This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Тарихдаги энг шармандали натижа

Ўзбекистон ўз тарихида биринчи марта Жаҳон чемпионати саралашининг ушбу босқичида қолиб кетмоқда. Илгари ҳар доим бу босқичдан ўтган эдик. Қолганлар юксалиш сари қадам ташласа, биз аксинча кундан-кун ботқоққа ботиб кетаверамиз.

Бир ҳисобдан шарманда мураббий Абрамов бошчилигидаги терма жамоа йигитларига катта раҳмат, бизни 1 йил асаббузарликлардан асраб қолди. Барака топинглар, бутун халқни ўйлайдиган жонкуяр футболчилар асли шунақа бўлиши керак.

Яна ва яна қайтараман: бюджетдан футбол учун сарфланадиган бебилиска пуллар, профессионал футбол клубларга бериладиган юз миллиардлаб маблағларга рози эмасман, бизнинг футбол шунчаки текинхўрлар маконига айланиб қолган. Ундан кўра, шу пулларни мактаб қуришга сарфласак, миллат келажаги учун кўпроқ фойда бўларди.


👉 @xushnudbek 👈

1396 comments

Show 100 more comments
Ector Kuper kelganida qanday jamoani yoshartirgan edi uyinda ham ozgina mano bor edi
Endi bulsa Zoteev kelib utiribdi yugurolmaydikuuu u

Yana chet ellik murabbiy olib kelish kk va keyingi JCHgacha vaqt berish kerak
Taklif bor Futbolchilarimiz vatanimizni Jahon chempionatiga olib chiqaolmayaptimi Jarima to'lashsin bir ikki oy oyliklarini davlatga qaytartirishsin sal his qilsin boshqa tashkilotlarga o'shshab
Shunaqa futbolniii🤬🤬🤬🤬
fifa 48 taga o’rin ko’paytirsa ham chiqa olmaymiz, chunki o’sish yo’q, haqiqatan ham tekinxo’r bo’pketishgan uzb futbol
B.B.R
Iltimos xushnudbek bloger sifatida nimaga xech kim futbolni tugatish xaqida unga sarflanayotgan pullarni davlatning tashqi qarziga yoki qancha kasal insonlar gematologiya kasalxonalarida pulga zor bulib umid bilan yotibdi. Yollar, axoliga qulay sharoitlar, turizmga sarflasa xam shu pul qancha foyda keltiradi. Agar yolda qaroqchilar talab tashlamasa. Shu xaqida bir jiddiy mavzu kotarib gapiringsizlar. Iltimos yoqolsin uzb futboli
Avval ham foydasi bolmagan,endi ham bolmaydi .Bu futbolchilardan umid yoq!
Nargiza Tadjibayeva
aqlli fikr ta'lim uchun qizgʻonamiz mablagʻni oʻyinga sarflab yuboramiz oʻyindan foyda yoʻq ilmning ketidan quvaylik
Ассалому алайкум кечирасизлар балки аёл булганим учун футболни тушунмасман. Лекин, шу битта тупни оркасидан югурганларга маблаг сарф этилганчалик келажак авлодга сарф этилмайди. Мактабларда икки сменада укиймиз, кушимча шугулланиш учун хоналар етишмайди. Шунгами билмадим укувчилар репетиторга югуриб боришади. Футболистлар энг бой чунки хар бирида камида биттадан машина бор. Майли кандини урсин. Юртга манфаати тегмаса нима кераги бор уларга ортикча маблаг тулаб. Майли республикада голиб булса тулансин, республикадан ташкарида купрок. Хуллас, депутатлар укитувчига тош отавермай футболистлар ишини куриб чикса яхши булар эди.
Gapirganga arzimaydi.
Alisher aka shu futbolchilarni ham gapirsa bo‘lardi. Zo‘rg‘a yashayotgan o‘qituvchilarga hadeb tosh otavermasdan.
Ehhh uzb futboli🤦‍♂️🤦‍♂️🤦‍♂️🤦‍♂️🤦‍♂️
Aytdima shu Andijan marojniylarini oxiri nimagadir salbiy ta'siri bo'ladi deb. Mana futbolchilarimiz o'zimizda shunday yaxshi marojniy turganda chetga borib marojniy yeb kelamizmi deb, oxiri JCH ga bormay qo'yaqolamiz deyishdi.
Bu ketishda JCH - 20XX larga borib JCH ning hech qaysi saralash bosqichida qatnashmaydigan darajaga chiqamiz.
Bu ham qaysidir "5 Tashabbus" ning biri bo'lsa kerak balki...
Жаҳон чемпионатига чиқиб нима қиламиз, етар шунча тунларни бедор ўтказиб,хар сафар бир килодан 150 ммли мих устида ўтириш. Эсис михлар ва асаблар.
Шуни ўрнига......
JCH 2026 ga saralash boshqichida Odil Ahmedov o'ynasa yoki unga o'xshagan hujumkor yarim himoyachi eng muhim o'yinda darvozabon ampulasiga qo'yilsa ajablanmasdim!!!
JAHONGIR
qushilaman👍
Ўзб футболи 79 йилда тугаган. Ундан кейингилари текин тамоқ, хоин, ватанфурушлар. Йиғиштир, карамшўрвангни!!!
Nima haqida gaplashyapsiz?! Haliyam bormi bizda futbol?!
Õzbek futbolini shunchaki unutganimga aaancha bõlgan, yaxshi qilgan ekanman...
Bugun uncha ta'sirlanmadim, chunki "biz kutgandik , biz bilgandik" bular baribir chiqolmasligini!
O‘zbek futboli sobiq Paxtakor jamoasi bilan aviahalokatda halok bo‘lgan. Endi u tiklanmaydi toki poraxo‘rlik tugatilmaguncha. Bu degani endi umuman tiklanmaydi degani
Bu galgi milliy jamoani taniqli futbolchilar bilan emas qishloqdi baquvvat bolalaridan yig'ish kerak. Shularga beradigan puldi yarimini bersa bu bolalar raqibdi urib bo'lsa ham to'pdi olib gol uradi. 💪
Akalar asabni buzib nima qilasizlar bizni fikrimizga tupurgan rahbarlarimiz bor undan koʻra yozdan zavq olinglar EURO2020 boʻlyapdi shundan mazza qilinglar yana mazza qilishga sabab koʻp poraxoʻr amakilarimiz bor ekan na taʼlim va na boshqa sohada oldinlaymiz faqat botaveramiz imkon boʻlsa #surishkerak😁😁😁
Show next 100 comments