⚡️Ўқишини кўчираётган талабалар 5-6 сентябрь куни тест топширади

Хориждаги ОТМлар ҳамда республикадаги хорижий ва нодавлат ОТМлардан Ўзбекистон ОТМларига ўқишини кўчириш учун рўйхатдан ўтган фуқаролар учун онлайн тест синовлари жорий йилнинг 5-6 сентябрь кунлари ўтказилади.

📍Фуқаролар рўйхатдан ўтишда белгилаган ўзларининг доимий яшаш манзили бўйича онлайн тест синовларида иштирок этадилар.

Тест синовларида фуқаролар белгиланган жойда иштирок этишлари шарт.

Тест синовларида иштирок этувчи фуқаролардан онлайн тест синовларида иштирок этиш учун белгиланган жойларга ўз вақтида келишлари талаб этилади.

⏰ Тест синовларини топшириш учун 3 соат вақт берилади. Талабгорларга тегишли таълим йўналишларига мос 2 та фандан 30 тадан, жами 60 та савол берилади:

1-блок – 3,2 балл;
2-блок – 3,1 балл.

❗️Ўтказиладиган тест синовлари натижаларига кўра фуқароларнинг хорижий ва нодавлат олий таълим муассасаларидан республика олий таълим муассасаларига ўқишини кўчириш бўйича қарор ДАВЛАТ КОМИССИЯСИ ТОМОНИДАН қабул қилинади.


👉 @xushnudbek 👈

438 comments

Show 100 more comments
✔︎
Assalom alekum prezident qarori bilan qöshni davlatlardan öqishni köchirgan talabalar uchun ham tegishlimi?Ular 1-kurs 2-smestrni öqishgan,yarim kontraktni ham tölashgan.
Men xozirda Rassiyadaman qanday qilib test topshiriladigon joyga bora olaman?
Қайси грухга тушганимни қандай билсам бўлади ?
Bu ish notogri qanday qilib kelishadi chet eldagi studentlar pandemiyani inobatga olgan holda ish ko'rilmagan
Dilnoza Isoqova
Xushnud aka kanalingzda post qoldrsangz talabar uchun aynan o‘qishini ko‘chiryotgan talabalar uchun ham avia reyslar qo‘yilsa.Chunki hamma talabalar cheteldaku pervot qilyotganlar
Dilnoza Isoqova
Chet elda qolgan talabalar bo‘lsa aytiylar bir yo‘lini qilishlari shart.
Assalomu aleykum Xushnudbek aka. Mening ukam xorijdagi OTMdan O'zbekistondagi OTMga o'qishni ko'chirish uchun ariza bilan murojaat qilgan. Ma'lumki 1-sentabrdan xorijiy OTMlarda o'quv yili boshlandi, shu bois ukam ham Rossiya Federatsiyasida o'qishni davom ettirmoqda. Biz 1- sentabr kuni 5-6-sentabrdagi xorijdagi OTMdan o'qishni ko'chiruvchilar uchun imtihon topshirilishini bildik ukam hozirgi vaziyatda O'zbekistonga qanday yetib kelib imtihon topshira oladi? Yoki xorijdagi talabalar uchun bevosita o'qishga daxlsiz holatda onlayn test sinovlari xorijning o'zidan turib topshirilishining imkoniyati bormi? Iltimos, bu muammoli vaziyatda qanday choralar ko'rilishi haqida ma'lumot bersangiz.
Khamidova
Ассалому алейкум! Чёт элдаги талабалар кандай килиб кайтиб келишади рейслар ёпикку ахир .Илтимос, шуни ку́риб чик,инглар!
Yana ham qizig'i TOP 1000 talikka kiruvchi OTM dan 2 ta har xil O'zbekiston OTM siga perevod uchun hujjat toshirgan talabalarning biriga imthon topshirish uchun ruxsatnoma chiqarilibdi. Ikkinchisiga esa hech qanday imthon haqida xabar yo'q. Hozirda amaldagi qonunlar bo'yicha ikkalasi ham imthonsiz perevod bo'lishi kerak. Menimcha bu yerda xatolik bor. Bu holatni ko'pchilokdan eshitdim. Ular nima qilsihlari kerak? Kimga bog'lanishsin? Vazirlik telefon raqami javob bermayabdi. Iltmos maslahat bering.
Onlayn tarzda imtihonni kuzatsu boladimi i qattan kuzatoliymiz. Iltimos jovob bervoriylaaa
samarqandda yomgir😮
Эргашев Сухроб
Assalom alaykum Xushnud aka meni ukam Ukrainada hozir.Karantin tufayli kelaolmadi shu sababli arizani ham online topshirgan edi. Imtihonda qanday ishtirok etadi yoki qayerdan?
Bu yil horijiy OTMga 1 kursga qabul qilingan talaba ham ishtirok eta oladimi yoki 1 kursni tamomlagandan so'ngmi
Bu imtihonlar faqat xorijiy OTM lardan kochirayotganlar uchunmi. Ichki perevodlar uchun ham shu kunlari imtihon bo‘ladimi
Chettagi talaba yetib kelolmidiyu kesayam 14 kun karantinda bo'lsa qandoq topshiradi... imtihonga xujjat tasdiqlanganini bilmayapmiz hatto
Kimlar o'qishini perevod qilayotgan b6lsa telegramda gruppa ochdik kiringlar manga yozila qoshaman +79775457404
Aksaryat talabalar xozirda xorijda Uzbekistonga qanday qayta oladi xozirgi payitda? Oliy talimdegilarni shunga aqli yetmaganmi yoki bilib turib shundek axmoqona narsani o'ylab topganmi? Biz kimga murojat qilishimiz mumkun ? Oliy talimdegilarga 40marta tel qildim linya zanyit zanyit bo'lmagan xolda ko'tarishmadi
Samarqandda yomg'ir yog'vordi, abiturientlar tinchmisizlar?
Bu yomg'ir ularning imtixon topshirishiga xalaqit qilmaydimikan?
Show next 84 comments