😀 Qaysi hudud o‘quvchilari eng faol?

Xabaringiz bor, biz 2020-yildan buyon butun respublika miqyosida onlayn olimpiadalar o‘tkazar edik. 2021-yildan Toshkentda, 2023-yildan Xorazmda va nihoyat 2025-yildan Buxoro, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Namangan, Qashqadaryo, Farg‘ona, Andijon viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida oflayn olimpiadalarimizni yo‘lga qo‘ydik.

😀 Nasib qilsa geografiyamiz kengaymoqda: Keyingi safardan Navoiy va Surxondaryo viloyatida ham olimpiadamiz o‘tkazilishi kutilmoqda.

O‘tgan olimpiadaga ko‘ra ishtirokchilar soni bo‘yicha hududlar reytingini aniqladik. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha bu safar Qoraqalpog‘iston, Andijon va Samarqandlik o‘quvchilar yetakchilik qilmoqda. Navbatdagi (4-may) olimpiadalarda ham barcha ishtirokchilarga omad tilab qolamiz!

👍 Keyingi olimpiada uchun ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda: ➡️ t.me/khiso/4864

6 comments

Ассалому алайкум устоз хорманг ишлар билан.
18 май санасидаги олимпиаданигг 2-боскичи хам буладими ёки бир маротаба саралаш билан хал килинадими?
Жавобингиз учун олдиндан рахмат.
Abdixakimova
Navoiyda ham offline olimpiada tashkil qilinglar
Шарофиддин Матназаров
Ассалому алайкум устоз хорманг ишлар билан. 18 май санасидаги олимпиаданигг 2-боскичи хам буладими ёки бир маротаба саралаш билан хал килинадими? Жавобингиз учун олдиндан рахмат.
Assalomu alaykum!

Faqatgina bu yil iyul oyining oxirida Nyu-York shahrida bo'lib o'tadigan Copernicus xalqaro olimpiadasining saralash bosqichi 1 marta ya'ni 18-may kuni bo'lib o'tadi. 18-may uchun tayyorgarlik imtihoni esa, 4-may kuni bo'lib o'tadi. 4-mayda bo'ladigan imtihonda Copernicus xalqaro olimpiadasining Dubayda bo'lib o'tgan global roundida berilgan savollardan foydalaniladi. 4-mayga ro'yxatdan o'tish 2-may soat 23:59 gacha davom etadi.
Abdixakimova
Navoiyda ham offline olimpiada tashkil qilinglar
Assalomu alaykum!

Navoiy viloyatida ham oflayn tarzda KHISO olimpiadasini tashkil qilish rejalashtirilmoqda. Kanalimizni kuzatib borsangiz, bu haqida rasmiy e'lon qilamiz!
Sirdaryoliklar un raqam qoldiriglar tel qilib soʻramoqchi edim oʻquv markaz boʻyicha