Қабул якунланди. Салкам 1,5 миллион абитуриент рўйхатдан ўтди

2020-2021-ўқув йили учун ОТМларнинг бакалавриат таълим йўналишларига абитуриентларни онлайн рўйхатга олиш расман якунланди. Бу ҳақда ДТМ хабар берди.

Рўйхатга олиш 20 июндан 20 июлга қадар барча ҳудудларда ДТМнинг расмий веб-сайти ва Ягона портал орқали, республикамизнинг 8 та туманида эса ДХМлар орқали амалга оширилди.

Рўйхатдан ўтган жами абитуриентлар 1 484 085 нафарни ташкил этди. Шундан, жорий йил битирувчилари 536 144 нафар (36,13 %).

✅ Таълим шакли бўйича:

👉 Кундузги таълим шакли – 798 608 нафар (53,81 %);
👉 Сиртқи таълим шакли – 648 733 нафар (43,71 %);
👉 Кечки таълим шакли – 36 744 нафар (2,48 %).

✅ Тиллар кесимида:

👉 Ўзбек тили – 1 297 445 нафар (87,42 %);
👉 Рус тили – 139 115 нафар (9,37 %);
👉 Қорақалпоқ тили – 44 279 нафар (2,98 %);
👉 Бошқа тиллар – 3 246 нафар (0,22 %).

Барча абитуриентларга омад тилаймиз. Ҳақиқатда ўқиган ва билимлиларга талаба бўлиш насиб қилсин.


👉 @xushnudbek 👈

409 comments

Show 100 more comments
Salom hammaga
Abiturentla uchun tolovi azgina bosayam kamaytriw keredi pandemiya waroitni hisobga olip!!!!!!!!
Нуруллаев Шохрух Варқ М
Etibor bering 1.5 mln abiturieynt topshirgan. Salkam 1 mln abituriyent 111500 dan topshirgan. Bu degani 110 milliard pul degani. Axir bu xalqni talashku. Hech bulmasa 10 foiz uani 22300 qilganda ham sezilmasdi xalqqa. 22 mlrd yetardi tashkiliy ishlarga. Yana UPAY Dtm da monopol tarzda ulangan u ham qoshimcha 1 foiz haq undirayabdi. Hisoblasa milliardan oshadi. Qani bu yerda adolat
Uyalilar e. Bu yilku hop online bo'ldi. O'tgan yillari silani xujjatilani qabul qilib o'tirgan odamlani yozni issig'ida otpuskaga ketmiy issiqda hujjat qabul qilib o'tirishi un pul berishadi, ulani obed bilan taminlashadi, silani hujjatilani rasmiylashitirishchun qog'oz ishlatishadi. Shu va shunga oxshagan texnik harajatlar ko'p. Siz bo'sa xalqni talash diysiz. Abiturient 5 ta yo'nalishga hujjat topshiryapti. İmkoniyat yaratildiku, bu imkoniyatlani xarajatiyam bo'ladide. Topshirmasin agar puli yoqmasa. Tavba. Qabulda o'tirib azgina shu jarayonlani o'z ko'ziz bilan ko'rganizda shunaqa dimagan bo'larmidiz. Yana kim biladi)
Olihgoh bot ishlavoyimi
M..... M.......
Bu gapizni endi foydasi yo‘q
Nmaga ekan hali kechmas wuni tolov qgan abiturentla banka borip azgina pulini qaytarib osa boladi!!!
Assalomu aleykum Xushnudbek Tibbiyot texnikumlari haqida ham ma'lumot bering iloji bulsa qabul qanday qanaqa bo'ladi kirish u yerga
Abiturentlarga omad
Pulni to'lasa bo'ldi o'qishga kirish muammo emas🙁
Aristokratka
Balliyam pastroq
Ha òtgan yili shunaqa bòlgandi lekin bu yil teskarisi bôladiyoov
ASSALOMU alaykum Xushnudbek aka endi qabul qilingan fakultetda nechta odam tõğri kelganini qaysi saytdan bilamiz
1,5 млн Абитуриент лекин факатгина 100минг укишга олади 🥶
OTM.dagilarni uzog'i 30%i normalni kadr bo'lardi, endi esa nima bo'larkan? Umrida kitob ochib ko'rmaganlar ham talaba bo'lyabdi.
Xushnudbek aka sizni tabriklayman 300mingga chiqqanmiz uchun
Show next 100 comments