Энди қоғоз журнал, рейтинг дафтарча бўлмайди, талаба гувоҳномаси ID картага алмаштирилади

Олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов шанба куни бўлиб ўтган видеоселектор йиғилишида асосий эътиборни олий таълим тизимини рақамлаштириш масаласига қаратди.

«Бугундан ректорлар киришиши керак, Ўзбекистон олий таълим тизимида журнал, рейтинг дафтарча қоғоз кўринишда бўлмайди. Талаба гувоҳномасини ҳам ID картага ўтказиш ва унда барча маълумотлар сақланиши бўйича бюджет лойиҳаси ўтди. Бу ҳам муҳокамада ҳозир», — деди Абдуқодир Тошқулов.

Вазирнинг сўзларига кўра, энди ҳар бир факультетга кирганда кўзга ташланиб турувчи, A1 ва А2 форматдаги ўқув проректори тасдиқлаган дарс жадвали — бу кўрсаткич эмас.

«Вазир, масъуллар борганида талабанинг қўлидан смартфонини олиб, уни иловада кўрсатиб бериши, дарс жадвали унинг телефонида бўлиши керак», — деди у.

Вазир шунингдек, хорижлик ҳамкасблари олдида ҳижолат бўлаётганини, чет эллик ҳамкасблари олдида — буни энди жорий қилаяпмиз дейишга уялаётганини ҳам таъкидлаган.

«Бу 10−15 йил олдин Европа, Ғарбда, Шарқда қилинган нарса. Лекин ҳечдан кўра кеч», — деган у.


👉 @xushnudbek 👈

255 comments

Show 99 more comments
Magistraturani rasvo qildi. Qo'shimcha kvotaga 15 mln kontrak. Puli bor o'qiydi. Puli yuq imxo. Ey magistringayam degim keladiyu mutahasislikdan olgan 72 bal ovorada 😑😑😑
Холмурадовa
Azizbek Gulomov
Demak yo'q ekan
Shundo
Bitta hemis ham yaxshi ishlagani yôqku🙄na bahoni bilib böladi na jadvalni
To'g'ri raqamlashish juda muhum, lekin buni katta byudjet bn amalga oshirish shart emas. Har bir OTMda yetarlicha IT mitaxassislar bor va raqamlashtirishni joriy qilish mumkin. Buning uchun faqatgina xohish va saaaaaal kreativ fikrlasa bo'lgani. Aytgancha TDIUda allaqachon bular joriy etilgan.
Muslimbek
Keyin yana bir gap OTM o'qituvchilarini test qilish tizimi bormi bizda? Bor bo'lsa jarayon qanday ketyapti Jamiyat maruzada mavzuni slayddan o'qib berib,seminarda esa o'zi ham bilmaydigan narsalarni meyordan ortiq talab qiladigan o'qituvchilardan charchadi
Ўзи ҳам билмайди деганиз туҳмат бўлиб қолмасин.Йўлланма беради ўқитувчи, сиз эса ўқитувчини пойламасдан, АРМ, таълим манбаларидан ахтаринг, изланингда
Холмурадовa
Galati emasmi
Hammani sharoiti harxil bo'ladi to'g'ri tushunish kerak
Otabek
Azizbek Gulomov
Qaysi yo'nalishda o'qiysiz
Ishlayman ba'zida TATUda o‘qiganimdan va o‘qiyotganimdan afsuslanaman aslida bunaqa narsalar TATUda bo‘lishi kerak kredit tizimi deb haligacha biror narsani qoillatmagan TATU sifat, tizim 0 Yodjudagi talabalarni ko‘rib o‘qigim keladi afsus lkn
Ko'ramiz...
Qibray tumanida uangi universitet faoliyat boshlagani rostmi kimni habari bor
Saidmurodova Lobar
Guvohnomani bekor qiliwmasin. Chunki u bir gʻurur va eʼtiborli hujjat. Shuni ham ID qilmanglar.
Assalomu alaykum. O'sha ID kartalar avtobuslarga ham o'taydigan bo'ladimi. Ya'ni avtobusga chiqsak shu kartani ko'rsatsak bepul bo'lsa yaxshi bo'lar edi.
Otabek
Saidmurodova Lobar
Guvohnomani bekor qiliwmasin. Chunki u bir gʻurur va eʼtiborli hujjat. Shuni ham ID qilmanglar.
Nima farqi bor guvohnoma 2 bet qog‘oz ID esa shuni boshqacha varianti u ham guvohnoma aslida
Яхши гаплар аммо жуда силжиш муаммо булади бизда
Rostan shunaqa bo'lsa ajoyib bo'lardi!😊👍🏻
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Shu vaqtgacha olgan baholarini Hemis foizini chiqargandan söng xuddi shu baho sessiyadagi imtihondagi baho örniga qöyilsa ancha yaxshi bölardi. Ya'ni korrupsiya ancha yöq bölishiga bu ham bir turtkidir. Talabalar har dars öqishadi. Ma'ruzalarda uxlashni va xayollarini yiğishtirishib laboratoriya va seminar darslari uchun doim harakatda böladi. Bu juda ham yaxshi. 1 ta sessiyaga kechalari uclamay va darslarga yarim yil mas'uliyatsizlik bilan qaragandan köra.
Otabek
Axmadova. M
Assalomu alaykum. O'sha ID kartalar avtobuslarga ham o'taydigan bo'ladimi. Ya'ni avtobusga chiqsak shu kartani ko'rsatsak bepul bo'lsa yaxshi bo'lar edi.
Albatta bu yerdagilarni gaplarini o‘qib kulgim kelyapti chet el intstini filiallarida anchadan beri shunaqayu masalan Yodju 4 yildan beri ID dan foydalanadi prayzoyga ham o‘tadi hech qanaqa muammosiz
Show next 100 comments