Энди қоғоз журнал, рейтинг дафтарча бўлмайди, талаба гувоҳномаси ID картага алмаштирилади

Олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов шанба куни бўлиб ўтган видеоселектор йиғилишида асосий эътиборни олий таълим тизимини рақамлаштириш масаласига қаратди.

«Бугундан ректорлар киришиши керак, Ўзбекистон олий таълим тизимида журнал, рейтинг дафтарча қоғоз кўринишда бўлмайди. Талаба гувоҳномасини ҳам ID картага ўтказиш ва унда барча маълумотлар сақланиши бўйича бюджет лойиҳаси ўтди. Бу ҳам муҳокамада ҳозир», — деди Абдуқодир Тошқулов.

Вазирнинг сўзларига кўра, энди ҳар бир факультетга кирганда кўзга ташланиб турувчи, A1 ва А2 форматдаги ўқув проректори тасдиқлаган дарс жадвали — бу кўрсаткич эмас.

«Вазир, масъуллар борганида талабанинг қўлидан смартфонини олиб, уни иловада кўрсатиб бериши, дарс жадвали унинг телефонида бўлиши керак», — деди у.

Вазир шунингдек, хорижлик ҳамкасблари олдида ҳижолат бўлаётганини, чет эллик ҳамкасблари олдида — буни энди жорий қилаяпмиз дейишга уялаётганини ҳам таъкидлаган.

«Бу 10−15 йил олдин Европа, Ғарбда, Шарқда қилинган нарса. Лекин ҳечдан кўра кеч», — деган у.


👉 @xushnudbek 👈

255 comments

Show 100 more comments
Axmadova. M
Qachonki bizda ham ta'lim sifati yuqori darajalarga chiqsa olishi mumkin. Bizning ham ta'lim tizimimizni boshqa davlatlar qo'llasin. Faqat biz boshqalardan olib yuramaiz. Masalan hozirda Finilandiya talim tizimi. Qani o'shalar ham bizning ta'lim tizimdan foydalsinlar. O'shamda korrupsiyaga nuqta qo'yib o'qituvchilar ham yaxshi oylik olishsin. Buning uchun hammamiz harakat qiloshimiz kerak.
Finlandiyada ham, Yaponiyada ham oldin sharoit qilishkan, keyin talab qilishgan. Sizga savol, siz zo'r kadr bolsangiz, o'qituvchilikka 400$ uchun ishlaysizmi yoki chastniyda 1000$ taklif qilsa, oshanda ishlaysizmi. Yoki siz vatanparvarlik qilib o'qituvchi bolasizmi. Hozirgi o'qituvchilarni 70$ ish yoqligidan majburligidan otiribdi. Zor kadrlar esa bu oylikka hayotda jelishmaydi. Maktab bolalaridan sorang, katta bolsang o'qituvchi bolasanmi desangiz 99$ bola yoq deydi. Qolgan 1 % qiz bola bdi shundayam
Men bir narsaga hayronmanda. Oliy ta'limda formadan ham muhim ishlar borligini qachon tushunib yetamiz? Go'yoki yoqaga bir mano bergandek, o'sha yoqimsiz galstuk, oq ko'ylakni kiyishga majburlanishimiz shartmi? O'zi jamiyatda ma'lum bir sotsial guruh a'zosi nima uchun qoliplashgan formaga kirishi shart. Bu maqsadning samaradorligiga zarracha ham hissa qo'shmaydiku.
Buni ustiga bulari nima edi.
Xushnudbek aka, iltimos otm da forma masalasini ham bir oylab ko'raylik.
𝐄𝐬𝐡𝐢𝐦𝐨𝐟𝐟
•Yunusov_Tõxtasin•
Kofirdan szni qanday ajratsa bõladi.
Chiroyli qilib soqol qoʻyib faxsh ishlarni qilib yuraman, qiyomat kuni shu inson musulmon edi soqoli bor edi amali yaxshi edi deb guvohlik bera olasizmi birodar?
Qachon 5gb berarkan talabalargaa
Avval internetni toĝirlashsin qotip yotptii
Dilshodaxon Turgʻunova
Salom xammaga kechirasizlar texnikumida imtixon topwirganlarni javobi qachon chiqishini bilmesizlarmi
Assalomu alaykum. Meni bir narsa o'ylantiryapti. Magistrlarlar uchun belgilangan bir yillik kontrakt summasidan nima uchun 3 oylik to'lov olib tashlanmayapti. Magistrlarni o'qitish uchun OTM lardan 3 oy hech nima sarflangani yo'qku
Salom Adu sirtqi boshlang'ich ta'limdan xabar kelgan ekan shuni gruppalarni rasmga olib tashlasa bo'larmikin menda ochmayapti
O'qishimiz endi boshlanadi gruppamni bila olmayapman
zorakansizda vazir janiblari garbda qilingan boshqa ijobiybishlarniyam qilib qoying avval
Bu tekin bo'ladimi yoki shundanam soqqa qilishadimi ?
Dilzoda_Ochilova
Assalomu alaykum. XUSHNUDBEK aka keyingi yildan magistratura imtixonlari uchun milliy sertifikat kerak ekan. Shu haqida ma'lumot bering iltimos.
Magistratura uchun onlayin tashkillashtish kerak
Soxibov Ğolib
Nima busayam shuni ortidan soqa qilishmasadan joriy qilishsinda...
assalomu alaykum
З.Ш.К
Яхши бупти Id karta бугани