This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Қоидаларни бузган абитуриентлар 5-7 йилгача тестдан четлатилиши мумкин

ДТМ директори Маджит Каримовнинг таъкидлашича, ҳозирда тестга жараёнларида қоидаларни бузган абитуриентлар имтиҳондан четлатилади.

Аммо бундан бошқа қўшимча жазо қўллаш ваколати ДТМда йўқ.

“Айни кунларда Адлия вазирлиги ва Бош прокуратура билан ҳамкорликда, хорижий тажрибани ўрганяпмиз. Қўпол қоидабузар абитуриентларни 5-7 йилгача кейинги имтиҳонларда иштирок этиш ҳуқуқини чекловчи норматив ҳужжат лойиҳаси ишлаб чиқилмоқда”, - деган Маджит Каримов.

❗️P.S.: бу таклифни анчадан буён бериб келамиз. Аммо муддат жуда катта. 5-7 йил ўта шафқатсиз жазо.

Таклифим: қоидабузарликларнинг оғирлик даражасига қараб, турли муддат кўрсатиш керак. Масалан, қалбаки ҳужжат тайёрлаш ёки бировнинг ўрнига кириш — қўшимча яна 3 йил, тестда телефон/шпаргалкадан фойдаланиш, ўзгаларга ёрдам бериш — 2 йил, телефон/шпаргалка олиб киришга уриниш — 1 йил.

Бошқа майда ҳолатларга ўша йилнинг ўзида тестдан четлатиш кифоя, қўшимча йил бериш шартмас.


👉 @xushnudbek 👈

271 comments

Show 100 more comments
Hakimov
Umumta'lim bilimini olish huquqiga ega , oliy emas
Har Kim bilim olish xuquqiga ega deb yozilgan. U yerda hammasi kirib ketadi. Lekin oily ta'lim ixtiyoriy. Agar cheklash amalga oshirilsa bu konstitutsiyaga xilof.
Xuquq- bu fuqoroga berilgan imtiyoz hisoblanadi hohlasa foydalanadi hohlasa yo'q
🧒ترجمة👦
Jazo qo‘llashdan oldin unga javob bera oladigan ta'lim tizimini yarata olsak o‘rinli bo‘lar edi.
Bu noto'g'ri dep o'ylayman. Chunki owani o'rniga Majburiy Javobgarlik To'g'risidagi kodeksiga qo'shimcha kiritilib eng kam oylik iw haqining 2 barobari qlib belgilansa to'g'ri bo'lar. Abuturent taqiqlangan narsadan foydalansa keyingi yil o'qishga tayorgarlik ko'rib kiradi. 5 yil 7 yil ezilib yurmaydi. Rossiya Qozog'istonga bormaydi ishlagani.......
Tog‘ri qaror iloji bo‘lsa test topshirish huquqidan mahrum qilish kerak.
Assalomu aleykum meni fikrimcha bu nohaqlik buladi agar bunaqa bulsa abuterentni hoyotiga nuhta qoyganday buladi .
Keyin qassdan chetlatish ham mumkin bunga hech Kim javobgar bulmaydi.
Mardikor bozorni taminlaysiz faqat holos uylab gapiringalr Iltimos uzi shundam ham rassiyada qiybalib turgan lar kup
Jazo shunaqa shafqatsiz bosa,ancha muncha odam o'ylab bu ishlani qiladi)
Farrux
Jazoning shavqatsizligi huquq buzarlikni oldini olmaydi
Zörku.Bilimi yöqlaga shunaqa jazo qöllash örinli
Motivation is action
Xushnud aka yana bir taklif bor aqli va bilimdon abiturent test qoidalarini buzsa qaysi fani mukkammal bilsa ushbu abituryentga maktabga borib o'quvchilalarga tekin togarak darslari o'tash tartibini joriy qilish kerak ham o'zi o'qiydi ham maktab bolalari ham saboq oladi
Dinora Qobilovna
Qani shunaqa shafoflik hamma tizimda boʻlsa
🧒ترجمة👦
@Hyatt shafqatsiz jazo debsiz.Keling sizga bir fikr bildirmoqchiman.
Sharni oling va unga havo to‘ldirib,keyin mahkam siqing.Natijada u yorilib ketadi.
Shuni bir fikrlab ko‘ring
Avallo talim tuzimini yaxshilelar abutirentga osiladi manam adolatsizlika qarshiman lekin qonunlardi kupi amalda yuq
Assalomu aleykum. Mani fikrimcha qoidani buzadiganla o'z o'zidan buzmaydi albatta financial manfaat yotadi. Kattalar uzi aralashadi orqasida turadi qoida buzarlarni.DTM GA taluqli barcha subyekt va obyeklarni oshqozonini tuydirsa keyin shaffoflik va ochiqlim boladi. Bolmasa har doimgi axvol. Lekin shuni aniq ayta olamanki o'qigan odam ham .tankasi bor odam ham.puli bor odam ham o'qishga kiradi uzbda. Man o'zim ham o'qib bilimim bilan kirganman o'qishga. Kursdoshlarim orasida yuqorida aytib organ tabaqa vakillari ham kirgan birga o'qidik albatta.
Hamma ham adashadi haqiqatda juda katta vaqt chetlatilgan abituriyent oʻrtacha 20yoshda boʻlsa kn 27yoshida oʻqishga topshiradimi
Motivation is action
INOMJON High achiever
Avallo talim tuzimini yaxshilelar abutirentga osiladi manam adolatsizlika qarshiman lekin qonunlardi kupi amalda yuq
Aka men 10 yil deganda Oliy o'quv yurtiga kirganman.Hamma o'zi uchun harakat qilish kerak aka qonuni amal qilishi siz bilan bizga bog'liq.Davlatning asosiy maqsadi ham huquqiy demokratik erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish
Menimcha bu yaxshi qaror.Qarorni amaliyotga joriy etsak balkim talabalarimizda OTMga munosabat biroz oʻzgararmidi.
Gʼiyosjon Isaqulov
2-3 yilga chetlatish normal muddat boʻladi.
Show next 100 comments