Турфа тақдирлар

Карантин зонасида кўнгилли сифатида ишлаш бўйича эълон қилган махсус анкетамизга ҳозирга қадар 3343 та ариза келиб тушди. Барча маълумотларни Бош вазирнинг ижтимоий ривожлантириш масалалари бўйича ўринбосари бошчилигида тузилган Тезкор штабга ҳамда Соғлиқни сақлаш вазирлигига етказдим.

Анкетада қўшимча изоҳ ҳам қолдириш мумкин эди. Қолдирилган изоҳларни ўқиб, очиғи турли тақдирларни кўргандай бўлдим. Айрим изоҳларни ўқиб, кайфиятим кўтарилди, айримларини ўқиб эса қийин ҳолатда қолган юртдошларимизни ўйлаб, юрагим сиқилди.

Келинг, шахсиятларни ошкор қилмаган ҳолда, баъзи талабгорлар қолдирган баъзи изоҳларни Сизлар билан улашсам (имло аслича сақланди):

https://teletype.in/@xushnudbek/izohlar

❗️Маълумот ўрнида: ариза юборганларни ишга олиш масаласини мен ҳал қилмайман, мен шунчаки талабгорлар ва тегишли ташкилотлар ўртасида кўприк бўлишга ҳаракат қиляпман холос.


👉 @xushnudbek 👈

272 comments

Show 100 more comments
Maksudbek Khasanov
Shunday vatanparvar kadrlar borligidan xursandman. Qani endi hamma rahbarlar ham shunaqa fidoiy bolganda edi. Mayli pulga bòlsa ham.
Barno Jumayeva
Assalomu alaykum! Xalqimizda shunday vatanparvar insonlar borligini koʻrib juda hursand boʻldim.
ㅤㅤㅤㅤㅤㅤ
assalomu alaykum, Hamma shifokorlarimizga raxmat, bir izohni o‘qib faxrlanib ketdim onalarimiz borligidan. " Farzandimni talaba bo‘lishiga imtiyoz beradimi pul kerak emas" jonini hatarga qo‘yib so‘ragan narsasi odamni ko‘ziga yosh keltiradi
Turli xil izohlarni o'qib beextiyor ko'zimga yosh keldi. Ko'pi chin yurakdan chiqayotgan so'zlar. Barcha bemorlarga shifo bersin🙏. Ularga yordam beraman deb "jang maydoniga kirganlar"ni Olloh o'z panohida asrasin🙏. Insholloh bu kunlar o'tib ketadi.
U.T.Umaraliyeva
Fuqorolarimiz shunchalik jon kuydirib Vatanimiz xalqimiz uchun jon fido qilishga rozi ekanliklarini bildirishdi. O'qib ta'sirlandim. Lekin davlatimiz tomonidan kasallikni oldini olishga ajratilgan, o'z mansabini suisremol qilgan SEOM raxbarlarini qilgan ishlaridan nafratlandim. Xalqning nafratiga uchrasin
U.T.Umaraliyeva
Barcha kasallarga olloh shifo bersin. Yurtimizdan bu kasallik tark etib farzandlarimiz o'zimiz bexavotir yashaydigan kunlar tezroq kelishini dou qilib so'rayman
U.T.Umaraliyeva
Shifokorlarimiz sog' bo'lishsin
Men maktabda psixolog bo'lib ishlayman. Men anchadan buyon shu yerda ko'ngilli bo'lib ishlashni odamlarga yordamim tegishini istagandim. Ko'ngillilar safiga jon deb qo'shilaman.Kasallarga Allohim shifo bersin. Omin.
Шохида Баратовна
Мени фарзандим хам Тиббиет институтининг 5курс талабаси Кунгиллила руйхатида менга айтмасдан утибди, Уртогидан эшитиб бироз сикилдим, лекин элга келган туй Эл юрт хизматини килиб инсонларга фойдаси тегса хурсандман.Аллохим уз панохида асрасин
M.Sulaymonova
Xalq doim DAVLAT bilan shuni unutmasin KATTA AMALDORLAR! XALQGA YORDAM BERSIN! XALQ O'Z JONINI FIDO QILYAPTI. Buni anglashimiz manimcha qiyin emas!
Telefonraqamlariga tusholmayapman qanday bog‘lansa bo‘ladi
Aka har doim soĝ böling sizdakalar va 3300dan köproq doktorlar kabilar köpayaversin Õzbek har doim õziga BEK aka
Sardor
Assalom alaykum.Bzgayam ish yuqmikan borsag.Bu yil OTM tamomladm 4 yil ne ne mashaqqatlar bn òqishni kantrakt asosida bitirdim.Endi ishga joylashish buyicha harakat qildim lekin foydasi bulmadi hokimyatga borsang mehnat birjaga junatadi mehnat birjaga borsang hokimyatga junatadi hokimyat szni yunalishizni bitirgan 30 40 ta bola ish izlab yuribdi hozircha ish uyda mol quyni boqavering deydi rassiyaga ketay desang yòllar yopiq essis tòrt yil.Endi karantin markazidaham ish bulsaham ishlardik.Uydagilarni oldidaham uyalibam ketdi.
Doston
Faqat tibbiyot sohasida oʻqiganla kk ekanda qolgan sohadegilar ham tayyor iwlawga
Дилором Тогаевна
Узбекистонимизни мана шундай жонкуяр мард инсонларимиз тутиб туришибди.Халкнинг дардини узида хис этиб барча кийинчилик ва хатто улимни хам буйнига оляпти.Бу изохларни хаммага етказиш керак.Зора халкни хаккини туя килаётган айрим мансабдорлар узига хулоса чикарсин.
Doston
Bizni ham chaqiringla iwga
Shifokorlarimiz sog' bo'lshsn.Hammalariga rahmat😊😊😊
Ko'ngilli shifokorlarimizga kattadan katta rahmat. Shunday fidoyi vatandoshlarimiz bilan faxrlanib ketdim, to'g'risi. Umringiz uzoq, risqingiz butun bo'lsin.
Xushnudbek sizga ham tashakkurlar aytaman. Mehnat faoliyatingizda zafar tilayman.
Меҳнаткаш, фидойи халқимиз бор, кўряпсизми, лекин баъзи амалдорларнинг оёғи ердан узилган, халққа ҳисоб бергиси келмайди. Коррупция кўп, шаффофлик йўқ, алам қилиб кетади
Kimdirla jon kuydirib wu kasal bilan kurawvotti. Kimdirla davlat ham qo'ldan kelgancha qullavotti shifokorlarni. Gap yo raxmat hammasiga. Nu bir xillari oylik bermayabdi deb shiloyat qilishdi. Lekin bitta narsa nima qilsa shu el uchun buldi buladi. Urushga ketiwganda oylik surawmagan oylasi uchun vatani uchun kurashgan. Demoqchiman davlatni ayblamayla.
Show next 100 comments