This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Тарихдаги энг шармандали натижа

Ўзбекистон ўз тарихида биринчи марта Жаҳон чемпионати саралашининг ушбу босқичида қолиб кетмоқда. Илгари ҳар доим бу босқичдан ўтган эдик. Қолганлар юксалиш сари қадам ташласа, биз аксинча кундан-кун ботқоққа ботиб кетаверамиз.

Бир ҳисобдан шарманда мураббий Абрамов бошчилигидаги терма жамоа йигитларига катта раҳмат, бизни 1 йил асаббузарликлардан асраб қолди. Барака топинглар, бутун халқни ўйлайдиган жонкуяр футболчилар асли шунақа бўлиши керак.

Яна ва яна қайтараман: бюджетдан футбол учун сарфланадиган бебилиска пуллар, профессионал футбол клубларга бериладиган юз миллиардлаб маблағларга рози эмасман, бизнинг футбол шунчаки текинхўрлар маконига айланиб қолган. Ундан кўра, шу пулларни мактаб қуришга сарфласак, миллат келажаги учун кўпроқ фойда бўларди.


👉 @xushnudbek 👈

1396 comments

Show 100 more comments
Akmalbek va Muhammadsodiq
Tewib chiqsin biz soliq tolovchini pullari. Futbol xususiy sohaga aylanmas ekan .uy rivojlanamiz.
☆☆_Sherxon_211_☆☆
Bizarni futbol federatsiyasi ishlamaydi masalan har viloyatdan eng yaxshi o‘ynaydiganni olib saralab chiqsa yaxshi bo‘lardi
Togri shu gapingiz,masalan yosh kitobxon tanlovida viloyatlardan eng eng englari chiqyaptiku,shunday saralashsa bolmaydimi,naxotki shuncha qiyinn.MILLION JAMOASI AYTGANDAY XAMMA AYIIBBBB .....
Ha to'g'ri gapirdiz o'zbek futboli rivojlanmaydi
Holmuminov Faxriddin
Тугри гап. Футболга бюджетдан умуман пул бермаслик керак. Таьлимга йуналтириш керак.
Hali hammasi yaxshi buladi shunchalik sabrli ekanmiz yana sabr qilamiz bu axr tabiiy holku o‘zbek futboli uchun🤫
Ha bir tomondan 1 yil xom umid qildirmay yaxshi qilishdi
Bugun ko‘rganimiz yo‘g‘u bu O‘zbeliston terma jamosini
Hardoyimgidek yana o‘sha anana ni davom etirmoqda
U bechoralarga ham qiyin bu ananani buzgisi kelmaydida
Agar ananani busa o‘zbekistonda axoli kimni so‘kadi keyin
Bular xalqni o‘ylashgan bo‘lmasa axolilar kimni dir so‘kolmasdan zerikmaslik uchun bular atayin yutqazib berishgan
Toʻppa toʻgʻri gap fudbolga ketgan pulga asfalt qilsa yoʻllarni shu shu foydali boʻladi
Futbolchilarimiz hozir choyxonada uxlab yotgan bo‘lsa kerak. Yuvib, mazza qilib. Futbol bir gap bo‘lar. Oylik beryaptiyu.
Qo'shilmayman gapingga shunchaki to'g'rilash kk
Tohir Saidnazarov
Vatanimizda fudbol o'lyabdi
Juda alamli va sharmandali. Bizni futbolda taktika 1-reja 2-reja degan sxema yòq ģirt kòcha futboli bunaqada òyin bòladimi..bizdan nega 11 ta narmalni saviyali futbolchi chiqmas ekana
👍👍👍👍👍👍
Зато осмонимиз мусаффо....🤣🤣🤣
Bu xam yaxshilikka ..xayrli bolsin maglubiyat xam endiyam to'lamasa boladi futbolchilarga maosh ..maktab qurishsin
O'qituvchining oyligiga yopishgan vazifasini bajarmagan deputatlarimizni oyligini xam kamaytirishsin..bu xalq talabi
Futbol maydonini buzib metallonga, a ochiq maydonidagi chimni buzib kartoshka ekish ancha foydaliroq ekan! Har holda ishlamay yotkan yer, hosil zoʻr boʻladi! Yoki paxta ekish kerakmi, paxta maydonlari kamayib yogʻlarimiz koʻtarildi! Va shovvozlarimizni anavi oʻquvsiz yoki pulga sotiladigan sudiyalarimizni shu maydonda ishlatish kerak!
"Bolalarda ayb yo'q" haqiqatda jamoamiz aniq taktik jihatdan yutqazdi. O'yinchilar erkin o'ynamadi. Bu murabbiyni mag'lubiyati.
Xamma yoq korrupsiya botqogiga botgan. Mana tanish bilishchilikni oqibati. Xokimlar o'zini qarindosh urug'larini futbolga tiqib olgan. Bir tiyinga qimmat jiyanlarini.. Vazirlikda xam shu axvolll. Xamma yoq tanish bilish...
Mana oqibati
O'tgan kuni Alisher Qodirov chiqib "saviyasiz o'qituvchilarga ko'p oylik berayabmiz" deb jar solgandi, ko'p oylik bersa nega o'qituvchilar futbolchilardek shohona yashamayapti? Undan ko'ra futbolga qancha mablag' ketyabdi, uning puliga nechta maktab, bog'cha qurish kumkin, shular haqida gapirsa yaxshi bo'lardi.
Samatova Gulhayo
Tòģri futbolga sarflayotga pullarni ta‘limga sarflash kk .
Show next 100 comments