⚡️Ўқишини кўчираётган талабалар 5-6 сентябрь куни тест топширади

Хориждаги ОТМлар ҳамда республикадаги хорижий ва нодавлат ОТМлардан Ўзбекистон ОТМларига ўқишини кўчириш учун рўйхатдан ўтган фуқаролар учун онлайн тест синовлари жорий йилнинг 5-6 сентябрь кунлари ўтказилади.

📍Фуқаролар рўйхатдан ўтишда белгилаган ўзларининг доимий яшаш манзили бўйича онлайн тест синовларида иштирок этадилар.

Тест синовларида фуқаролар белгиланган жойда иштирок этишлари шарт.

Тест синовларида иштирок этувчи фуқаролардан онлайн тест синовларида иштирок этиш учун белгиланган жойларга ўз вақтида келишлари талаб этилади.

⏰ Тест синовларини топшириш учун 3 соат вақт берилади. Талабгорларга тегишли таълим йўналишларига мос 2 та фандан 30 тадан, жами 60 та савол берилади:

1-блок – 3,2 балл;
2-блок – 3,1 балл.

❗️Ўтказиладиган тест синовлари натижаларига кўра фуқароларнинг хорижий ва нодавлат олий таълим муассасаларидан республика олий таълим муассасаларига ўқишини кўчириш бўйича қарор ДАВЛАТ КОМИССИЯСИ ТОМОНИДАН қабул қилинади.


👉 @xushnudbek 👈

438 comments

Show 100 more comments
Жисмоний маданият ёуналишини имтихони қанақа буларкан кимда малумот булса айтиворинглар илтимос
سلطان
Узбекистонга тулаган кантиракларимиз нима булади имтихондан Ута олмаск?
Assalomu alaykum Xushnudbek aka men Oʻzbekiston boʻyicha bir Otmdan ikkinchisiga perevod qilyapman bizga ham imtihon boladimi agar bolsa nega bu haqda hech qanqa gap yuq.Faqat xorijiy va ichki perevod haqida maʼlumot berilyapti. Sizdan iltimos shu haqda maʼlumot bersangiz.
Assalomu alaykum Xushnudbek Aka men ingiliz tili ta'lim yönalishidan ingiliz tili yönalishiga öqishimni köchiryapman menda ingliz tilidan hali muddati tugamagan sertifikatlarim bor IELTS VA CEFR shu holatda ham men yana test topshirishim kerakmi? Javob uchun avvaldan rahmat
Yönalishlar böyicha qaysi fanlardan imtihon topshirish kerakligini qayerdan bilsak böladi?
Гулзода
Мен ички перевод килдиряпман. Факултетдан факултетга. Онлайн тест качон бошланиши хакидаги смс хабар келадими?
Навбахор Амирова
Assalomu alaykum Xushnudbek aka men shu yil prezidentimiz qarorlari bilan fevral oyida qòshni Tojikiston Respublikasidan Òzbekistonga kòchirib keldim,lekin haligacha Qarshi Davlat Unversiteti bizlarga buyruq chiqarmaganligini aytishyapti. Qachon chiqarilishi mumkin? Savolga javob berganingiz uchun oldindan raxmat.
Salom imtihon javoblari qacon ciqadi
Assalomu alaykum. Horijdagi OTM lardan o'qishini kochirish kunlari aniq 5 6 sentabr kunlari. Lekin talabalarning aksariyat qismi xorijda qolgan karantin sababli. Avia qatnovlar esa hali to'liq tiklangani yo'q. Tiklangan taqdirda ham biletlar narxi judayam qimmat bo'lishi mumkin.
Imtihon kunlarigacha bu masalaga oydinlik kiritiladimi ?
Oldindan javobingiz uchun rahmat...
Bakirov Abduhamid Uzaqovich A
Menda ham shu savol.Nima qsh kk.Jiyanim arizani onlayn topshirgan o'zi o'qish joyida karantin tufayli qolgan.
Assalomu aleykum Xushnudbek aka men Toshkentdagi Yodju Texnika instituti koreys tili fakultetidan Jahon Tillari Universiteti koreys tili yo'nalishiga o'qishni ko'chiryapman ruxsatnomani oldim , lekin qaysi fanlardan imtixon bo'lishini bilmayapman . Shu haqida qayerdan ma'lumot olsam bo'ladi? Iltimos javobingizni kutaman.
Raxmat oldindan.
Bu qanaqa mantiqsizlik. Öqishini köchirishni istagan yoshlarning aksariyati chet elda bölsa. Hozirgi pandemik vaziyatni hisobga olib va oddiy avia qatnovlarni yöqligi sabab qanday qilib testda ishtirok etishadi. Men ham ukam uchun ariza topshirgan edim. Ukam Rossiya davlatida öqiydi lekin hozir öquv mavsumi boshlandi ularda. U reyslar yöqligi sabab kelolmadi Òzbekistonga. Bu narsa mantiqsizlik deb baholayman.
✔︎
Assalom alekum prezident qarori bilan qöshni davlatlardan öqishni köchirgan talabalar uchun ham tegishlimi?Ular 1-kurs 2-smestrni öqishgan,yarim kontraktni ham tölashgan.
Men xozirda Rassiyadaman qanday qilib test topshiriladigon joyga bora olaman?
Қайси грухга тушганимни қандай билсам бўлади ?
Bu ish notogri qanday qilib kelishadi chet eldagi studentlar pandemiyani inobatga olgan holda ish ko'rilmagan
Dilnoza Isoqova
Xushnud aka kanalingzda post qoldrsangz talabar uchun aynan o‘qishini ko‘chiryotgan talabalar uchun ham avia reyslar qo‘yilsa.Chunki hamma talabalar cheteldaku pervot qilyotganlar
Dilnoza Isoqova
Chet elda qolgan talabalar bo‘lsa aytiylar bir yo‘lini qilishlari shart.
Assalomu aleykum Xushnudbek aka. Mening ukam xorijdagi OTMdan O'zbekistondagi OTMga o'qishni ko'chirish uchun ariza bilan murojaat qilgan. Ma'lumki 1-sentabrdan xorijiy OTMlarda o'quv yili boshlandi, shu bois ukam ham Rossiya Federatsiyasida o'qishni davom ettirmoqda. Biz 1- sentabr kuni 5-6-sentabrdagi xorijdagi OTMdan o'qishni ko'chiruvchilar uchun imtihon topshirilishini bildik ukam hozirgi vaziyatda O'zbekistonga qanday yetib kelib imtihon topshira oladi? Yoki xorijdagi talabalar uchun bevosita o'qishga daxlsiz holatda onlayn test sinovlari xorijning o'zidan turib topshirilishining imkoniyati bormi? Iltimos, bu muammoli vaziyatda qanday choralar ko'rilishi haqida ma'lumot bersangiz.
Khamidova
Ассалому алейкум! Чёт элдаги талабалар кандай килиб кайтиб келишади рейслар ёпикку ахир .Илтимос, шуни ку́риб чик,инглар!
Show next 97 comments