Тарихдаги энг шармандали натижаЎзбекистон ўз тарихида биринчи марта Жаҳон чемпионати саралашининг ушбу босқичида қолиб кетмоқда. Илгари ҳар доим бу босқичдан ўтган эдик. Қолганлар юксалиш сари қадам ташласа, биз аксинча кундан-кун ботқоққа ботиб кетаверамиз.
Бир ҳисобдан шарманда мураббий Абрамов бошчилигидаги терма жамоа йигитларига катта раҳмат, бизни 1 йил асаббузарликлардан асраб қолди. Барака топинглар, бутун халқни ўйлайдиган жонкуяр футболчилар асли шунақа бўлиши керак.
Яна ва яна қайтараман: бюджетдан футбол учун сарфланадиган бебилиска пуллар, профессионал футбол клубларга бериладиган юз миллиардлаб маблағларга рози эмасман, бизнинг футбол шунчаки текинхўрлар маконига айланиб қолган. Ундан кўра, шу пулларни мактаб қуришга сарфласак, миллат келажаги учун кўпроқ фойда бўларди.
👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek aka o'zizni ishizni qilsangiz bo'lmaydimi? Boshqa sohaga aralashib nima qilasiz? Yoki shunaqa vakolatingiz bormi? Bor bo'lsa, uzr. Lekin hozir kommentariya qoldirayotgan hammani bunaqa vakolati bo'lmasa kerak. Futbolchilar silarni ishilarga aralashayotgani yo'qku.
Haqiqiy muxlis ekansiz, kerak bo'lsa yana kuting siz aytgandaqa natija bo'lishini. Kommentariyalarda o'zicha ularni lan'atlayotganlar xudodan qo'rqilar. Futbolchilar ham ishim, oilam, orqamdagilar deb tushayotgandir maydonga. Nima qilsin taqdir ekan. Chetdan gapirish doim oson. O'ziz qo'lizdan kelsa, qani tushib bir tomosha ko'rstib beringchi!
Yoshligim umidini oqlamagan "milliy terma jamoa". Futbolga koʻrishga seni deb qiziqqanman. Yoshligimdagi zavqim eding '' milliy terma jamoa". Bir zina koʻtarib, 10 zina pastga otarding. Yoshligim tufayli kechirganman bularni. 8 yil oldin hafsalam pir boʻlib, qoʻlimni qoʻltigʻimga urib boshqa oʻyiningni koʻrmayman dedim. Suf senga dedim. Men sen haqingda koʻp oʻyladim. Taqdiringni oʻzimniki deb oʻyladim. Sen-chi, sen nimani oʻylaganding? Futboldan boshqa narsa haqida oʻylading, xoʻp oʻylading.
Yurakka yetgan ekansan, oʻyiningni koʻrmayman dedim koʻrmadim, lekin oʻqidim. Oʻyining haqida oʻqidim. Guruhdan chiqish uchun murakkab matematik amallar qilib nima qilishingni hisoblab berishdi. Yagona yoʻli gʻalaba ekan. Durrang boʻlsa yana bir dunyo hisob-kitob. Mening tajribam aytdiki qiyin, juda qiyin. Chunki gʻalabadan boshqasini eplaysan. Natija nima boʻldi 3:0 mi? Yaxshi ham oʻyiningni koʻrmadim. Sharafsizlar.. sizlarni shunday deb atayman bir gala sharafsizlar. Ha yana sizlar tufayli futbolga qiziqishim oʻldi.
Xushnud aka bilan boglanmoqchi edimda shunga kim biladi telegramdagi akkauntlarini
Bilsaizlar yozvoringlar iltimos
Yoki bu kamentni Xushnud akani ozi oqirmikin....
Iltimos oldindan rahmat kattakon