❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;

— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

4428 comments

Show 100 more comments
Киличева
Assalomu aleykum men Qoraqalpoq davlat universiteti filologiya va tillarni o'qitish:o'zbek tilida o'qiyman.Propiskam Xorazmda, Urganch davlat universiteti filologiya va tillarni o'qitish: ingliz tiliga perevod qilmoqchiman bizga imtihon bo'ladimi undan tashqari men bir vaqtni o'zida ikki marta ariza topshirsam bo'ladimi ya'ni ham ichki perevod ham tashqi perevodga shunga izoh bersangiz oldindan rahmat.
Arizalani javobi qachon keladi
Assalomu alaykum men Toshkent pediatriya tibbiyot institutida pediatriya ishi fakultetida davlat granti oʻqiyman . Men huddi shu institutda mavjud boʻlgan davolash ishi fakultetiga ichki perevod qilsam grantdan kontrakka tushamanmi yoki yoki ozgarmaydimi oldindan javoblar uchun raxmat
Javohir
Men sirtqi talimdan kunduzgi talimga oʻtsam bitirgan kursimni yana qayta oʻqiymanmi
Arabovna_18
Arizamzni qabul qilinganini 5avgustgacha qanday blsak boʻladi
Iltimos javob beringlar magistraturada o'qiydiganlar o'qiydiganlar perevod qilsa bo'ladimi
Xushnudbek aka otmda 2 kursni tamomladm bujetda uqiyman. Abuturiyent sifatida otm ga topshirdm. Agar topshirgan otm ga qabul qilinsam meni xujjatlarimni muammosiz qaytarib berishadimi xozirda talim olayotgan muassasamdan.
Chetda sirtqida uqisek bu yerga kunduzgi ta'limga kochirsam buladimi javob bering nechi marta yozdm
Киличева
Assalomu aleykum men Qoraqalpoq davlat universiteti filologiya va tillarni o'qitish:o'zbek tilida o'qiyman.Propiskam Xorazmda, Urganch davlat universiteti filologiya va tillarni o'qitish: ingliz tiliga perevod qilmoqchiman bizga imtihon bo'ladimi undan tashqari men bir vaqtni o'zida ikki marta ariza topshirsam bo'ladimi ya'ni ham ichki perevod ham tashqi perevodga shunga izoh bersangiz oldindan rahmat.
Gulmira
Assalomu aleykum.Men QMU da òzbek filologiya fakultetida grant asosida òqiyman.Hozirda 3-kursga òtdim.Endi doimiy yashash joyimdagi URDU ga perevod qilsam kontrakt bòlib òtamanmi?Yoshlarni qòllab quvvatlash nomli tg kanalda òqib yurgan yònalishga perevod qilinsa grant bòlib òtadi mazmunli qaror tashlandi.Shu haqida iltimos aniqroq ma'lumot bersangiz.Javob uchun oldindan rahmat!
Киличева
Assalomu aleykum men Qoraqalpoq davlat universiteti filologiya va tillarni o'qitish:o'zbek tilida o'qiyman.Propiskam Xorazmda, Urganch davlat universiteti filologiya va tillarni o'qitish: ingliz tiliga perevod qilmoqchiman bizga imtihon bo'ladimi undan tashqari men bir vaqtni o'zida ikki marta ariza topshirsam bo'ladimi ya'ni ham ichki perevod ham tashqi perevodga shunga izoh bersangiz oldindan rahmat.
Bir OTM ichida bir yo'nalishdan boshqa turdosh yo'nalishga o'tsa bo'ladimi?
Nima uchun bunda uzrli sabablar talab qilinadi?
Uzrli sabablar doimiy yashash hududining o'zgarishi yoki ish joyining o'zgarishi bn bog'liq-ku, bir OTM ichida buning nima dahli bor?
Assalomu alaykum savolim
Men royhatdan otdim va. Hozir oʻqishni koʻchirishdan maqsadni tahrirlamoqchiman tahriirlab boayopdi kimga murojat qilsam boladi
Qozog'istondan Uzb ga peravot qilyabman yonaliwim matematika infarmatika imtihonlarim qaysi fanlardan boladi
Javohir
Javob uchun oldindan rahmat
Ассалому алейкум мен Жахон тиллар институти немис тили факултетини 1курсини тугатдим 2курсни педагогика институтини ингилиз тили факултетига кўчирсам бўладими. Жавоб учун олдиндан рахмат!!
Show next 100 comments