This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Тарихдаги энг шармандали натижа

Ўзбекистон ўз тарихида биринчи марта Жаҳон чемпионати саралашининг ушбу босқичида қолиб кетмоқда. Илгари ҳар доим бу босқичдан ўтган эдик. Қолганлар юксалиш сари қадам ташласа, биз аксинча кундан-кун ботқоққа ботиб кетаверамиз.

Бир ҳисобдан шарманда мураббий Абрамов бошчилигидаги терма жамоа йигитларига катта раҳмат, бизни 1 йил асаббузарликлардан асраб қолди. Барака топинглар, бутун халқни ўйлайдиган жонкуяр футболчилар асли шунақа бўлиши керак.

Яна ва яна қайтараман: бюджетдан футбол учун сарфланадиган бебилиска пуллар, профессионал футбол клубларга бериладиган юз миллиардлаб маблағларга рози эмасман, бизнинг футбол шунчаки текинхўрлар маконига айланиб қолган. Ундан кўра, шу пулларни мактаб қуришга сарфласак, миллат келажаги учун кўпроқ фойда бўларди.


👉 @xushnudbek 👈

1396 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum.
Futbolchilarimiz jahon chempionatiga chiqishi uchun korrupsiyani yoʻqotish kerak. Masalan meni bir oʻrtogʻimni akasi terma jamoadagi oʻyinchilardan 1000 marta yaxshi oʻynaydi. Pulini toʻlolmagani uchun jamoaga olishmagan. Kerakmas bizga bunday futbol. Korrupsiya haqida faqat ogʻiz toʻldirib gapirmasdan amaldagi ishlarni boshlash kerak. Birinchi navbatda tepadan boshlab kelish kerak. Hozir bir-ikki kichkina poraxoʻrlarni ushlab ishlar qilinyapti deyilyapti. Lekin haqiqiy poraxoʻrlar tepada xalqni talayapti. Xirmon olganmas hovuchlab olgan jinoyatchi boʻlib qolyapti bu yerda.
Ee yana aytaman kerakmas bunaqa futbol. Yoʻqotish kerak. Undan koʻra taʼlimga sarflanglar pulni bir ahvolda boʻlib yotipdiyu taʼlim tizimi.
assalom alaykum hammaga bizni hozir faqat va faqat ilm fan rivojlantiradi. fudbol emas. mashhur qilishi mumkin lekin ilm fanchalik hech qaysi kasb mi sport turimi rivojlantirolmaydi🙄🙄🙄
Biz albatta chiqamiz deyishgandi🤪
Bu futbol tarkibini vashshi almashtirish kerak yaxshilarini zaxirada ushlamay
Qo'shmonov Abdulla
Assalom alaykum Xushnud aka boshqa masalada yozyapman institutda ichki perevod boyicha malumot bering iltimos
MuxsiN
To‘ppa to‘g‘ri gapingiz!
Сохиба Туйлиева
Юкорида келтирилган фикрларга кушиламан, узим укитувчиман укувчимиз биз кутган натижани бермаса виждоним кийналиб, олган маошимни халолладимми деб уйлайман (гарчи футболчтлардек КАТТА маош олмасакда). Нахотки тренерларларни, колаверса футболистларни виждони элини, халкини ишончини оклолмананлиги учун кийналмаса. Хушнудбекни фикрига 100% кушиламан, КАТТА маблагни майли мактаб курилиши учун эмас, мактабларимизни таъмири учун сарфлайлик
Ra’no Eshboyevna
Haqiqatdan ham O’zbekiston futboli faqat insonlarni yani muxlislarni asabiylashtiradi. Chunki tanish- bilishchilik sportga ham allaqachon kirib bo’lgan. Futboldan voz kechish kerak
Abror Khodja
Хақ гап - текинхурлар макони 👏👏👏 халқни катта қисми футболга ажратилаётган жарағ жарағ пулга рози эмас, шарманадгарчилик.
Ra’no Eshboyevna
Futbolga ajratilayotgan pullarni jigar,buyrak va onkologik kasallikdan davolanishga qiynalayotgan oilalar bolalariga ajratish kerak!!! Ana shunda haqiqat bo’ladi.
Алиқул Рахмонов
Хаттоки жон койитишга хам арзимайди. Федерацияни тугатиб, бутун тизимни таркатиб юбориш керак. Одамлар у́йламасинам, кайгурмасинам.
ТАНИКЛИ АДИБИМИЗ ОЛЛОХИМ РАХМАТ КИЛСИН ТОХИР МАЛИК АЙТГАНИДЕК БУ ДУМБУЛ ФУТБОЛЧИЛАРНИ БОШИГА ОМОЧ КИЙДИРИБ ДАЛАГА ХАЙДАБ ЕР ХАЙДАШ КЕРАК
Ўқитувчидан ойликни қайтиб оладику ёки нотўғри тўланди деб қайтиб тўлатадику нимага футболга индамайди .буджет талонтарож қилиняпти футбол деб.
Футболдаям боксдагидай ютқазган мушт еса ютқазмайди кейин.
Футболда ютқазса биров гапирмайди бировдам мушт емайди ёки тўламайди олгам ойлигини .Ундай булгандан кейин улар ютқазишдан қўрқмайдида.нима қизиғи бор натижани.барбир бир тийинигача пулини оляптику.
Sherzod Xursanov
Biz albatta chiqamiz deyishgandi🤪 Bu futbol tarkibini vashshi almashtirish kerak yaxshilarini zaxirada ushlamay
Яхшилари қишлоқларда лой тепиб ариқ қазиб ишлаб юрипти ока . Захирада қанай яхши бор ким яхши ҳамма катта конларни боласику.
Rosa qiynalibsiza Xushnud aka,men tenisga uncha qiziqmimanda,bumasam dardizga sherik bulardim...
"@Xushnudbek.uz kechirasizkuu !!
Lekin futbolchilarimiz yaxshi harakat qilishdi birozgina omad yetishmadi!!"

