This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Қоидаларни бузган абитуриентлар 5-7 йилгача тестдан четлатилиши мумкин

ДТМ директори Маджит Каримовнинг таъкидлашича, ҳозирда тестга жараёнларида қоидаларни бузган абитуриентлар имтиҳондан четлатилади.

Аммо бундан бошқа қўшимча жазо қўллаш ваколати ДТМда йўқ.

“Айни кунларда Адлия вазирлиги ва Бош прокуратура билан ҳамкорликда, хорижий тажрибани ўрганяпмиз. Қўпол қоидабузар абитуриентларни 5-7 йилгача кейинги имтиҳонларда иштирок этиш ҳуқуқини чекловчи норматив ҳужжат лойиҳаси ишлаб чиқилмоқда”, - деган Маджит Каримов.

❗️P.S.: бу таклифни анчадан буён бериб келамиз. Аммо муддат жуда катта. 5-7 йил ўта шафқатсиз жазо.

Таклифим: қоидабузарликларнинг оғирлик даражасига қараб, турли муддат кўрсатиш керак. Масалан, қалбаки ҳужжат тайёрлаш ёки бировнинг ўрнига кириш — қўшимча яна 3 йил, тестда телефон/шпаргалкадан фойдаланиш, ўзгаларга ёрдам бериш — 2 йил, телефон/шпаргалка олиб киришга уриниш — 1 йил.

Бошқа майда ҳолатларга ўша йилнинг ўзида тестдан четлатиш кифоя, қўшимча йил бериш шартмас.


👉 @xushnudbek 👈

271 comments

Show 97 more comments
Talim olish huquqini cheklash bumaydimi?
Фарина
Sardor Amonov
Xuddiki bir oqishga kirsa oqiydiganday yomon yolga kirmaydiganday xD.
Яхши ният килсак, устозлар гапи кор килса кирмайди ИншаАллох
hozir uzi uqiganlaga ham ish yoq rossiyaga ketganlarni koring har 5 tadan bittasi oliy malumotli insonlar yana bular 5 yil deydi ahmoq otirvolib gapirmay boshqa yollarini oylash kerak.
Juda to'g'ri qaror, bir umrga imtixondan chetlatilishi kerak.
Xushnudbek qancha pulga kirgandiz yuridik instutga, sir bo'lmasa?
☠☠☠☠
Чеилатишдан енди фойда йок чунки хусусий отмлар копайип кетяпти давлатники бн макоми Бир хил енг Алам киладигани хусусий отмлар йилнинг холаган пайти имтхон олиб пулини толап окивур дийди
Мохира Шарипова
Қоидалар бузилган аттестация жараёнлари масъулларигаям қўлланилармикан
🧒ترجمة👦
11 yil umr o‘tkazib yana 5 -7 yil cho‘zilsa qariyb 23-25 yoshga borib qolarkan.
Endi savol.
Shunday talabga shunday savol
Nega 11 yil davomida o‘qib bitta maktabda
20-25ta o‘quvchi OTMga kiradi,2-3yil davomida o‘quv markazida o‘qib (soniga qarab) 85-90%kiradi.?
ㅤㅤㅤㅤㅤ
Chindan ham 5-7 yil chetlatish kop jazo.uzoģi 2 yil yetadi sababi bir marta chetlatilgan odam keyingi yilga tayyorlanib kirishga harakat qiladi agar 5 yo 7 yil chetlatsa shuncha vaqt tayyorlanadimi bu haqiqatga yiroq undan kora shu 5 yo 7 yil chetga chiqib kelay ishga deydi shu bilan ketadi qaytib oqishga topshirmaydigan bolib bu esa òz navbatida yoshlarimizni kelajagiga qattiq ta'sir qiladi shunga uzoģi 2 yil chetlatsa yetadi mutasaddilardan sorab qolardik bu loyihani oylab ishlab chiqishini.
Bilimi bor, õziga ishongan abituriyent qinğir yõllar bilan kirishni õylamaydi. Bilimiga ishonadi. 5-7 yil tõğri jazo.
Oltiboyeva Dilnora
Xushnudbek akamizni gapiga qo'shilaman eng to'g'ri qaror shu
☠☠☠☠
Юкоридагилар тинчгина пенсияга чикилар болдидаа Энди 90% рахбарятдагилар мийяларин кундан кунга айниб галати карорлар чикарслар
Hakimov
Umumta'lim bilimini olish huquqiga ega , oliy emas
Har Kim bilim olish xuquqiga ega deb yozilgan. U yerda hammasi kirib ketadi. Lekin oily ta'lim ixtiyoriy. Agar cheklash amalga oshirilsa bu konstitutsiyaga xilof.
Xuquq- bu fuqoroga berilgan imtiyoz hisoblanadi hohlasa foydalanadi hohlasa yo'q
🧒ترجمة👦
Jazo qo‘llashdan oldin unga javob bera oladigan ta'lim tizimini yarata olsak o‘rinli bo‘lar edi.
Bu noto'g'ri dep o'ylayman. Chunki owani o'rniga Majburiy Javobgarlik To'g'risidagi kodeksiga qo'shimcha kiritilib eng kam oylik iw haqining 2 barobari qlib belgilansa to'g'ri bo'lar. Abuturent taqiqlangan narsadan foydalansa keyingi yil o'qishga tayorgarlik ko'rib kiradi. 5 yil 7 yil ezilib yurmaydi. Rossiya Qozog'istonga bormaydi ishlagani.......
Tog‘ri qaror iloji bo‘lsa test topshirish huquqidan mahrum qilish kerak.
Show next 100 comments