Қўшни давлатларда масофавий таълимда ўқиётганларнинг ўқишини кўчириш юзасидан

Кеча Бош вазир ўринбосари Беҳзод Мусаев бошчилигидаги анжуманда кўпчилик сўраётган яна бир масала бўйича савол бердим.

Қўшни давлатлардаги ОТМларда масофавий асосда ўқишини кўчириш учун ариза берган талабалар тақдири бироз ҳавода осилиб қолгандек гўё. Кимдир ўқишни кўчиришга рухсат деса, яна кимдир Давлат қабул комиссияси баённомасида рухсат берилмаган, шунинг учун иложи йўқ дейди.

Бу мавҳумлик ортидан минглаб талабалар нима қилишини била олмаяпти.

Ушбу масалага жавоб берган Олий ва ўрта махсус таълими вазири Иномжон Мажидовнинг айтишича, қўшни давлатлардаги ОТМларда масофавий таълим олаётган талабаларни ўқишини кўчиришга тўсқинлик йўқ, бу ҳақда ОТМларга ҳам тегишли кўрсатма берилган.

Аммо бу ерда бир жиҳати муҳим. Муаммо шундаки, қўшни давлатлардан ўқишни кўчириш акцияси эълон қилингач, ушбу қулай вазиятдан фойдаланиб қолиш истагида бўлган "олғирлар" сохта ҳужжатлар тайёрлашга тушиб кетишган. «Натижада қўшни давлатда ўқияпман» дейдиганлар сони кутилмаганда кескин ошиб кетган. Бу ҳолат айниқса масофавий таълим шакли билан кузатилган (чунки бу шаклда сохта ҳужжат қилиш бирмунча осонроқда).

Шунинг учун, масофавий таълимда ўқиётган талабаларнинг маълумотномаларининг ҳақиқийлигини текшириш, уларни ҳақиқатда қўшни давлатга ҳеч бўлмаса бир марта бўлса-да, борган ёки бормаганини аниқлаштириш учун жараён бирмунча чўзилиб кетган.

«Агар ҳақиқатдан масофавий таълимда ўқиганлиги тўлиқ исботланган тақдирда уларнинг ўқишини кўчириш ва Ўзбекистонда талабаликка қабул қилиш бўйича ҳеч қандай муаммо йўқ», - дея таъкидлади Олий ва ўрта махсус таълим вазири.

Йиғилишда ушбу масала кўпчиликни ўйлантираётгани сабабли вазирлик расмий саҳифаларида бу бўйича батафсил тушунтириш беришларини илтимос қилдим. Вазирлик тез орада ана шундай расмий тушунтириш беришга ваъда қилди.


👉 @xushnudbek 👈

198 comments

Show 100 more comments
Men muxokamani yomon ko'raman, ammo kelajagimizdan qayg'urib yozdim.

