Диплом серияси ва рақами чиқмаган битирувчилар нима қилади?

Жорий йилда бакалавр босқичини битирганлар учун диплом ва унинг иловасини электрон вариантда юклаб олиш учун https://diplom.edu.uz сайти ишга туширилган эди.

Аммо кўплаб битирувчилар мазкур платформадан юклаб олган дипломларида серия ва рақам йўқлигини, натижада эса магистратурага ҳужжат топшира олмаётганини таъкидлашмоқда. Сабаби http://magistr.edu.uz платформаси орқали онлайн рўйхатдан ўтаётганда диплом серияси ва рақамини ҳам киритиш керак бўлади.

Ушбу масалада Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги вакили билан боғландим ва унинг маълум қилишича, ушбу муаммо ўз ечимини топган. Яъни жорий йилда ўқишни тугатганлар магистратура учун онлайн рўйхатдан ўтаётганда диплом серия ва рақамини киритиши шарт бўлмайди, бу маълумот тизимда автоматик кўринади. Ушбу янгилик фақат жорий йилда битирганларга тааллуқли, аввалги йилларда ўқишни тугатганлар диплом серияси ва рақамини ўзи киритиши керак.

Шунингдек, айрим ОТМлар ҳақиқатдан барча битирувчи талабалари учун диплом серия ва рақамини базага киритиб чиқмагани, лекин бугун/эрта ушбу жараён тўлиқ ўз якунига етишини таъкидлашди.

❗️Агар қайсидир битирувчига дипломнинг асли керак бўлиб қолса (масалан, хориждаги ОТМга ҳужжат топшириш учун), унда буни ОТМдан олиши мумкин, бунинг учун маъмуриятга мурожаат қилиши керак бўлади.


👉 @xushnudbek 👈

420 comments

Show 100 more comments
Yashasin O'zbekiston
🤩BOZOROVA O'G'ILOY🤩
Diplom raqamiga qaysi nomerni kiritdizla . Diplomdagi raqamnimi yo ilovadaginimi kim bilsa aytvorsin.
hamma xatolik hujjat topshirayotgan abiturentni o`zida o`tgan yili OTMlarni o`zida topshirilganda ham <<Qabul>>da turgan hodimlar huddi shu tartibda online hujjat topshirishgan ularda hatolik bo`lmagan
Assalamu alekum man shu yil tugatib online diplom oldik va magistraturaga hujjat ham topshirdim seriyalar va diplom raqamalari mavjuda ular diplom seriyasi ilovada raqam esa diplomning uzida ekan
Ilovada masalan
B 00001439 seriya
Diplom raqam esa
24580 shu kurinishda kiritilgan tuwunmovchilik shundan chiqayopti manimcha
Shu taqlidda hujjat topirwa bular ekan
OTMlardagi yònalish nomlari bir xil bòlsa mutaxassislik bir xil bòladimi yoki boshqacha bòlishi ham mumkinmi, masalan BuxDU ning Iqtisodiyot va Turizm fakultetini ,,Mehmonxona xo'jaligini tashkil etish va boshqarish,, yònalishini shu yil bitirdim, diplomga ,, mehmonxona menejeri,, yozilga lekin TDIU(noxoz)dagi xuddi shu yònalishga,, mehmonxona menejeri, iqtisodchi,, deb yozilgan. Shunday bòlishi ham mumkinmi?
shunaqa bòlishi qonunan tòģrimi, bir xil yònalishlar maqomlari har xil, sabab nima?
Hozir ham magist.edu da seriya nomeri so‘rayapdi nima qilish kerak
Zulfira No'monova
Magistraturaga umuman hujjat topshirib bo'lmayapti. Ta'lim shakli:kunduzgi ni tanlagandan keyin qotib qolyapti kompyuterda ham. Bir haftadan beri topshira olmayapmiz. Oliy ta'lim vazirligi telefonini ko'tarmayapti. Botda tayinli javob berishmayapti. Ko'pchilikda shu muammo bo'lyapti. Xushnud aka, yordam bering shunga, iltimos. Tizimini yaxshilab qo'yishsin, vaqt tugashiga oz qolyapti
Nima uchun magistratura buxoro davlat Universiteti ariza holati yuborildi turibdi 10 kundan beri kimga murijaat qilish kerak. Tekshirilmoqda yoki qabul qilindi emas
Umidjon
Magistraturaga onlayn hujjat topahirishda muammo bo'lsa 99-999-6422 yozaveringlar. Qo'limdan kelganicha yordam beraman
Assalomu aleykum. Savolim bor edi hujjat topwirilgan lekin nimaga ariza holati yuborildi turibdi 1 haftadan beri. Kimga murojaat qilay
Show next 41 comments