This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Қоидаларни бузган абитуриентлар 5-7 йилгача тестдан четлатилиши мумкин

ДТМ директори Маджит Каримовнинг таъкидлашича, ҳозирда тестга жараёнларида қоидаларни бузган абитуриентлар имтиҳондан четлатилади.

Аммо бундан бошқа қўшимча жазо қўллаш ваколати ДТМда йўқ.

“Айни кунларда Адлия вазирлиги ва Бош прокуратура билан ҳамкорликда, хорижий тажрибани ўрганяпмиз. Қўпол қоидабузар абитуриентларни 5-7 йилгача кейинги имтиҳонларда иштирок этиш ҳуқуқини чекловчи норматив ҳужжат лойиҳаси ишлаб чиқилмоқда”, - деган Маджит Каримов.

❗️P.S.: бу таклифни анчадан буён бериб келамиз. Аммо муддат жуда катта. 5-7 йил ўта шафқатсиз жазо.

Таклифим: қоидабузарликларнинг оғирлик даражасига қараб, турли муддат кўрсатиш керак. Масалан, қалбаки ҳужжат тайёрлаш ёки бировнинг ўрнига кириш — қўшимча яна 3 йил, тестда телефон/шпаргалкадан фойдаланиш, ўзгаларга ёрдам бериш — 2 йил, телефон/шпаргалка олиб киришга уриниш — 1 йил.

Бошқа майда ҳолатларга ўша йилнинг ўзида тестдан четлатиш кифоя, қўшимча йил бериш шартмас.


