Ушбу хабарни қайта чиқаришимга сабаб, минг афсуски Тошкентдаги айрим туманларнинг (барчаси эмас) паспорт столларида ҳалигача 5 йил стажга эга давлат ташкилотлари ходимларини доимий рўйхатга қўйишни рад қилишаётган экан.
Агар сиз давлат ташкилотида 5 йил стажга эга бўлсангизу, ишхонангиздан берилган маълумотнома асосида доимий рўйхатга қўйишни рад этишаётган бўлса, билингки, ўша рад қилаётганлар қонунларни очиқдан-очиқ бузмоқда. Улардан ёзма рад жавоби беришни талаб қилинг ёки Ички ишлар вазирлигининг ишонч телефонига қўнғироқ қилинг.
👉 @xushnudbek 👈
Assalomu alaylum Xushnudbek aka. Aka nega kanalizda texnikumlar haqida malumot berme qoldiz. Men Toshkent Temir yul texikumiga 23-noyabir kuni imtihon topshirib chiqdim. Test natijasi imtihondi ertasiga chiqdi. Mandatni barcha texnkumlar imtihoni tugagandan soʻng 7kun ichida chiqaramiz degandi. Barcha texnikum imtihoni 30-noyabrda tugadi. Mana bugun 15-dekabr Temir yul texnikumini imtihon tugaganiga naq 20 kun buldi ammo mandatdan haligacha darak yuq. Texnikumlarga Qabul 20-oktabrda tugagandi. Mana yarim yil oʻtib ketti ha demay yangi yil kirib keladi.Texnikum oʻqishini tezroq boshlab oganimizda yaxshi boʻlardi. Bu ketishda vaqt ketib boryapti biz hechnimani oʻrganolmay qolamizku. Mandatni tezroq chiqarib oʻqishni tezroq boshlab olsak degandimda aka.Nma endi texnikum ekan deb be etibor yururish kerimikan. Instlani mandati ham bunchalik choʻzilib ketmagandi.oʻzi temir yul texnikumiga 23-24-25-noyabr kunlari imtihon boʻlob oʻtdi 25-noyabrda imtihon tugaganiydi. Temiryul texnikumiga topshirgan boʻlsa 1500 ta abiturent hujjat topshirgan. Shunda imtihonga kegan bolsa 800 yo 900 kishi kegan. Nma endi shu 900 kishini imtihonini 20kundan beri chiqarolmay oʻtirsa bu qanaqasi boʻldi.
Texnikumlarni mandatini tezroq chiqishida oʻqishni tezroq boshlashda, oʻqishni ananaviy tarzda boʻlishiga oʻz hissangizni qoʻshvoring akajon. Agar texnikumlarda darslar online boʻlsa 2yil ichida qanday oʻzlashtramiz buni ham bizlarni ham oʻylash kerak akajon shu haqda oliy va oʻrta maxsus talim vazirligiga chiqishingizni soʻremiz oldindan raxmat szga akajon
Mavzudan tashqari savolim bor edi: Oʻqituvchilardan majburiy obunaga pul yigʻish qonuniymi?
Agar noqonuniy boʻlsa kimga murojaat qilish kerak?
Jizzax shaahridagi oʻqituvchilardan 55000 soʻmdan majburiy obuna yigʻilmoqda shu masalaga munosabatingizni bildirsangiz!!!
Xushnudbek sizdan oilamiz barchasi minnatdormiz.
2019 yil ota-onamning umumiy mulk asosida olingan "novostroyka" xonodoniga ota-onamni 1-band bilan propiska qilindi,keyin ularning farzandi (singlim)ni propiska qilishini so'rab murojat qilganimizda rad javobini (yozma ravishda) berishdi.keyin toshkent shaxar IIBB migiratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga murojat qilganimizda 2martta rad javobini pochta orqali jo'natishdi.
Pasport stol va IIBB ning rad javobli xatida: singlim oilali ekanligi sababli propiska qilinmasligi yozilgan edi."XUSHNUDBEK UZ" telegram kanalini o'qidim.propiska uchun"LAYFXAK" ida propiska noqonuniy rad qilinsa,qanday yo'l tutish kerakligi yozilgan edi.shundan keyin o'sha tumanning ma'muriy sudiga pasport stol rad javobidan norozi bo'lib murojat qildik.sudda pasport stoll xodimi IIV ning 14.12.2017 yildagi 22/25297 -sonli ko'rsatma xati asosida ishlayotganligini, shu ko'rsatma xatida oilali farzandlarini propiska qilinmasligini aytdi.sud qarorida ko'rsatma xati huquqiy hujjat emasligi sababli pasport stolga singlimni 2-band bilan propiska qo'yish majburiyatini yukladi. Pasport stol nixoyat singlimni propiskaga qo'yishdi.shu payt men i xam propiska qo'yishini so'raganimda sud qarorida sen yo'qsan seni qo'yolmaymiz deyishdi.pasport stol boshlig'iga men xam shu ota-onaning farzandi ekanligimni , yana shu jarayon (sud )takrorlanishini, mening ham sizlarning xam vaqt ketishini tushintirmoqchi bo'ldim lekin tushinishmadi.yana Pasport stoll yozma rad javobi berishdi.yana sudlashdik, sud propiska qilinsin deb qaror chiqardi.pasport stolga qarorni ko'rsatdim pasport stol xodimi meni sal shoshganimni , ozgina kutganingda propiskaga qo'yishini aytdi.sababini so'raganimda IIV ning 22/25297-sonli ko'rsatma xati o'zgartirib berishdi.ko'rsatma xatida " o'z oilasiga ega bo'lmagan"degan cheklov so'zi olib tashlanganligini aytishdi va propiskaga qo'yib berishdi.men xayron qoldirgani shuki: shuncha sud jarayonidan keyin xam ko'rsatma xat qonuniy emasligi isbotlansa-da ,mana bo'lmasa senlarga deb o'zgarib o'z kuchida qolganligi.
Shundan keyin men propiska masalasida IIV ga xam IIBB ga xam ishonmaydigan bo'lganman.faqat qonunga ishonaman.yashasin odil sud.yashasin bloggerlar.
Бугун куп ташкилотларда булдим, жуда жуда ачиндим.
Факат кимнидир одами булишинг еки ш хокимиятидан булишинг, еки вазирликлардан еки б вазирдан томонидан булсангина сенга яшил йулак.