistraturada o'quyotganlar ham o'qishni ko'chira oladimi
Киличева
Assalomu aleykum men Qoraqalpoq davlat universiteti filologiya va tillarni o'qitish:o'zbek tilida o'qiyman.Propiskam Xorazmda, Urganch davlat universiteti filologiya va tillarni o'qitish: ingliz tiliga perevod qilmoqchiman bizga imtihon bo'ladimi undan tashqari men bir vaqtni o'zida ikki marta ariza topshirsam bo'ladimi ya'ni ham ichki perevod ham tashqi perevodga shunga izoh bersangiz oldindan rahmat.
Домла
Ассалому алайкум, мен Астрахан Давлат Университетини 2 курсини тулик тамомладим, сиртки булими, иктисод факультети, саволим шундай: ман яна 2 йилдан ортик муддат укиб диплом оламан, ман дипломим 2019 йил Урганчдаги 30 май санасидаги 2 давлат орасидаги келишувга биноан мани дипломим тан олинами яьни нострификация килинмайми?
Лочинбек Гайратович
Ха албатта
Uzrli sabablarni soralishi mantiqdan uzoqku, uzrli sabablar doimiy yashash hududining o'zgarishi yoki ish joyining o'zgarishi bn bog'liq, bir universitet ichida bir yo'nalishdan boshqa turdosh yo'nalishga o'tishda bu sabablarning nima dahli bor?
Qudratov Zarif
Agar bir fandan qarzdorligim bulsa perevod qila olamanmi
Bir OTM ichida bir yo'nalishdan boshqa turdosh yo'nalishga o'tsa bo'ladimi?
Shunchaki qiziqqan yo'nalishiga, buning uchun uzrli sabablarni talab qilish mantiqqa to'g'ri kelmaydi
Biologiyaga kochirsam 2 fan kimyo boladimi
Assalomu alaykum men Toshkent Pediatriya tibbiyot institutida pediatriya ishi fakultetida davlat grantida oʻqiyman shu institutda mavjud boʻlgan davolash ishi fakultetiga ichki perevod qilsam grantdan kontrakka tushamanmi yoki yuqmi shuni aniqlashtrmoqchi edim javoblar uchun oldindan raxmat
Chetda sirtqida uqisek bu yerga kunduzgi ta'limga kochirsam buladimi
Kimdur javob beradimi magistraturada o'qiyduganlar perevod qila oladimi
Show next 100 comments