Энди қоғоз журнал, рейтинг дафтарча бўлмайди, талаба гувоҳномаси ID картага алмаштирилади

Олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов шанба куни бўлиб ўтган видеоселектор йиғилишида асосий эътиборни олий таълим тизимини рақамлаштириш масаласига қаратди.

«Бугундан ректорлар киришиши керак, Ўзбекистон олий таълим тизимида журнал, рейтинг дафтарча қоғоз кўринишда бўлмайди. Талаба гувоҳномасини ҳам ID картага ўтказиш ва унда барча маълумотлар сақланиши бўйича бюджет лойиҳаси ўтди. Бу ҳам муҳокамада ҳозир», — деди Абдуқодир Тошқулов.

Вазирнинг сўзларига кўра, энди ҳар бир факультетга кирганда кўзга ташланиб турувчи, A1 ва А2 форматдаги ўқув проректори тасдиқлаган дарс жадвали — бу кўрсаткич эмас.

«Вазир, масъуллар борганида талабанинг қўлидан смартфонини олиб, уни иловада кўрсатиб бериши, дарс жадвали унинг телефонида бўлиши керак», — деди у.

Вазир шунингдек, хорижлик ҳамкасблари олдида ҳижолат бўлаётганини, чет эллик ҳамкасблари олдида — буни энди жорий қилаяпмиз дейишга уялаётганини ҳам таъкидлаган.

«Бу 10−15 йил олдин Европа, Ғарбда, Шарқда қилинган нарса. Лекин ҳечдан кўра кеч», — деган у.


👉 @xushnudbek 👈

255 comments

Show 63 more comments
Assalomu alaykum agar bu kommentlarni yuqoridagilar oʻqiyotgan boʻlsa iltimos avvalo oliy taʼlim muassasalariga tashabbuskor ,yurakdan ishlaydigan , yangiliklarga xaris boʻlgan insonlarni masʼul lavozimlarga tayinlanglar . Institutni taʼlim sifatini koʻtarishga jon jahdi bilan kurashadigan , talablar, ustozlardan , kreativ fikrlarni quchoq ochib kutib oladigan va amaliyotda qoʻllaydigan insonlarni qoʻyinglar. Kabinetida men rahbarman deb oʻtiradiganlarni emas iltimos.
Shular sirasiga tosh asriga mansub:
1.Mustaqil ish
2.Atrabotika
3.refarat kabilarni ham bekor qilish uchun kimga murojaat qilish mumkin ekan-a?🤔😁
Холмурадовa
JALOL
Talabani sensir telefoni boʻlmasachi nima boʻladi.???
Endi talaba boʻp turib sensor teli bomidimi eee
Hammasi zo'r! Bosqichma bosqich bo'lsayam o'tvolsak bo'gani. Ish rejalar ham qolgan hamma narsa o'z vaqti bilan vaziyat va sharoitni rostlab raqamlashtiriladi!
Bizda ham HEMIS dasturiga oʻtdik. Haqiqatdan OTMni raqamlashtirish koʻplab korrupsiyani oldini oladi. Oʻqituvchilarga yengil, ish samarali boʻladi. Bizda ham OTMda oʻqish qiyin va amaliy boʻladi, nasib. Kechagi taklifdan yana bir muhim xabar Magistraturaga kirishda mutaxassislikdan imtihon topshirilmasligi mumkin. Diplom ball hisobga olinadi. Bu juda yaxshi taklif.
Akmaljon Sotvoldiyev
Nega har narsadan yomonlik izlaymiz-a? Yaxshi tomonini o'ylaylik. Har bir qilinayotgan yangiliklarni yaxshi tomonga yoki yomon tomonga burish o'zimizni qo'limizda. Birinchi navbatta dunyo qarashimizni o'zgartiraylik. Shunda hammasi yaxshi bo'ladi.
Chet eldan andoza olinsa hammasini toʻliq olish kerak boʻladi .qaysidir tomonini olishib yaxshi rejimni buzib bizga olib kelishadi .masalan biz chet el tizimida oʻqitilgan edik.bizni 4 yillik umrimizni bekorga sarflattirishgan.Toʻgʻri olishgani edi oʻsha tizim OTM larda haligacha boʻlar edi
Salom Xushnudbek sizga bir savolim bor,men pedagogika institutda o‘qiyman savolim shundan iboratki pedinstitut talabalariga yotoqxona beriladimi
Qisqa qilib aytaman: #Бефойда
Alisher Qosimov
Нима узгаради. Талим сифатини кучайтирилар
Alisher Qosimov
Ундан кура
Холмурадовa
Azizbek Gulomov
Darslar o'zbek tilida o'tiladimi
Xa lkn spets fanlarimiz angliyskiyga bogliq bogan un koʻp angliyskiy soʻzlardan foydalanamiz
Assalomu alaykum sirqi talimlarga oqiw qacondana bowlanadi nizomiy universtetiga
Yigit va qizlarimiz: - dada o'qishga kirdim endi menga internetga kiradigan iphone ham olib berasiz, dadasi: - bolam o'zi ahvolimiz tang bo'lsa, hali shartnoma pulini qanday to'laymiz, yigit va qizlarimiz: - dada olib bermasangiz bo'lmaydi, bo'lmasa vazirlarimiz chet ellik hamkasblari oldida xijolat bo'ladi. Vazir: - internetga kiradigan telefoni yo'q talabalar o'qishga kelib o'tirmasin!
JALOL
Холмурадовa
Endi talaba boʻp turib sensor teli bomidimi eee
Ha meni ukam oʻqiydi qoʻlida sensir telefoni yoʻq.
Chet eldan andoza asosida id guvihnoma qilyabdi ekan nimaga chet el universitetlariga o'xshab talabalarni yaxshi o'qitmaydi o'qishga kirish qiyin chet elda kirish osson o'qish qiyin bizda teskarisi
Show next 100 comments