Турфа тақдирлар

Карантин зонасида кўнгилли сифатида ишлаш бўйича эълон қилган махсус анкетамизга ҳозирга қадар 3343 та ариза келиб тушди. Барча маълумотларни Бош вазирнинг ижтимоий ривожлантириш масалалари бўйича ўринбосари бошчилигида тузилган Тезкор штабга ҳамда Соғлиқни сақлаш вазирлигига етказдим.

Анкетада қўшимча изоҳ ҳам қолдириш мумкин эди. Қолдирилган изоҳларни ўқиб, очиғи турли тақдирларни кўргандай бўлдим. Айрим изоҳларни ўқиб, кайфиятим кўтарилди, айримларини ўқиб эса қийин ҳолатда қолган юртдошларимизни ўйлаб, юрагим сиқилди.

Келинг, шахсиятларни ошкор қилмаган ҳолда, баъзи талабгорлар қолдирган баъзи изоҳларни Сизлар билан улашсам (имло аслича сақланди):

https://teletype.in/@xushnudbek/izohlar

❗️Маълумот ўрнида: ариза юборганларни ишга олиш масаласини мен ҳал қилмайман, мен шунчаки талабгорлар ва тегишли ташкилотлар ўртасида кўприк бўлишга ҳаракат қиляпман холос.