Qirg'zistonning qaysidir Oliy ta'lim muassasasi "matematika" fakultetidan o'qishini O'zbekistonga ko'chirayotgan talabaga karra jadvalidan savol berdim. O'ylanib qoldi. Javob yo'q. Bu qanaqasi? Bo'lg'usi igliz tili mutaxassisi esa ingliz tilidan oddiy grammatik savolga javob bera olmadi....
Bundaylar juda ko'p. Son ko'p, sifat yo'q
☘
Men muxokamani yomon ko'raman, ammo kelajagimizdan qayg'urib yozdim. Qirg'zistonning qaysidir Oliy ta'lim muassasasi "matematika" fakultetidan o'qishini O'zbekistonga ko'chirayotgan talabaga karra jadvalidan savol berdim. O'ylanib qoldi. Javob yo'q. Bu qanaqasi? Bo'lg'usi igliz tili mutaxassisi esa ingliz tilidan oddiy grammatik savolga javob bera olmadi.... Bundaylar juda ko'p. Son ko'p, sifat yo'q
Xar kim o'z qarichi bilan o'lchaydi. Besh qo'l barobar emas kuni axir. Shaxsan o'zim imtihon bilan grandga kirdim. To'g'ri o'qishga kirish osondur lekin o'qish qiyin u yerda. 3 yildan beri ta'lim olayotgandim domlalarning bir marta pul so'raganiga guvoh bo'lganim yo'q. Bizda esa bor bu narsa afsuski. Siz bilmasdan gapirmang xech narsani bilmagan talaba bizda topilmaydi deb o'ylaysizmi? Albatta topiladi. Shaxsan o'zim askiya e'lon qilinganidan keyin xam perevod qilish niyatim yo'q lekin ota onamizni o'ylab o'z vatanimda o'qiyman deb keldim. Kelganimga esa ming bor afsus qilyapman chunki qog'ozbozlik xali xam davom etyapti (siyosatga aralashish niyatim yo'q). Oddiy qabul qilish jarayonida qabul komissiyasi xodimini xatosini deb mana farmoyishim noto'g'ri chiqib ketgan. Endi esa xal qilib beringlar deb murojaat qilsam unisini bunga bor deydi bunisi unga bor deydi. Afsuski muomoyim xal bo'lmayapti bir oydan beri bir xafta bo'ldi vazirlikga xam ariza yozdim ming afsus javob yo'q. Meni esa bo'ladi deb shartnoma pulini to'latishdi raznitsalardan chiqqan fanlarni xam yopdim endi esa sizni qabul qilolmaymiz qaytib ketsanggiz bo'ladimi deyishyapti. Xo'sh nima qilishim kerak endi? Aytingchi?
Роза Руслановна
Ну у нас была заочно сокращённая форма обучения в нашем Университете сказали что отправили запрос в Казахстан значит я могу уже писать заявление о переводе учебы?
1- kursni chet elda òqib tugatdim. 2-kursda oilaviy sharoitim tufayli akademik ta'til oldim. 1yillik ta'tilim 2020-yil 1-sentyabrda tugashi kerak edi. Lekin mart oyida e'lon qilingan aksiyani eshitib òqishni kòchirish uchun mart oyida chet eldan hujjatlarimni olib keldim.(transkript, shu yerda haqiqatdan òqigan, rus tili fakultetiga tushirilsin degan ma'lumotnoma, hamda diplom va boshqa shaxsiy hujjatlar). Òzbekistonga J.D.P
I.ga hujjatlarimni taqdim etdim. J.D.P.I. esa akademik ta'tiling tugamaganligi sababli òqishga qabul qila olmaymiz deyishdi. Sentyabr oyida akademik ta'tilim tugashini hamda tugagandan sòng chet eldan sentyabr oyida òqishdan chiqib ketdi degan hujjat olib kelishimni, shundan sòng òqishga qabul qilinishimni ma'lum qilishdi. Lekin afsuski karantin sababli bora olmadim. Yordam bering. Qanday yòl tutay @-mail yoki birorta internet xizmatlari, saytlar orqalimi chetdan Òzbekistonga bu hujjatni topshirish yoki boshqa yòllari ham bormi? Iltimos birorta tel nomerlarizni berolmaysizmi shu masalalarni hal qilgani. Iltimos yordam bering.🙏🙏🙏
Тураева Р. Р.
Men ishlaydigan maktabda Tojikistonga rus tiliga topshirgan bittasi bor. Bilim nool rus tilida salom so'zini xam aksent bilan aytadi xatto, shu xam o'qishini O'zbekistonga ko'chirdi QOYIL qoldim. Xaqiqat qolmabdi, biz qancha mashaqqat bn tayyorlanib, qiynalib o'qishga kirganmiz. Menimcha biz ishni ko'zini bilmagan bo'lsak kerak. Shu o'qishini ko'chirgan kundan beri o'z kasbimga bo'lgan xurmatim qolmadi, bu qarorni chiqarganlar bolalari o'qishga kirolmay Tojikiston yoki shunga o'xshash davlatga pul bn o'qishga topshirib kirganlar bo'lsa kk! ESSIZ...
Xushnud aka salomaleykum 1 ta savolim bor edi, 5 yil stajga ega bulgan davlat xodimlariga tavsiyanoma bilan uqishga kirish bormi shuyil, utgan yil ham bor edi shuyil bormi
