Турфа тақдирлар

Карантин зонасида кўнгилли сифатида ишлаш бўйича эълон қилган махсус анкетамизга ҳозирга қадар 3343 та ариза келиб тушди. Барча маълумотларни Бош вазирнинг ижтимоий ривожлантириш масалалари бўйича ўринбосари бошчилигида тузилган Тезкор штабга ҳамда Соғлиқни сақлаш вазирлигига етказдим.

Анкетада қўшимча изоҳ ҳам қолдириш мумкин эди. Қолдирилган изоҳларни ўқиб, очиғи турли тақдирларни кўргандай бўлдим. Айрим изоҳларни ўқиб, кайфиятим кўтарилди, айримларини ўқиб эса қийин ҳолатда қолган юртдошларимизни ўйлаб, юрагим сиқилди.

Келинг, шахсиятларни ошкор қилмаган ҳолда, баъзи талабгорлар қолдирган баъзи изоҳларни Сизлар билан улашсам (имло аслича сақланди):

https://teletype.in/@xushnudbek/izohlar

❗️Маълумот ўрнида: ариза юборганларни ишга олиш масаласини мен ҳал қилмайман, мен шунчаки талабгорлар ва тегишли ташкилотлар ўртасида кўприк бўлишга ҳаракат қиляпман холос.


👉 @xushnudbek 👈

272 comments

Show 48 more comments
АЛҲАМДУЛИЛЛАҲ
Вапше маладес!!!
Gulshodaxon Haydarova
Valantyorlikka borish ucun qayerga murojaat qilish kerak
❤j@hongirovn@❤
Yurtimda wunaqa mart insonlar borligidan faxrlanib kettim Olloh rozi bosin wunaqa mard insonlar kopaysin kimdir xalqi uchun kimdir oilasi uchun wu jangga kirmoqchi o'zbegim hich qachon o'zini oylamasligiga yana bir bor kordim😢
Gulchexra Ravshanovna$$
Avvalo , Ollohimning rahmi kelsin bandalariga !!🙏🙏 fidoyi insonlar , oliyjanib insonlar bor ekan , inshoolloh bu balolarni yengib o'tamiz !!
АЛҲАМДУЛИЛЛАҲ
Нотугри тушунмелар омад
anonim
Тошкентда мардикорларни ишга обораётган екан улар бир кун ишлаб кочиб клётган екан шуларни жойига бизларни ёрдам бершни хохлаётганларни чакирса бомайдими тел клсак жой толаган конгиллиларга дейишяпти
Men ham izohlarni o 'qib halqimiz haqiqatdan ham birlasha oladigan, nima bo'lsa ham birga yengib otamiz deydigan insonlarning orasida ekanimdan benihoyat xursand boldim bu sinovli davrlardan hammamiz dog' omon otaylik deb duo qilaman
Men ham roʻyxatdan oʻtdim. Oilada yolgʻiz oʻgʻil farzandman. Otam yoshlik vaqtimda olamdan oʻtgan. Opam va singlimni turmushga berganmiz. Onam bilan yolgʻiz yashaymiz. Onam tibbiyotda sanitarka boʻlib ishlaydi. Oʻzim ham Tez Tibbiy Yordamda Reanimatolog feldsher boʻlib 3 yildan buyon ishlayman. Namangan Davlat Universitetida supper kontrakt asosida kimyo yonalishi kechki taʼlimda taxsil olaman. Tibbiyotni yaxshi koʻraman. Agar Tibbiyot oliygohiga oqishimni koʻchirishda amaliy yordam bersa, yoki boʻlmasa kontraktdan qolgan qarzdorligimni toʻlashda yordam bersa ishlash uchun boraman. Aslida bu paytda oʻzimni foydamni kozlash uyatli lekin nailoj onam ham xozirda kontraktni oylab koʻp siqilmoqda. Bu masalada Andijon viloyati Hokimimizdan yordam soʻragan edim. Lekin afsus natija boʻlmadi. Ishlash uchun borishga tayyorman!!!
Nma deyiwgayam hayronsan kiwi Tasanno Jonilar sog'-Omon bo'lsin Ilohim😘😘😘😘😘🤔
Азиза Пардаевна
Карантин зонасида ишламокчи булаётган бу юртдошларимиз халкимизнинг хакикий кахрамонлари.Хамма юртдошларимизга сабр токат,узларингизни асрангизлар,Насиб булса бу кийин кунларниенгамиз,бизнинг юртимизга хам байрамлар булади.Хаммамизни оллох асрасин
🌸МУНАВВАРА🌸
Rosti uqib ta' sirlandim.😢😢😥 Shundey yurtdoshlarimiz borligidan fahrlandim. Olloh shifo bersin hammaga
Рахмат сизларга шифокорлар, оллох асрасин сизларни бу машаккатли ва синовли кунларда.
Umida Boboqulova
Men o'zbek farzandi ekanligimdan faxrlanaman! Shifokorlarimiz doim soģ-omon bòlishsin.
Assalomu alaykum Xushnudbek Xudoyberdiyev! Bu ma'lumotlarni bizga ham havola qilganingiz uchun sizdan minnatdorman! Ko'ngilli insonlarimizga Alloh kuch quvvat bersin!
Мухаббат Абдирахмановна
Ассалому алайкум. Ешим 50 да хозир касалман уйда даволанаяпман. Жуда огир ахволда эдим Аллохга шукур оилам ва укамнинг харакати БН яхши булаяпман. Ахволим емонлигида хеч Бир тез ердам еки калл центрдан фойда булмади. Карантинным бекор килиш керак. Бечоралар узини даволаш учун йул топади. Частная клиника Лар жуда куп ва мен ишонаман у ерда фаолият юритаетган шифокорлар жуда малакали. Мен хам шундай клиника на бориб назначения олдим ва даволанаяпман. Карантин коидалари беморларни огирлашувига олибборади ахир удар бемалол харакат килолмаяпти. Бизда салона деса калласини олиб келаетганлво камми. Качоегача бу ахмокгарчилик булади. Ахир касаллик ахоли уртасига таркаб кетдику
Assalomu aleykum Men Namangan viloyatida Xalq ta'limida ishlayman to‘g‘risi bemorlarni davolay olmayman, lekin men ham ko‘ngili sifatida vatan oldidagi burchimni bajarmoqchiman zora kimningdir hayotini saqlab qolishda ozgina hissamni qo‘shsam
Zora oldingiday ko‘chalarda odamlar hotirjam yursa to‘g‘risi bu balodan qo‘rqanim yo‘q yoshim 27 da Ota-Onam dan xavotirdaman meni o‘qitdi yemay yedirdi, kiymay kiydirdi, rohatini ko‘rsinlar deyman bu balodan tezroq qutilish uchun eng avvalo aqilli yondashib birdam bo‘lishimiz kerak.

Menga hech qanday moddiy yordam kerak emas.
Mabodo beriladigan bo‘lsaham yashash joyimdagi Norin tumanidagi qiynalgan xonadonlarga bersinlar roziman.
Inshaalloh bu kunlar ham o‘tib ketar VATANDOSHLARIM.
Kupchilik oylik,ishsizligi un karantinga borishga roziligini yozibdi.Tugri bir tomondan qaraganda davlatni boshiga shunday savdo tushgan payt bu nomardni ishi LEKIN ular uz oilalari,yosh bolalari un ulim uchogiga ketishga roziligini hisobga olsak bu JASORAT
Show next 100 comments