🏆 2025-yildagi 4 ta #khiso_olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi!Xabaringiz bor, Xorazm viloyatida olimpiadalarni ommalashtirish boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda. “Hokim olimpiadasi” va haftalik oflayn olimpiadalar, reyting tizimlari shular jumlasidandir.
🥇 2025-yilning dastlabki ikki oyi davomida o‘tkazilgan 4 ta olimpiadada gʻolib bo‘lgan o‘quvchilar
medal va
diplomlar bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, ushbu o‘quvchilar xalqaro olimpiada g‘oliblari tomonidan olib boriladigan onlayn darslar uchun ham grantlar bilan taqdirlanishgan edi.
🥇 Eslatib o‘tamiz, g‘olib va yuqori natijali o‘quvchilar
"Yozgi maktab-2025" da
bepul qatnashish yo‘llanmasini ham olishlari mumkin. Buning uchun muntazam ravishda reyting ballarini oshirib borishi kerak. Shuningdek, butun respublikada eng yuqori natija egalari
"SUPER FINAL" olimpiadasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishadi.
🏆 Keyingi reytingli oflayn olimpiada
9-mart (
yakshanba) kuni o‘tkaziladi. Hozirdan ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.
➡️ RO‘YXATDAN O‘TISH
👩🏻🎓 Navbatdagi olimpiada xalqaro xotin-qizlar kuni atrofida o‘tkazilishi munosabati bilan, bu safar qizlarimiz uchun mutlaqo bepul bo‘ladi.
🤝 Loyihamizni qoʻllab kelayotgan
Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga minnatdorchilik bildiramiz!
Xorazm boʻyicha maxsus kanalimizga a’zo boʻling: ➡️ @khiso_khorezm