Тураева Р. Р.
Men ishlaydigan maktabda Tojikistonga rus tiliga topshirgan bittasi bor. Bilim nool rus tilida salom so'zini xam aksent bilan aytadi xatto, shu xam o'qishini O'zbekistonga ko'chirdi QOYIL qoldim. Xaqiqat qolmabdi, biz qancha mashaqqat bn tayyorlanib, qiynalib o'qishga kirganmiz. Menimcha biz ishni ko'zini bilmagan bo'lsak kerak. Shu o'qishini ko'chirgan kundan beri o'z kasbimga bo'lgan xurmatim qolmadi, bu qarorni chiqarganlar bolalari o'qishga kirolmay Tojikiston yoki shunga o'xshash davlatga pul bn o'qishga topshirib kirganlar bo'lsa kk! ESSIZ...
Siz qo'shni davlatlarda o'qiganlarga oson tutmen u yerni ham o'z qonun qoidalari bor qiyn ekzamenlar topshirolmasez yana qayta topshirish uchun katta pul beriladi. U yerlarda o'qib yurganlarga oson bo'lmagan tinme ota onasini mexrini sog'inganlar bor. Siz bilmesiz u yerda o'zbeklarni bir tiynga ilmediganlari bor o'shanda ham o'zbeklar kuchli sabrli hammasini ichiga yutib sabr qilib yashadi. Yana oddiy ish so'rab borsa o'sha yurtlarda, o'zbekligini bilib oylikni kamaytirib berediganlari bor. Qo'shni davlatlarda osonmas. Allohim o'sha studentlarni har bittasini qiynalganini, ko'zidan yosh oqganini, mexrga zor bo'lganini, dili og'riganini va och qolganini ko'rgan. Shuni uchun ularga o'zi yordam bergan.
............
Qanqingi adolat bu hamma oʻzimizda qiynalib repititorga tayyorlanib oʻqishga kirsayu bular esa faqat pul evaziga bir yil oʻqib Oʻzbekistonga perevod qilsa bu notoʻgʻri oʻzi perevod qiluvchilarni dtm maxsus testidan oʻtkazish kerak marhamat shu testdan oʻtgani oʻqiyversin
Siz qo'shni davlatlarda o'qiganlarga oson tutmen u yerni ham o'z qonun qoidalari bor qiyn ekzamenlar topshirolmasez yana qayta topshirish uchun katta pul beriladi. U yerlarda o'qib yurganlarga oson bo'lmagan tinme ota onasini mexrini sog'inganlar bor. Siz bilmesiz u yerda o'zbeklarni bir tiynga ilmediganlari bor o'shanda ham o'zbeklar kuchli sabrli hammasini ichiga yutib sabr qilib yashadi. Yana oddiy ish so'rab borsa o'sha yurtlarda, o'zbekligini bilib oylikni kamaytirib berediganlari bor. Qo'shni davlatlarda osonmas. Allohim o'sha studentlarni har bittasini qiynalganini, ko'zidan yosh oqganini, mexrga zor bo'lganini, dili og'riganini va och qolganini ko'rgan. Shuni uchun ularga o'zi yordam bergan.
Xushnud aka asalomakeykum men tusur unversitetida masofaviy tarzda uqiyman uqishimni kuchirib buladimi
Assalom alekom qadrli vatandoshlar men Sirdaryo viloyatida beton zavotta glavni bugalter bo'lib ishliman, malumotim o'rta maxsus Xushnudbek aka yoki bilganlardan iltimos savolim bor
Men ingliz tilini bilmiman uzbda iqtisodiyot yoki moliyaga kirishim qiyin shuning uchun bu yil birorta qo‘shni davlatga o‘qishga topshirib o‘zbekistonga ko‘chirib olib kela olamanmi
Men uchun juda muhim bu iltimos aniq ishonchli maslahat bering
Nega faqat qoshni davlatlar
Россиядан перевод килса болмидими
Деб факат савол бериб утиб кетамиз
Жавобини хеч ким билмиди барбир
Хеч кимни иши ек
╰☆☆ 🇺🇿Asqarov 🇺🇿╰☆☆
Xushnudbek sizga savolim bor edi siz bilan qanday bog‘lansa bo‘ladi?
Mohitabonim*
Maxsus sirtqi shakli tashkil etildimi kim biladi
_____KraS S.a a.a.V chiK_____
Salom hammaga.O'tgan yili qozog'istonga o'qishga borgan tanishlarimni hammasi O'zbekistonga karantin sababli oson ko'chirishdi.Bu yil ham shunaqa bo'larmikin kim biladi?
Meni qizim Qozog‘istonda Muxtor Avezov nomidagi oliygohning informatika bo‘limida o‘qiydi 2-kursdan O‘zbekistonga perivod qilmoqchi edik shuni tartibini tushunririb bersangiz.Unga ham imtixon topshiriladimi? Faqat sirtqiga pervod qilish kerakmi yoki kunduzgiga ham bo‘ladimi? Ikkinchi savolim bu yilgi imtixonlarga ham oliygohga kirish uchun hujjat topshirib imtixonlarda qatnashsa bo‘ladimi? Yoki Qozog‘istonda o‘qiyotgani uchun mumkin emasmi? Iltimos shu savolga javob bersangizlar... Javob uchun oldindan raxmat.
Show next 5 comments