👉 @xushnudbek 👈

271 comments

Show 100 more comments
Йўқ, бериш керак. Яхшиси, бутунлай имтиҳонларга қатнаша олмайдиган қилиш керак. Плус жарима ҳам солиш керак. Қатъий чоралар кўрмаса бўлмайди.
шпаргалкасиз курук топшириб чикоргани яхши. пули борлар супер килиб укиб ётибдику билими булмаса хам
Assalomu alaykum Xushnudbek. Bu manimcha inson qadri, huquq va manfaatlariga ZID. Fuqaroning konstitutsion huquqlari buziladi. Haqiqatan 5 7 yil insonni umrining judda katta qismi. Eng asosiysi aynnan mana shu 5 7 yil yoshlarni kelajagini, taqdirini hal qiladigan davri bo‘ladi. Buni cheklash insonni umrini, kelajagini, kelgusi hayotini barbod qiladi. 7 yil. Keyin yana 3 4 yil yiqiladi. Keyin o‘qishga kirsin ham mayli. 30 yoshdan oshib ketgan buladi bu vaqtda. Shu taklifni kiritgan odamni suyagi ham chirib ketgan bo‘ladi o‘sha vaqtga borib. Lekin xalqni lanatini olgani qoladi xolos. Undan ko‘ra 7 yil qamoq jazosi berilsa bulmasmidi. Zato chiqib kelgach hududiy bandlik markazlari tomonidan kvota asosida ishga joylashtirilardi. 2 baho. Mana shu taklifni bergan insonga. Mayli xorijiy tajriba shunaqa bo‘lsa shu yilni uzida chetlatsin. Keyingi yilgacha kutish ham abuterintlar uchun 10 yildek utadi. 5 7 yilda o‘qishga bo‘lga va hayotga, insoniylikka bo‘lgan qiziqish mutlaqo yuqolib ketaxi. Xullas kimdur o‘zini ko‘rsatmoqchi bu erda. Ha aytgancha yurtimizda QOVUN pishig‘i yaqin...
Bu manimcha INSON QADRI tamoiliga umuman to‘g‘ri kelmasa kerak....
Ochiq maydonkarda bolgani yaxshiroq. Lekin 5-7 yil degani bolmagani yaxshi
Adolatga zid 5-7 yil.
Koreyada va koryest tili imtihonlardan telefon, shpagarka bn qolga tushsa 2 yil imtihondan chetlashtiriladi.
Bizi O'zbekistonda imtihondan chetlatish adolatdan emas. O'zi bir yilda bir marta qabul bolgandan keyin.
Assalomu alaykum Murojaat Farg'ona viloyati qo‘qon shaxardan qatnovchi Qo'qon Andijon yo‘nalishiga shanba va yakshanba kunlariga avtobus qatnovini ko‘paytirish kerak chunki 17 o‘rindiqli 34 kishiga mo‘ljallangan avtobusda 45-50 kishi tashiladi.yana yo'lkira narxi ham oshgan Qo‘qondan Andijongacha 15ming so'm Masofa uzoq 3 soat tik oyoqda turib kelish kerak talabalar ko‘p qismi Farg'ona viloyati Buvayda tumani Yangiqo'rg'on shaxarchasida tushadi. poyezd qatnovi esa soat 16 45 dan Andijondan qo‘qonga yo‘lga chiqadi va 19 40da yetib keladi.
Maslaga yechim:
1)Shanba yakshanba kunlari avtobus qatnovi ko‘paytirish kerak.
2)Kotta avtobus 50 kishi tashishga mo‘ljallangan avtobus qo'yish kerak shanba yanshanba kunlariga.
3)Poyezd qatnovini ko‘paytirish kerak kuniga 2 martta bu ham shanba yakshanba kunlari uchun
4)Yoki shu yangiqo'rg'on shaharchasiga avtobus qatnovi qo‘yish kerak.
Усмоновна
узи эндигина озрок булса хам карупцияни йукотиб билми кира бошлади нима килса хам оддий одамларга кийин булади бойни боласи калла бум буш укийди оддий ишчиларники йук
☆☆☆KÓHINUR☆☆☆
Siz bergan fikrga qóshilaman
Nilufar Tojibоyeva
Кераги йук, К,улга тушган кейинги йил к,атик,ни пуфлаб ичади
Assalomu alaykum to'gri qarorlar chiqaveradi ammo ta'lim sohasiga jiddiy e'tibor bilan yondashish kerak manimcha bu qaror o'zini oqlamasa kerak kelib kelib abiturientlarga jazo topilibti achinarli holat undan ko'ra test tizimini isloh qilishsa maqsadga muvofiq bo'lardi chunki hozirgi kunda 5.6 yil oldingiga nisbatan ancha o'qishga kirish osonroq va o'qish turlari ham ko'p. Yana bir tomondan bu qaror faqat davlat oliygohlarigami yoki xususiylarga ham amal qilinadimi agarda amal qilinmasa unda ko'pchilik xususiyda ham o'qiyveraman degan tushunchasi bo'ladi va qarabsizki holat takrorlanadi shunchaki topshiruvchilar soni oshadi. O'zi testda tavakkal qilinsayu hech narsani bilmay va 60 balldan oshgan bo'lsa kvota to'lishi uchun mana shundayinlarni o'qishga qabul qilish adolatsizlik bo'ladi. Mana shuning uchun ham tavakkalchilarga testda imkon bermaslkka harakat qilinsa bo'lardi. O'qishga topshirolmaslik jazosidan boshqa variantlarni ko'rish kerak chunki bu haqiqiy abiturientlarga katta psixologik bosim beradi. Qolaversa jahonning yana bir tajribasiga qarasak eng katta jarima jazo choralari korrupsiyaga yo'l ochadi hamma narsaning yo'li borlarning yana ovi yurgan bo'ladi oldin kichikroq jazolarni tajribadan o'tkazish kerak bo'ladi....
🧒ترجمة👦
11 yil umr o‘tkazib yana 5 -7 yil cho‘zilsa qariyb 23-25 yoshga borib qolarkan. Endi savol. Shunday talabga shunday savol Nega 11 yil davomida o‘qib bitta maktabda 20-25ta o‘quvchi OTMga kiradi,2-3yil davomida o‘quv markazida o‘qib (soniga qarab) 85-90%kiradi.?
Chunki oqituvchilar chorak nazoratida va yakuniy sinfdan sinfga otish testida bollarni haqiqiy bilimiga qarab baho qoymaydi. Sinfdan sinfga qoldirmaydi bilimsizlarni. Darsdan qolsa uchaskavoyga aytmaydi. Uchaskavoylar esa bola bilan shugullanmaydi. Ota onalar esa nazorat qilmaydi. Bolaga esa poxxuy.
Aхрор Тошпулатов
Бу шафкатсизлик 5 7 йил. Укишдан кунгли совиб кетади. Сизни фикрларингиз манга макул.
Тўғри ёзибсиз иним.Бизникилар салласига қўшиб калласини олишадида
Kim qolga tushishiga bogʻliq
Tohir
Yaxshi taklif bizda o'sish borr
Nodira Mahmudova
Fikizga qo‘shilaman shuna qaqaror ishlab chiqarish kerak
Ulargachi birorta jazo bormi (turli xil o‘yinlar uchun)
🧒ترجمة👦
11 yil umr o‘tkazib yana 5 -7 yil cho‘zilsa qariyb 23-25 yoshga borib qolarkan. Endi savol. Shunday talabga shunday savol Nega 11 yil davomida o‘qib bitta maktabda 20-25ta o‘quvchi OTMga kiradi,2-3yil davomida o‘quv markazida o‘qib (soniga qarab) 85-90%kiradi.?
Uquv markazlarida hammasi o‘qiyman deb borgan bollar boradi dalada ish qilishkerak yoki qo‘y boqishkerak ekan deb mas shunga foiz baland agar maktabda bitta sinfda o‘qiydiganlarni hammasi o‘quv markazlarga borsa maktab bn birxil natija bo‘ladi
1-2 yil ham yaxshi narsa, 5-7 umuman ham boʻlmaydi vapshe axmoqgarchilik
Show next 65 comments