Қабул якунланди. Салкам 1,5 миллион абитуриент рўйхатдан ўтди

2020-2021-ўқув йили учун ОТМларнинг бакалавриат таълим йўналишларига абитуриентларни онлайн рўйхатга олиш расман якунланди. Бу ҳақда ДТМ хабар берди.

Рўйхатга олиш 20 июндан 20 июлга қадар барча ҳудудларда ДТМнинг расмий веб-сайти ва Ягона портал орқали, республикамизнинг 8 та туманида эса ДХМлар орқали амалга оширилди.

Рўйхатдан ўтган жами абитуриентлар 1 484 085 нафарни ташкил этди. Шундан, жорий йил битирувчилари 536 144 нафар (36,13 %).

✅ Таълим шакли бўйича:

👉 Кундузги таълим шакли – 798 608 нафар (53,81 %);
👉 Сиртқи таълим шакли – 648 733 нафар (43,71 %);
👉 Кечки таълим шакли – 36 744 нафар (2,48 %).

✅ Тиллар кесимида:

👉 Ўзбек тили – 1 297 445 нафар (87,42 %);
👉 Рус тили – 139 115 нафар (9,37 %);
👉 Қорақалпоқ тили – 44 279 нафар (2,98 %);
👉 Бошқа тиллар – 3 246 нафар (0,22 %).

Барча абитуриентларга омад тилаймиз. Ҳақиқатда ўқиган ва билимлиларга талаба бўлиш насиб қилсин.


👉 @xushnudbek 👈

409 comments

Show 100 more comments
Buncha kop, 2 fan deb tavakkalchilar ko‘payib ketdimi deyman🤦‍♀️
Неъматуллоҳ
qabul.dtm.uz kirasiz wu kifoya
Unda imtiyozlari borlari korsatilmaganku
Umumiy qib korsatilgan
Бекжонова Гулрабо
Assalomu alaykum Xushnud aka iltimosim bor oʻqishga topshirishda bir xatolik ketibdi biz fizika matematika fanlari bor yoʻnalishga 5 ta yoʻnalishga topshirgan edik lekin internet da topshirgan kishi 3 ta fizika matematika yoʻnalishiga 2 kimyo matematika yoʻnalishga adashib yozib yuboribdi buni toʻgʻirlasa boʻladimi DTM qogʻozga endi kimyo matematikadan imtihon topshirasiz deb keldi iltimos aniqlab bering iltimos
Xushnud aka,hozir. 4-kursnda Fransuz tilida uqiyotgan Talabalarga ham ingliz tili oʻqituvchisi deb yozib beriladimi
Бекжонова Гулрабо
Xatolik ketgan
Lolo Lolo
Hamma abiturientlaga omad
Бекжонова Гулрабо
Endi nima qilamiz
أوزبكي
Imtixonlar qachon bo'larkin?Imtixon o'tkaziladigan joylarda bemorlar davolanmoqda...Imtixon kechikadimi?
Assalomu aleykum Xushnudbek aka imtixonlar qachon bo‘lishini bilsangiz ayting iltimos
Barcha abituriyentlarga omad tilayman
Assalomu alaykum. Hamaga omad yor bo'lsn. 😊
Dilmurod
Assalomu aleykum Xushnudbek aka imtixonlar qachon bo‘lishini bilsangiz ayting iltimos
xa shunday qiling
hamma abituriyentni shu savol qiynayapti ham shashtini pasaytirayapti
Show next 100 comments