Диплом серияси ва рақами чиқмаган битирувчилар нима қилади?

Жорий йилда бакалавр босқичини битирганлар учун диплом ва унинг иловасини электрон вариантда юклаб олиш учун https://diplom.edu.uz сайти ишга туширилган эди.

Аммо кўплаб битирувчилар мазкур платформадан юклаб олган дипломларида серия ва рақам йўқлигини, натижада эса магистратурага ҳужжат топшира олмаётганини таъкидлашмоқда. Сабаби http://magistr.edu.uz платформаси орқали онлайн рўйхатдан ўтаётганда диплом серияси ва рақамини ҳам киритиш керак бўлади.

Ушбу масалада Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги вакили билан боғландим ва унинг маълум қилишича, ушбу муаммо ўз ечимини топган. Яъни жорий йилда ўқишни тугатганлар магистратура учун онлайн рўйхатдан ўтаётганда диплом серия ва рақамини киритиши шарт бўлмайди, бу маълумот тизимда автоматик кўринади. Ушбу янгилик фақат жорий йилда битирганларга тааллуқли, аввалги йилларда ўқишни тугатганлар диплом серияси ва рақамини ўзи киритиши керак.

Шунингдек, айрим ОТМлар ҳақиқатдан барча битирувчи талабалари учун диплом серия ва рақамини базага киритиб чиқмагани, лекин бугун/эрта ушбу жараён тўлиқ ўз якунига етишини таъкидлашди.

❗️Агар қайсидир битирувчига дипломнинг асли керак бўлиб қолса (масалан, хориждаги ОТМга ҳужжат топшириш учун), унда буни ОТМдан олиши мумкин, бунинг учун маъмуриятга мурожаат қилиши керак бўлади.


👉 @xushnudbek 👈

420 comments

Show 100 more comments
Salom Xushnud aka.Xabaringiz bor o‘qishni ko‘chirish uchun 15 iyulda transfer edu uz sayti yaratildi.Lekin yaratilgandan buyon sayt yaxshi ishlamayapti, juda ko‘plab muommolar bo‘lmoqda.Shu masalada ijobiy yordam beraolasizmi? Raxmat.
Assalomu aleykum Doimiy yashash joyida faqat viloyatlarni ko'rsatyapti? Biz shahrida yashasek, imtixonni viloyatga borib topshiramizmi?
Kimda Kim magistrga topshirishda muammoga duch kelayotgan bolsa menga murojaat qiling
Shuningdek oqishni kochirish boyicha xam
Diplom seriyasi ilovada berilyapti lekin.

Ikkinchi mutaxasislikka topshirish qay tartibda bo'ladi biladiganlar yozib yuboringlar.
Kimda Kim magistrga topshirishda muammoga duch kelayotgan bolsa menga murojaat qiling
Shuningdek oqishni kochirish boyicha xam
𝑴𝒖𝒔𝒖𝒓𝒎𝒐𝒏𝒐𝒗 𝑫𝒊𝒍𝒙𝒖𝒔𝒉
Lekin men magistrga hujjat topwirdim seria nomer kiritdim. 2020yili yani shu yil bitirdim o'qishni .aytmoqchimanki joriy yil bitiruvchilaridan ham seria nomer kiritish talab etilayabdiku.xabarda esa automatic ravishda bazaga kiritilgan deyilgan.
Yordam berishmayaptida uje bugun 6-kun. Karantin ular ham masofadan ishlashyaptikan. Boray desam Andijon qayoqdayu Nukus qayoqda
SHAXLO
Diplom ilovam ikkita varoq lekin pdf qilib bittada kiritish kerak qanday qildizla kiritganla bomi
Сканер киладиган лист тугагунча хар бир листга далее ни босасиз ва хамма листингиз битта pdf да чикади.
Mana shu magistratura yunalishi oqsamoqda bu yil-ku majburan onlayn xujjat qabul qilmoqda shunda xam chinovniklar jim utirishmasda shunaqa uyinlarni boshlabdida, utgan yili ochiqdan ochiq qabul qilmaslik holatlari kuzatilgandi va shu kanalda maqola xam elon qilingandi. Nima sababdan hujjat topshirishdan tortib imtihongacha imtixon jarayoni,(imtihon natijalari) faqat yopiq xolda amalga oshirilmoqda, ushbu yunalishga jamoatchilik nazoratini kuchaytirish kerak. Bakalavr yunalishidek qattiq jamoatchilik nazorati ostida bulishi shart deb xisoblayman.
Магистратурага кабул 30 гачами?
Mendayam zo'r ishlayapti. Passport nusxasi va reyting daftarchasi nusxasini joylashga shunday rasmga olib joyladizmi
Shohrux...
Magistraturaga kirish imtihonlari qanday oʻtkaziladi, kimdir bilsa aytila Iltimos????
Kimda Kim magistrga topshirishda muammoga duch kelayotgan bolsa menga murojaat qiling
Shuningdek oqishni kochirish boyicha xam
magistratura imtihonlari qanaqa tartibda bo'lib o'tadi? kim biladi?
Show next 100 comments