📣Bizga "ro‘yxatdan muvaffaqiyatli o‘ta olmadik", "login va parol kelmadi" va "internet yaxshi ishlamadi" degan ma'noda juda ko‘p xabarlar kelmoqda. Albatta, hammaga bir xil sharoit qilib berish juda qiyin. Lekin YKO ning asosiy maqsadi ishtirokchilarni kreativ fikrlashga o‘rgatish, bilim ulashish bo‘lganligi uchun biz YKO ning 1-bosqichini osonroq platformada (Google doc) qayta o‘tkazish haqida o‘ylayapmiz. Ammo bunda ishtirokchilar sertifikat ololmaydilar. Har holda bilimini sinab ko‘rishadi va ro‘yhatdan o‘tishdagi muammolar bo‘lmaydi. (o‘tgan yakshanba moziy.edu.uz websaytida qatnashganlar qayta qatnashishi shart emas).
Bu holatda tekshirish ishlari avtomatik bo‘lmaydi, har bir testni biz o‘zimiz tekshirib chiqishimiz kerak bo‘ladi.

Biroq bular muhim emas, muhimi qancha kishi YKO qayta o‘tkazilishini xohlashi. Shuning uchun qadrli kuzatuvchilar fikringizni so‘rovnomaga javob berib bildiring. Biz uchun sizning fikringiz muhim.

📊Ovoz berishning so‘ngi muddati 12.12.2020

♻️Do‘stlaringizga ham ulashing

Iltimos, quyida ovoz bering 👇👇👇

9 comments

Nilufar
Qayta utkazilsa zor bolardi
Qayta boʻlsa yaxshi boʻlardi
Aziz Abubakirov
Ha qaytadan òtkazilsa yaxshi bòlardi 👍👍👍👍
Кайта утказилсин
Султон Джумаев
Интернет носозлиги учун катнаша олмаганлар бор.Қайта ўтказилса яхши бўларди
Aziz Abubakirov
Bunda ham 2-bosqich bòlsa zòr bòlardi
ㅤㅤㅤㅤㅤ
Zor bolardi qayta otsa😁
yaxshi boladi ammo 2-bosqich yoq ham sertifikatlar ham nomalum ekan .Bundaysiga nima kk. Sal bosa ham qayta qatnashganlarga imkon berish kk.internet biz surxondaryoning shorchining adirida qanday bosin .Bizda ayb emasku.Szlar ham tushuningizlar.2-bosqich va sertifikat berish kk .kongil uchun ham .
Ж.Шахноза
Qayta otkazilsa yaxshi bolardi