Қайси ҳудудда ўқишга кириш кўрсаткичи юқори?

Юқорида талаба бўлган абитуриентлар сони бўйича маълумот берган эдик. Лекин айтганимиздек, бу умумий абитуриентларнинг сони кўплиги билан боғлиқ эди. Яъни аҳолиси кўп ҳудуддан кўпроқ талаба чиққан, бу табиий ҳол.

Фоизга нисбатан олсак, рейтинг умуман бошқача чиқади. Бундай рейтингда Бухоро вилояти яққол устунлик қилмоқда. Мазкур вилоят абитуриентларининг 26,8%и талаба бўлган. Кейинги ўринларда Навоий (24,6%) ҳамда Фарғона (23,4%) вилоятлари эгаллаган.

Ўқишга кириш кўрсатгичи бўйича охирги ўринларни Қашқадарё (17,8%), Сирдарё (17,3%) ҳамда Тошкент вилояти (15,9%) эгаллаган.

✅ Талаба бўлган абитуриентлар фоизи бўйича ҳудудлар рейтинги қуйидагича:

➖
Бухоро – 26,8%;
➖ Навоий – 24,6%;
➖ Фарғона – 23,4%;
➖ Қорақалпоғистон – 22,4%;
➖ Наманган – 21,6%;
➖ Тошкент шаҳри – 21,6%;
➖ Хоразм – 21%;
➖ Самарқанд – 19,2%;
➖ Жиззах – 18,9%;
➖ Андижон – 18,3%;
➖ Сурхондарё – 17,9%;
➖ Қашқадарё – 17,8%;
➖ Сирдарё – 17,3%;
➖ Тошкент вилояти – 15,9%.


👉 @xushnudbek 👈

366 comments

Show 55 more comments
11 bitiruvchilar soniga nisbatan foiz hisoblansa oʻzgarish boʻladi ayrim viloyatlarda
Xurshid
Yaxshi gap totlidir qanddayin,
El ichra xushxabar yuribdi,
Sir bermay turibsiz qandayin,
Bolangiz oʻqishga kiribdi?!

Eshitdik, koʻp boʻlmang kamtarin,
Nishonni bexato uribdi.
E qoyil!
Tasanno!
Ofarin!
Bolangiz oʻqishga kiribdi!

Kim deydi:
"Oʻzi zoʻr bola-da",
Kim yuzin, kim labin buribdi...
"Olmaning tagiga olma... "-da,
Bolangiz oʻqishga kiribdi!

Kim sotgan molingiz sanagan,
Kim deydi:
"Qancha pul beribdi?!"
Qanday zoʻr baxt ota-onaga,
Bolangiz oʻqishga kiribdi!

Sannasin miyasi aynigan,
Har kimsa ekkanin oʻribdi.
"Byudjet"mi... "kontrakt"... mayliga,
Bolangiz oʻqishga kiribdi!

El aro yorugʻdir yuzingiz,
Fayzingiz yarashib turibdi.
Davrada yangroqdir soʻzingiz,
Bolangiz oʻqishga kiribdi!

Baraka topgaysiz oʻgʻildan,
Xudoyim tashvishdan qoʻribdi.
Qiz boʻlsa, sovchilar yogʻilgay,
Bolangiz oʻqishga kiribdi!

U bugun haqiqiy qahramon,
Mehnatin rohatin koʻribdi.
Nafidan el boʻlgay bahramand,
Bolangiz oʻqishga kiribdi.

Havasda qarindosh, oʻzga ham,
Hasadgoʻy toshini teribdi...
Yuqsin-yuqsin, deymiz bizga ham,
Bolangiz oʻqishga kiribdi.

Siz bugun xoʻb koʻkrak kerasiz,
Ulfatlar koʻp tomoq qiribdi...
Qadrdon, qachon haq berasiz?!
Bolangiz oʻqishga kiribdi!
Ramatjonova 21- 03 guruh!
Murod
Assalomu aleykum.supper kontraktni qaysi muddatgacha,nwchiga bolib tolasa boladi.malumot bervorilar
Суперда укиб нима киласиз! Кейинги йил кирасиз худо хохлоса
Mohina
Buhoro olg'a✊✊✊
Kenjoyev Gulimboy
Ассалому алйкум.Сизга саволим бор эди.Супер контракт качондан иш бшлайди
Buxoro oldindali yaxshi, lekin shu uchun ham Buxoroni oʻzidan ish topish qiyin , oʻqishni bitirgach
Sherzodbek
Мана Адолат энг паслагани Кашкадарё Билан Тошкент вилояти бу́пти бизнинг Хоразмга фарки йу́к сал ку́тарилипмиз лекин биринчияммас охиргиямммас хеч кайси ку́рсаткичда
Tölov kontrakt summalari haqida aniq miqdoriy summani bilib bersangiz
Mana bu boshqa gap. Buxoro doim oldinda.
Э.Н
Сиртки 1 курсаларга укиш качондан
Magistaratura mandat haqidayam post qoyilar
О.Бекмирзаев
Assalomu alaykum
Men boya qashqadaryoahli kanalida umuman boshqacha reting Kurdish


KIMNIKI HATO SHUNDA
ℕ𝕠𝕕𝕚𝕣𝕓𝕖𝕜
eey undan kora magistrni qachon chqishini aytin
Рухшона
Iltimos akademik litsey natijasi xaqida biror yangilik ayting
Biziki òzgariwsiz hali ham uchlikda
Bularni qòying magistrni aniqlang.
Show next 100 comments