This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Тарихдаги энг шармандали натижа

Ўзбекистон ўз тарихида биринчи марта Жаҳон чемпионати саралашининг ушбу босқичида қолиб кетмоқда. Илгари ҳар доим бу босқичдан ўтган эдик. Қолганлар юксалиш сари қадам ташласа, биз аксинча кундан-кун ботқоққа ботиб кетаверамиз.

Бир ҳисобдан шарманда мураббий Абрамов бошчилигидаги терма жамоа йигитларига катта раҳмат, бизни 1 йил асаббузарликлардан асраб қолди. Барака топинглар, бутун халқни ўйлайдиган жонкуяр футболчилар асли шунақа бўлиши керак.

Яна ва яна қайтараман: бюджетдан футбол учун сарфланадиган бебилиска пуллар, профессионал футбол клубларга бериладиган юз миллиардлаб маблағларга рози эмасман, бизнинг футбол шунчаки текинхўрлар маконига айланиб қолган. Ундан кўра, шу пулларни мактаб қуришга сарфласак, миллат келажаги учун кўпроқ фойда бўларди.


👉 @xushnudbek 👈

1396 comments

Show 100 more comments
Bu dumbullar O'zbekistonga qanday qilib bosh ko'tarib keladi bu tekin xo'rlar bularni hammasiga mol boqtirish kk shunda sal foydaliroq ish qilgan bo'ladi
Anau murabbiy degan dalbayo'bdi bo'sa otish kk Qisqa qilib aytganda uzb laga futbol kkmas
Futbolchilarni bo'yniga omoch taqib dalada yer haydatish kerak. Sharmandalar Turnir boshida Falastinga yutqazib qo'ygandi. Agar o'sha payti yutganda chiqardik hozir keyingi bosqichga. Sal insof ham kerakda, futbolchilar!
Assalomu aleykum avvalam bor futbolchilarni barini ishdan bo‘shatish kerak joyiga Viloyat Tumanlardan saralab olish k.k tantlilar bor O‘zbekiston fuqarolari ichida
elzodbek alijonov
Hamma nima sababdan negativ qaredi tashqaridan fikr bildirish juda osson biz qancha pul sarflemizu boshqalar qancha pul sarflashini ham hisobini olish kerak fudbolchilar ham yutqazamiz deb tushmediyu o'yiniga
Durdona
Toppa togri futbolda korrupsiya avj olgan
Balkim shunday qilish kerakdir. Juda ko‘p talantli o‘z kuchiga ega 90 minut yugurgani kuchi yetadigan yigitlar qishloqda dehqonchilik qilyapti yoki qurilishda ishlayapti. Shu yigitlarga 5 mln oylik berib futbol o'ynatish kerak . Milliy terma jamoani qurilishda ishlatish kerak deb o'ylayman. Afsuski bizni futbolchilari 9 yil o'qigan shifokordan ko'ra ko'proq oylik oladi byudjet pullarini boshqa hisob kitob qilib ko'rish kerak......
Durdona
Harakat qiliw kk edi
тупни айрим томашабинларга берганда хам бунака шармандали холат бумасди
Mansurovna X.
E qoyile bu to'g'ri fikr bo'ldi aynan fudbolga sarflanadigan pulni maktab qurilishiga sarflash kerak, anu o'zini miyasi bilan urishgan deputat Alisher Qodirov esa o'qituvchilarga yopishgandi, doim kallasidan bemaza fikr chiqadi. E tovba biror marta xalqni o'ylaydigan fikr aytmaganda saroy xizmatkori
O'qituvchilarni saviyasiz degan maxluq gapirsin fudbol haqidayam.
Shu pullarga men ham rozi emasman. Shu pullar ta'limga sarflanganda edi ehhhhh
UZBEK
Мен Хушнидбек акамиз билан
Канака боглансам булади
Билганлар айтиворинглар
Хушнудбек Атамуратов
Ўзбекистон хеч қачон ўз кучи билан бирон бир яхши натижа кўрсатолмайди. Бу футболчидар ўрганиб қолишган келишилган ўйинларда ўйнайвериб. Хақиқий куч синаладиган жойда минг хохласаям ютолмайди. Ўзбек футболида СИСТЕМА жудаям бузуқ уни тўғирлаш эса жуда жуда мураккаб жараён.
Odil ahmedovni himoyaga emas tarkibga tushurmaslik kerak edi qariya chichib qo'ydi doston hamdamov nega asosiy tarkibida emas hamma ayb murabbiyda bo'ldi tarkib umuman the best
Mawaripov kunta
Shahzod
Sardor Rashidov keragiydi ushbu oyinga Abramov tanlagan fudbolchilarni Mahallaga Mahalla oynatish kere bitta Masharipov bilan Shomurodov nima qb beroladi😠😠
Эссиз халкни пули буларга одил зотеев нима кк эди бу таркибда, тешиб чиксин
O'zbekiston jahon chempionatida o'ynaganini ko'rish nasib qilarmikin😑😑
Shahzod
Chap tomon himoyada oyniydigan Ibrohim Halil Kim osha bolani vawwe yoq qvorish kere umuman uwab berolmadi
Камолиддин
Фойдаси йук бизда жамоваий спорт тури ривожоанмаган. Ривожланиши хам жуда кийин буляпти.
Show next 100 comments