This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Қоидаларни бузган абитуриентлар 5-7 йилгача тестдан четлатилиши мумкин

ДТМ директори Маджит Каримовнинг таъкидлашича, ҳозирда тестга жараёнларида қоидаларни бузган абитуриентлар имтиҳондан четлатилади.

Аммо бундан бошқа қўшимча жазо қўллаш ваколати ДТМда йўқ.

“Айни кунларда Адлия вазирлиги ва Бош прокуратура билан ҳамкорликда, хорижий тажрибани ўрганяпмиз. Қўпол қоидабузар абитуриентларни 5-7 йилгача кейинги имтиҳонларда иштирок этиш ҳуқуқини чекловчи норматив ҳужжат лойиҳаси ишлаб чиқилмоқда”, - деган Маджит Каримов.

❗️P.S.: бу таклифни анчадан буён бериб келамиз. Аммо муддат жуда катта. 5-7 йил ўта шафқатсиз жазо.

Таклифим: қоидабузарликларнинг оғирлик даражасига қараб, турли муддат кўрсатиш керак. Масалан, қалбаки ҳужжат тайёрлаш ёки бировнинг ўрнига кириш — қўшимча яна 3 йил, тестда телефон/шпаргалкадан фойдаланиш, ўзгаларга ёрдам бериш — 2 йил, телефон/шпаргалка олиб киришга уриниш — 1 йил.

Бошқа майда ҳолатларга ўша йилнинг ўзида тестдан четлатиш кифоя, қўшимча йил бериш шартмас.