👉 @xushnudbek 👈

272 comments

Show 100 more comments
Амиршох 22
Барчамизни оллохим панохида асрасин илохи омин
Ulkan qahramonliklar faqat qalb amri bilan oniy lahzalarda sodir bôladi. Aql bunga doim monelik qiladi. Qalb hukmini aqldan ustun qôyaolgan qahramonlarimizni tabriklayman! Alloh ôzi asrasin sizlarni.
Лекин хозирги вазиятда хеч қанақасига бахолаш шархлаш мухиммас. Мухими улар ўзини шарт шароитидан кеб чиқиб ишга боришга рози. Бу хам нима бўгандаям катта матонат.
Jasurbek Abduraximov
Sizdan Alloh rozi bo'lsin siz odamlarga shunday og‘ir vaziyatda juda ko‘p yordamiz tegyapti ular jonini jabborga berib hayotini tikib xalqimiz salomatligi uchun xizmat qilyapti butun xalqimiz ulardan minnatdormiz.
Agar farzandlarim sal kattaroq bo‘lganda,o‘zlarini eplay olganda men ham borardim.Emizikli bolam bor. Virusni tezroq tugataylik.Vohimasiyam yo‘qolsin
O‘qib ko‘zingga yosh keladiya. Kimdur muhtojlikdan, kimdur vijdon qiynalmasligi uchun yana kimdur vatanparvarlikdan bormoqchi. Men ham borgan bo‘lardim ishlar to‘xtagan uyda bekor yotibmiz lekin valantyorlar kerak deyishmabdida.
Jasoratingizga qoyilman. Yuragida o'ti bor yurtdoshlarim. Yosh avlod sizdan o'rnak oladi. Yo'lingizni Alloh hamisha ochiq qilsin.
Xushnudbek aka xayrli ishlaringiz uchun sizga katta tashakkur bildiraman. Xalqim bu sinovli kunlarni birga yengamiz! Barcha yordam uchun tayyor insonlarni olloh o'z panohida asrasin.
Зайниддин Эгамшукуров
Assalomu alaykum, turfa taqdirlardagi ko‘ngillilarni ishga joylashtirish jarayonida ularni o‘qitib tayyorlagandan so‘ng, ular bilan shanba va yakshanba kunlari sog‘likni saqlash vazirligi hamda boshqarmalaridagi mas'ul lavozimdagilar ham birga bo‘lishligi ham ko‘ngillilarning, ham bemorlarning ko‘nglini ko‘taradi, kasalikni yengishga bo‘lgan ishonchini oshiradi.
Ollohim asrasin onalarimizni opalarimizni sinilarimizni ko'pchiligi ayollardan kelgan taklif mulohazallar. Iltimos sabrli bo'lila hudo hohlasa farzandilani rohatini ko'rasla. Qotgan nonga suvni botirsayam toyadi odamzot uzilani havf hatarga qo'ymela
Assalomu alaykum. Ochig'ini aytsam, turfa taqdir egalarining turli izohlarini o'qib juda ta'sirlandim. Chindan ham bu "jang" , og'ir va xatarli jang. Bu jangda barcha yurtdoshlarimizga temirdan sabr-bardosh, mustahkam iroda tilab qolaman. Ko'ngilli bo'lib, karantin zonasida ishlamoqchi bo'lganlarning buyuk jasoratiga tasannolar aytsak arziydi. Alloh barchamizni o'z panohida asrasin. O'zbekiston xalqi✊" Biz birmiz, qalban birgamiz" virusni ham albatta yengamiz😷💪
Abutova.Shohista
Assalamu aleykum qoyil qoliw kere. Manam borardim agar Towkentda bòganimda. Shu insonlarga ming rahmat
Turdiyev Ravshon
Assalomalaykum. Bu hayotda puldan muhimroq narsalar borligini tushunganlar kòp ekan rahmat ularga. Tepadagi ba'zi amaldorlar ham hozirgi sharoitda shuni anglab yetsa nur ustiga a'lo nur bòlardi
Sanjar MuZaffarOV
ofat kelganda biz birmiz, xalqmiz, musulmonmiz deyiladi. lekin davlat puli taqsimotida yakkalashib qolamizda. sanoqli odamlar o'zini aqilli deb o'ylashadi. ular qolganlarga molxonadagi sut beradigan sigirga qaraganday qarshadi. bu foniy dunyoda... ha mayli.
Assalom u alaykum Xushnud aka. Olloh sizzi qòllasin. Xar doim har qanday masalada yordamga shay bòlib turasiz. Sizzi juda xurmat qilaman
Turdiyev Ravshon
Assalomalaykum. Bu hayotda puldan muhimroq narsalar borligini tushunganlar kòp ekan rahmat ularga. Tepadagi ba'zi amaldorlar ham hozirgi sharoitda shuni anglab yetsa nur ustiga a'lo nur bòlardi
Assalomu alaykum ! Erkim o‘zimda bo‘lganda ,men ham ,albatta, borardim. Bu sinovli kunlar hamma uchun sarhisob bo‘lyapti.Fidoyi insonlar omon bo‘lsinlar ! Xushnudbekka alohida tashakkurdaman.Hamisha xalqqa xizmat qilib,yorug‘ yuz ila yoshlarimizga namuna bo‘lib yashang !
Дунёда Оллохдан куркиб охиратини уйлайдиганлар куп
Хушнудбек халк учун фидойилик курсатаётганиз учун Сизга рахмат, Оллох кулласин.
Dust kulfatda bilinadi deganlaridek shunday og'ir kunlarda jonini xatarga quyib uzi ixtiyor qilgan xalqimga doimo taʼzimdaman
Ilyasova Sevara
Og'ir vaziyatda ham o'zini yo'qotmay,vahimaga tushmasdan, Vatan oldidagi burchini o'z jonini xavfga qo'yib bo'lsa-da bajarishga bel bog'laganlar omon bo'lishsin. Hammalariga kuvh-quvvat tilayman. Ba'zi izohlarni o'qib rostdan hayratda qoldim,qoyil,bor bo'linglar,yaxshi insonlar.
dilbar
Yon atrofga qarang yaxshi insonlar kup qushnisini qiynalayotganini kurib atigi bir tovoq ovqat uzargan ham savob lekin yaqinda kuchaga chiqib atigi bir astonovka taksida yurib 5000 ming tutsam yuzimga qarab 2000 Ming bo'ladi diydi hayratdan yoqa ushladim Ahir ukam asli 3000 minglik yulku desam berasiz Deb turib oldi rozi buling desam menga farqi yuq stekrni narhini bilasizmi deydi afsus shu davrda ham soqqa ishlaydiganlar kup
Show next 82 comments