Қабул якунланди. Салкам 1,5 миллион абитуриент рўйхатдан ўтди

2020-2021-ўқув йили учун ОТМларнинг бакалавриат таълим йўналишларига абитуриентларни онлайн рўйхатга олиш расман якунланди. Бу ҳақда ДТМ хабар берди.

Рўйхатга олиш 20 июндан 20 июлга қадар барча ҳудудларда ДТМнинг расмий веб-сайти ва Ягона портал орқали, республикамизнинг 8 та туманида эса ДХМлар орқали амалга оширилди.

Рўйхатдан ўтган жами абитуриентлар 1 484 085 нафарни ташкил этди. Шундан, жорий йил битирувчилари 536 144 нафар (36,13 %).

✅ Таълим шакли бўйича:

👉 Кундузги таълим шакли – 798 608 нафар (53,81 %);
👉 Сиртқи таълим шакли – 648 733 нафар (43,71 %);
👉 Кечки таълим шакли – 36 744 нафар (2,48 %).

✅ Тиллар кесимида:

👉 Ўзбек тили – 1 297 445 нафар (87,42 %);
👉 Рус тили – 139 115 нафар (9,37 %);
👉 Қорақалпоқ тили – 44 279 нафар (2,98 %);
👉 Бошқа тиллар – 3 246 нафар (0,22 %).

Барча абитуриентларга омад тилаймиз. Ҳақиқатда ўқиган ва билимлиларга талаба бўлиш насиб қилсин.


👉 @xushnudbek 👈

409 comments

Show 100 more comments
Нуруллаев Шохрух Варқ М
Etibor bering 1.5 mln abiturieynt topshirgan. Salkam 1 mln abituriyent 111500 dan topshirgan. Bu degani 110 milliard pul degani. Axir bu xalqni talashku. Hech bulmasa 10 foiz uani 22300 qilganda ham sezilmasdi xalqqa. 22 mlrd yetardi tashkiliy ishlarga. Yana UPAY Dtm da monopol tarzda ulangan u ham qoshimcha 1 foiz haq undirayabdi. Hisoblasa milliardan oshadi. Qani bu yerda adolat
Kechirib quyasizu, bu pul qabulga urpoq ham bo'lmaydi. Bu jarayonga ancha pul ketadi, qabul g'irt ziyon davlatga, dtmga. Bu yil qanday bo'lishini bilmadimku, 2020gacha bo'lgan imtixondan kelib chiqib aytyabman. Siz to'lagan 100 mingga bitta abiturientni kelib test topshirishi uchun normal sharoitni yaratib berish qiyin. Bu bir kunlik imtixon kuni, bir yillik qabulni jarayoni +-1 yilga cho'ziladi. Qancha uqituvchilar necha kunlab, oylab qabulda xasharda bo'ladi - hech qaysisi indamayaptiku. Abiturient, siz, imtixonga tayyorlaning, davlatga minus bo'layotgan pullarni xisoblab ayni shu kunlarda siz uchun o'ta muhim bo'lgan vaqtingizni sarflamang!
Har narsaga nolishdan saqlanaylik!
Shunchaki hammani omadini bersin🤗🤗🤗
Sevinch
Armislarga kvota qanday
@xushnudbek Assalomu aleykum, uzr bu yerga yozdim, magistraturani yashash manzilini yozish kerek deyilgan lekin man Qo'qon shahrida yashayman, U yerda esa faqat Farg'ona viloyatini ko'rsatyapti, bu degani Farg'onaga borib test topshiramanmi?
Bu yil ko‘payib ketdima abtlar
Hozir otmlar kvotalar bu abiturientlarning o‘ndan birini ham qamrab ololmaydi, nega OTMarni ko‘paytirishmaydi
SECRET
Assalomu aleykum ruyhatdan utganligini aniq qayerdan bilsa buladi topwirgan joylarizni listi ciqsa uwa utgan hisoblanadimi
Imtixonlar qachondanboshlanadi
Нуриллаев.А
Assalomu aleykum ijodiy imtihonlar òzgartirilishi mumkin(masalan testga)faqat ijodiy imtihon bòlsachi bu qanday bòladi
Билими борларни омадини берсин. Хакикий билимлиларга талаба булиш бахти насиб булсин
Muhammadjon
kotta busez - bilvolas.
Iy siz kottamisz???? Mutaxasismsz wu boyicha???
SARDOR
Assalomu alaykum bu yil met tehnikumlarga ham qabul bowlanadimi?
Man abiturentla tomonidan tolov qliniwiga qarwimasman lekn pandemiya waroitni hisobga olip tolovi azgina bosayam kamaytrilmadi wu narsa.......
Hi | Ko'chada qoldim!
Siz nima qabul boyicha mutaxasismisz???? Bu miliard pul ula uchun urpoq disiz
Ha endi sizam togri tuwuning tepada otirvolib ayrimlar milliard milliard pullarni yeyotgan paytda haqiqatdanam bu pul urpogam bomedidaa
Bu yil hamma òzini sirtqiga urganmi sirtqi hamma uchun oson kõrinib qoldi shekilli
Show next 100 comments