👉 @xushnudbek 👈

271 comments

Show 100 more comments
Mening fikrim muxim emasdir lekin shundaham aytay.
Menincha 3 yildan 5 yilgacha jazo berish kerak undan kõpi kõp.
1 yildan 3 yilgacha kam muddat deb õylayman.
Bu mening shaxsiy fikrim!
Faqat testga emas oliy talimdagi oqiw va biturishga koproq etbor qaratiw kerak oqiwga kiriw oson bulsa ham bitiriw qiyin bolsin yillik va yarim yillik imtixonlar haqqoniy boliwi qaysi soxa bulsayam haqiqiy tayyor mutaxasis bitirishi kerak! Institut,unversutet ni obroyini oylab talabaga diplom berurishni toxtatish kerak talantlar bitirib chiqsa hamma soxa rivojlanada bitirgan talabani 90% i ozini soxasini yaxwi bilmaydi...
To'g'risi, muhokama qilish yordam berishiga ishonmay qoldim. Agar yordam berganda edi, hozir O'zbekiston o'zgargan bo'lar edi. Yaxshilangan bo'lar edik, ancha yaxshilanardik ?
Хушвактов_Ш
Assalom aleykum hurmatli birodarlar. Menga bir masalada yordamingiz kerak bo'lib qoldi, masala quydagicha: Mening bir tanishim Qozog'istondagi Shimkent davlat universitetiga O'bekiston Respublikasidagi fermalardan biri orqali o'qishga kirgandi va 2021-yil sentabr oyida o'qishni O'zbekistondagi jahon tillari universitetutiga ko'chirish bo'iyicha davlat testidan o'tgandi. Test natijalariga ko'ra tanishim shartnoma asosida o'qishni ko'chirdi va unga ko'ra davlat kantraktini 2 bo'lib to'lash kerak edi. Tanishim kantraktni 1- qismini to'ladi va to'lov qog'ozini fermaga berishdi va ferma Qozogi'stondan uning hujjatlarini olib kelib berdi. U hujjatlarini O'zbekiston davlat jahon tillari universitetigaolib kelganida uning hujjatlarini qabul qilishmadi. Xujjatlarni qabul qilivchi Xabibullo ismli shaxsning aytishicha xujjatlarni tuzish normalari buzilgan ekan. Va u tanishimni o'qishga qabul qilishmayapti. Biz bu holatni fermaga yetkazdik ferma esa bu ishni bugun ertaga indinga hal qilamiz deb cho'zib yurishdi va hujjatlarni qabul qilish muddati o'tib ketdi. Yana bir gap Hujjatlarni qabul qiluvchi Xabibullo ismli shaxs bizga aytdiki: men Shimkent davlat universitetining elektron pochtasiga xat tashlayman xatning mazmuni quyidagicha Sizlarning Universitetlarizga xaqiqatdanham (shu meni tanishimni ism familiyasi va otasining ismi ) shunday shaxs o'qiganmi degan xatni tashlagani haqida aytdi va uzoq vaqtdan so'ng uning xatiga yo'q o'qimagan degan javob kelganini aytdi. Endi bu masalni bizga kim yechib beradi iltimos ma'lumoti bo'lgan shaxslar javob beringizlar
Хушвактов_Ш
Javoblaringiz uchun oldindan rahmat
dizlayk boskanlar talkash bolsa kk😅
Ism yoki familiyasini shunday oʻzgartiradi, tamom keyingi yil davom etaveradi.
Muchi
Xushnud akaning fikriga qowilaman
SH SAMANDAROV
5-7 yil qilmak shart emas bir yillik qilsam yetadi bu 1marta hato qilgan insonni umidini sondirish degani bu.
Qamoq jazosi berilsin 10 yil
Ulug'bek
Хушвактов_Ш
Assalom aleykum hurmatli birodarlar. Menga bir masalada yordamingiz kerak bo'lib qoldi, masala quydagicha: Mening bir tanishim Qozog'istondagi Shimkent davlat universitetiga O'bekiston Respublikasidagi fermalardan biri orqali o'qishga kirgandi va 2021-yil sentabr oyida o'qishni O'zbekistondagi jahon tillari universitetutiga ko'chirish bo'iyicha davlat testidan o'tgandi. Test natijalariga ko'ra tanishim shartnoma asosida o'qishni ko'chirdi va unga ko'ra davlat kantraktini 2 bo'lib to'lash kerak edi. Tanishim kantraktni 1- qismini to'ladi va to'lov qog'ozini fermaga berishdi va ferma Qozogi'stondan uning hujjatlarini olib kelib berdi. U hujjatlarini O'zbekiston davlat jahon tillari universitetigaolib kelganida uning hujjatlarini qabul qilishmadi. Xujjatlarni qabul qilivchi Xabibullo ismli shaxsning aytishicha xujjatlarni tuzish normalari buzilgan ekan. Va u tanishimni o'qishga qabul qilishmayapti. Biz bu holatni fermaga yetkazdik ferma esa bu ishni bugun ertaga indinga hal qilamiz deb cho'zib yurishdi va hujjatlarni qabul qilish muddati o'tib ketdi. Yana bir gap Hujjatlarni qabul qiluvchi Xabibullo ismli shaxs bizga aytdiki: men Shimkent davlat universitetining elektron pochtasiga xat tashlayman xatning mazmuni quyidagicha Sizlarning Universitetlarizga xaqiqatdanham (shu meni tanishimni ism familiyasi va otasining ismi ) shunday shaxs o'qiganmi degan xatni tashlagani haqida aytdi va uzoq vaqtdan so'ng uning xatiga yo'q o'qimagan degan javob kelganini aytdi. Endi bu masalni bizga kim yechib beradi iltimos ma'lumoti bo'lgan shaxslar javob beringizlar
Sudga murojat qiling. Aniq boladi xammasi. Firmaniyam joyiga solib qoyadi.
To’g’ri yozibsiz Xushnudbek, 5-7yil juda qattiq jazo, bu degani umidi borni ham sovutishdir, inson bexato bo’lolmaydi ham, shuningdek, adashmasam 5-6 yillar ilgari abituriyent qing’ir yo’llar bilan ham kira olardi o’qishga, (shpargalkalar DTMni o’zidan chiqqan bo’sa kerak) yosh avlod bilmasa ham o’rta avlod bu narsani unutmagan. O’rgangan ko’ngil o’rtansa qo’ymasov axir...
Korrupsiyaga botgan hozirgi vaziyatimizda bu qaror eng ahmoqona deb bilaman. Negaki puli borlar buni yo'lni qilishadi. Bechora kolxozchi tamom. Instituti uchqo'rg'onda...
Абитуриентга қалбаки ҳужжат тайёрлаб берганларчи, улар жазосиз қолаверадими?
Ҳар доимгидек «кадр ортидагилар» жазосисиз қолаверади...
Qovunni sasiganidan olib kalla qoʻyibdi lekin:) Sud qilib quyinglar bira toʻlasi.
Йўқ, бериш керак. Яхшиси, бутунлай имтиҳонларга қатнаша олмайдиган қилиш керак. Плус жарима ҳам солиш керак. Қатъий чоралар кўрмаса бўлмайди.
шпаргалкасиз курук топшириб чикоргани яхши. пули борлар супер килиб укиб ётибдику билими булмаса хам
Assalomu alaykum Xushnudbek. Bu manimcha inson qadri, huquq va manfaatlariga ZID. Fuqaroning konstitutsion huquqlari buziladi. Haqiqatan 5 7 yil insonni umrining judda katta qismi. Eng asosiysi aynnan mana shu 5 7 yil yoshlarni kelajagini, taqdirini hal qiladigan davri bo‘ladi. Buni cheklash insonni umrini, kelajagini, kelgusi hayotini barbod qiladi. 7 yil. Keyin yana 3 4 yil yiqiladi. Keyin o‘qishga kirsin ham mayli. 30 yoshdan oshib ketgan buladi bu vaqtda. Shu taklifni kiritgan odamni suyagi ham chirib ketgan bo‘ladi o‘sha vaqtga borib. Lekin xalqni lanatini olgani qoladi xolos. Undan ko‘ra 7 yil qamoq jazosi berilsa bulmasmidi. Zato chiqib kelgach hududiy bandlik markazlari tomonidan kvota asosida ishga joylashtirilardi. 2 baho. Mana shu taklifni bergan insonga. Mayli xorijiy tajriba shunaqa bo‘lsa shu yilni uzida chetlatsin. Keyingi yilgacha kutish ham abuterintlar uchun 10 yildek utadi. 5 7 yilda o‘qishga bo‘lga va hayotga, insoniylikka bo‘lgan qiziqish mutlaqo yuqolib ketaxi. Xullas kimdur o‘zini ko‘rsatmoqchi bu erda. Ha aytgancha yurtimizda QOVUN pishig‘i yaqin...
Show next 83 comments