Тарихдаги энг шармандали натижаЎзбекистон ўз тарихида биринчи марта Жаҳон чемпионати саралашининг ушбу босқичида қолиб кетмоқда. Илгари ҳар доим бу босқичдан ўтган эдик. Қолганлар юксалиш сари қадам ташласа, биз аксинча кундан-кун ботқоққа ботиб кетаверамиз.
Бир ҳисобдан шарманда мураббий Абрамов бошчилигидаги терма жамоа йигитларига катта раҳмат, бизни 1 йил асаббузарликлардан асраб қолди. Барака топинглар, бутун халқни ўйлайдиган жонкуяр футболчилар асли шунақа бўлиши керак.
Яна ва яна қайтараман: бюджетдан футбол учун сарфланадиган бебилиска пуллар, профессионал футбол клубларга бериладиган юз миллиардлаб маблағларга рози эмасман, бизнинг футбол шунчаки текинхўрлар маконига айланиб қолган. Ундан кўра, шу пулларни мактаб қуришга сарфласак, миллат келажаги учун кўпроқ фойда бўларди.
👉 @xushnudbek 👈
Ta'lim sifatini oshirib oddiy yoshlarga ham imkon beringlar qayerdagi miyasiz bom bosh ahmoqlarga emas
Rahmatli Hojiboy Tojiboyev aytganday :)
Ruhsiz tanlar tebransun, yig’la, Turkiston.
Turgil, darddan jismingni sog’la, Turkiston,
Donish o’tiga bag’ring dog’la, Turkiston.
Belga himmat kamarin bog’la, Turkiston,
Ma’rifatga yetmoqni chog’la, Turkiston
Yig’la, yig’la, Turkiston, yig’la, Turkiston,
Ruhsiz tanlar tebransun, yig’la, Turkiston.
Bog’li qoldi qo’limiz vahshat domida,
Boshlar chaynalmasunmu g’aflat komida?
Ko’krak qoni ko’rundi g’urbat jomida,
Mahv o’ldi shar’ nuri bid’at shomida.
Yig’la, yig’la, Turkiston, yig’la, Turkiston,
Ruhsiz tanlar tebransun, yig’la, Turkiston.
Ko’zlar uyqudan to’ymas, doim g’aflatda,
Ne saodat ko’rmishbiz, bilmam, vahshatda,
Bo’ldik bugun sargardon dashti zillatda,
O’tar o’xshar holimiz bo’yla zulmatda.
Yig’la, yig’la, Turkiston, yig’la, Turkiston,
Ruhsiz tanlar tebransun, yig’la, Turkiston.
Maktab oching, boyonlar, bo’ling himmatli,
Bo’lsun o’qur sibyonlar oliy g’ayratli.
Shoyad bo’lsun millatga sodiq xizmatli,
Bu ko’ngullar quvonsun qolmay hasratli.
Yig’la, yig’la, Turkiston, yig’la, Turkiston,
Ruhsiz tanlar tebransun, yig’la, Turkiston.
Darig’ tutmang ilm uchun ketsa mol-u jon,
O’quv farzligi ming yo’l qur’onda farmon.
Ma’rifatsiz tonulmas ahkomi iymon,
Ilimsizga aytulmas komil musulmon.
Yig’la, yig’la, Turkiston, yig’la, Turkiston,
Ruhsiz tanlar tebransun, yig’la, Turkiston.
Mahzun Nihon ko’p og’lar millat bog’iga,
Mavsum o’tub g’aflatdan tushgan dog’iga.
Bog’bonlar boqmayur so’l-u sog’iga,
Qish kelgach so’ng netarmiz gulshan zog’iga.
Yig’la, yig’la, Turkiston, yig’la, Turkiston,
Ruhsiz tanlar tebransun, yig’la, Turkiston.