This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Эртага, 9 май куни телеканалларимизда ҳарбий ва тарихий фильмлар намойиши бошланар экан. Уларнинг ичида энг диққатга сазовори – “Илҳақ” бадиий фильми. Маълумотларга қараганда, унда бир муштипар аёлнинг уруш давридаги фожиали ҳаёти тасвирланган, фильм реал ҳаётий воқеаларга асосланиб суратга олинган.

Трейлеридан фильм анча савиялига ўхшайди. Ҳар ҳолда менда ўзига қизиқиш уйғота олди. Шунингдек, фильм режиссёри Жаҳонгир Аҳмедов эканлиги ҳам эътиборли, чунки у доим фильмларига профессионал тарзда ёндошади.

Хуллас, фильм премьерасини илҳақ бўлиб кутяпман :))


👉 @xushnudbek 👈

154 comments

Show 100 more comments
Xudo xohlasa, ko'ramiz albatta
Mergan
Ilhaqni koʻrdim...Otamni, onamni akamni ayamni bobomni buvimni oilamni mard jasur oʻzbekni urushni u keltirgan ofatni koʻrdim...
Ichimdan oʻtganin oʻzim bildim.
Barcha aktyor va aktirisalarga yozgan kinoga olgan barcha barchalariga raxmat yoshlar koʻring kecha kim edigu bugun kim boʻldik.ertaga kim boʻlishimiz sizu bizga bogʻliq
TashbayevaNilufarIsroilovna
Ilhaqni ko'rdim Judayam zo'r film ekan.Bo'larkanku Jaxon darajasidagi filmlar ishlansa. Buning uchun film rejissyori Jaxongir akaga va filmda qatnashgan barcha aktyorlarga oila a'zolarimiz nomidan raxmat aytaman
Миригуль Абдуллаева
Кинони бошидан охиригача кузларимдан ёш тухтамади, бир нарсани тушундим - хар бир тинч кунимиз учун Худога минг шукурлар айтиб яшашимиз керак, хар нарсага нолийвермасдан бу кунларнинг кадрига етиб яшашимиз керак, фарзандларимизга тугри тарбия беришиииз керак, хозирги пайтда ушбу филмдагидек угил боллар жуда кам, кундан кунга кизсифат буб кетаёткан, тор шим киядигён, кулокларига зирак такадигон, сочларини устирадигён угил болларни куп учратамиз, бази аёллар хам гийбатдан бушамайди,......Худо курсатмасин, илохим хеч качон уриш булмасин,
Кино ташкилотчиларга, актер актрисаларга оиламиз билан миннатдорчилигимни билдираман
"Ilhaq" filmini ko'zlarimda yosh bilan ko'rdim. Kino juda yaxshi ishlangan. Urushdagi qiyinchiliklar, ona mehri, ayol matonati, o'zbeklarning jasorati ushbu filmda yoritilgan. Shuni aytmoqchimanki, ushbu film rejissori, aktyorlari va aktrissalariga umuman mana shu filmni suratga olishda ishtirok etgan barcha ijodkorlarga minnatdorchilik bildiramiz. Alloh rozi bo'lsin! Mana shu kabi filmlarni ko'p ishlashlarini istardik, toki biz yoshlar bugungi tinch, osoyishta kunimizning qadriga yetaylik. Biz uchun, bugungi farovon kunlar uchun qon to'kkan mard vatandoshlarimizni aslo unutmaylik. Film ijodkorlariga yana bir bor rahmat!
Takroriy namoyishi nechchida bolarkan aa?
Ajoyib film!!! Barcha ijodkorlarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman!!!
"Ilhaq"filimi menga juda yoqdi. Haqiqatdan ta'sirli va ajoyib ishlangan. Birinchi marotaba òzbek kinolaridan "Ilhaq" filimini korib juda ta'sirlandim. Jahongir akaga rahmat aytaman va "Ilhaq" filimidek ma'noli filmlar kutib qolaman.
Kino judayam yoqdi, o'zbeklar olgan kinolar ichida eng ta'sirlisi va inson o'sha davr voqealarini ich ichidan his qiladi , to'g'risi mazza qilib yig'lab yig'lab ko'rdim!!! Kattakon rahmat rejissyor , aktyor va aktrisalarimizga !!! Barakallo!!!
Quvonchbek Xudoyshukurov
Kinoni yaxshi olishga harakat qilishganu, manga yoqmagan tomoni qaxramonlarni sal yerga urib tashashibdi. Xuddi o'zini boshqara olmaganligi sababli o'lib ketganday bb qolishibdi. Sal jang qilib o'q tegib yaralanib o'lgan qilib olinsa yaxshi chiqardi. Yigitlardan bittasigina mardonavor (bomba portlatib) halok bo'lgan ekan. 2 tasi asirga tushib halok bo'lgan. 2 tasi esa tomi ketib o'zini bilmay qolib o'zi o'limiga sabab bo'lganday bo'lib qolibdi. O'zbek yigitlari bunchalik oson jon bermagandir. Shunday bo'lsa g'alaba qayerdan kelardi. Bu film orqali bir shu besh yigitgamas, balki butun o'zbek yigitlariga baho beriladi. Ko'rganlar qanday o'ylaydi? Qisqasi sal bo'rtirib olinishi kerak edi film.
Ulug'bek
Кинони охиригача куролмадим. Кандайдир сохталик бор. Образларни тулик очиб беролмаган. Филм кахрамонлари халок булса ачинмисан образини яхши очиб беролмаганидан. Хориж киноларини курсанг бош рулдагини улишини хохламисан кино ичига кириб кетасан 2 соат булса хам 5 дакикада тугагандек туюлади. Илхакда эса 5 дакикада одам зерикишни бошлайди. Почтачи билан раисга ургуни купрок берган. Шухрат Аббосовни филмини яни "Сен етим эмасссан" киносини 100 марталаб курганмиз. Хозир куйса яна кураман. Хар бир ораз жуда чиройли очиб берилган. Хуллас шахсан менга кино ёкмади.