Desam katta xato qilgan bo'laman!
Bizdan futbolchilar chiqmaydi undan kora ta'limga sarflsak bizda katta katta insonlar yetishib chiqadi!!

Shu pulni 0,25 % ini menga sarflagan bolganlarinda men hozir Uzb ga kattainvestitsiya olib kirgan bolardim!!
Hozir ham kech emas bir o'ylab ko'ringlar!!!
Qishloqlarda futbolni sevadigan kecha-yu kunduz kerak bòlsa oynashga tayyor bolalar bor jonu dili bilan futbolni sevadiganlarni yòlidan qaytarishadi futbolchi bòlish uchun katta pul kerak bizda esa uncha pul yòq qoy yaxshisi shu futbolni senga emas deb bot bot bolaga uqtirishadi meni fikrimcha maktabdagi futbolni sevadigan bolalarni yaxshilab saralab eng zòrini olib ularni xuddi maktab singari bepul shuģullantirish kerak man ishonaman ular bln shuģullanishsa albatta zòr òynashadi
2-maktab Sh.Rahmonova
Ana shunday natijasi yoʻq, sharmandali futbol nimaga va kimga kerak??? Axir nima uchun bularga mablagʻ ajratiladi, undan koʻra foydasi tegadigan sohalarni , masalan sogʻliqni saqlash, taʼlim sohalaridagi muammolarni hal qilish kerak bu pullarga. Essiz, essiz..
Futbolga pul ajratish kerak!Lekin bu mablag'larni ishonchli, ishini haqiqiy ustalariga berish lozim.Bizni futbolni yuqoridan torib quyi bog'ingacha futbolni f harfini bilmaydigan insonlar boshqaradi.
Ayni xaqiqat so'zlar
Fudbolga ajratilayotgan pullarni chorak qismini maktab uchun sarflansa kelajakda shu yoshlar ulardan ko'ra jamiyatga nafi tegadi.Essiz shuncha sarf xarajat.Maktabda bolalarimiz siniq stul sovuq xonada bilim olyapti
Show next 80 comments