This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Қоидаларни бузган абитуриентлар 5-7 йилгача тестдан четлатилиши мумкин

ДТМ директори Маджит Каримовнинг таъкидлашича, ҳозирда тестга жараёнларида қоидаларни бузган абитуриентлар имтиҳондан четлатилади.

Аммо бундан бошқа қўшимча жазо қўллаш ваколати ДТМда йўқ.

“Айни кунларда Адлия вазирлиги ва Бош прокуратура билан ҳамкорликда, хорижий тажрибани ўрганяпмиз. Қўпол қоидабузар абитуриентларни 5-7 йилгача кейинги имтиҳонларда иштирок этиш ҳуқуқини чекловчи норматив ҳужжат лойиҳаси ишлаб чиқилмоқда”, - деган Маджит Каримов.

❗️P.S.: бу таклифни анчадан буён бериб келамиз. Аммо муддат жуда катта. 5-7 йил ўта шафқатсиз жазо.

Таклифим: қоидабузарликларнинг оғирлик даражасига қараб, турли муддат кўрсатиш керак. Масалан, қалбаки ҳужжат тайёрлаш ёки бировнинг ўрнига кириш — қўшимча яна 3 йил, тестда телефон/шпаргалкадан фойдаланиш, ўзгаларга ёрдам бериш — 2 йил, телефон/шпаргалка олиб киришга уриниш — 1 йил.

Бошқа майда ҳолатларга ўша йилнинг ўзида тестдан четлатиш кифоя, қўшимча йил бериш шартмас.


👉 @xushnudbek 👈

271 comments

Show 100 more comments
Farrux
Buni talabalarni sunʼiy kamaytirishga oʻxshatdim
Odiljon Rahmatulloh
5-7 yil yaxshi variant. Shuni bilgan abituriyent qoidabuzarlik qilmaydi. Xudoyberdiyevning taklifi juda yumshoq, ma'qul emas.
5-7 yil bu Bitta qoida buzgan kishi hech qachon oliy ma'lumotli bulolmaydi degani, ungacha abiturent õqiyman degan fikiridan vos kechadi.
Bu taklif umuman toʻgʻri deb hisoblamayman 5-7 yil bu juda uzoq muddat. Abituriyent boʻlganlar yaxshi biladi shuncha maʼlumotni 5 yil esda saqlash yoki oʻqish juda katta energiya talab qiladi. Arzimagan (masalan test jarayonida yonidagi boshqa abiturientdan biror narsani soʻrasa) kichkina xatosi deb shuncha vatda oʻsha abituriyent yoki oʻqishdan zerikib qoladi yoki irodasi yetmaydi yoki boʻlmasa Ota onasi ularni uylab qoʻyadi(ayniqsa qizlar).
Bu takliflar oxirida qayta organilib shtraf bn jazolanish yolga qoysa kerak manimcha. 2-3-4 mln tolasa qaytadan imtixona topshirish mumkin degan qaror chiqsa kerak. Undan ham kopro bolmasa agar. Yoshlarni shu ishlarga majbur qilayotgan katta yoshdagilani ham jazolashni oylasa bolardi.
Xushnudbekning fikriga qo'shilamiz.Axir buyruq chiqaradiganlarning o'zlari abiturientlikni hozirgi yillardagidek o'tkazishmagan ko'pchiligi pul bilan kirgan nega endi yoshlarga OTM, madrasa ko'paytirish o'rniga kelajak avlodni bunchalik qiynash kerak-a?
Карорни чикариш бизга эмас чунки ДТМ уз билганидан колмайди.уйлаймизки карорлар ёшларни тугри йулга йуналтиришга каратилади.
Хушнудбек Сизга бу мавзуга тегишли булмаган бир савол билан мурожаат килмокчиман.Фарзандим Тошкентдаги олийгохда укийди.Эхтиетсизлик окибатида пластигини йукотиб куйди.навруз байрамига беш кун дам берилган кунлари вилоятга келди ва шу кунлари Яьни 22 март куни пластигидан СКБанкининг ал хоразмий филиалидан пул ечилиб клик оркали телига хабарнома келди. Саволим шу банк ИИБ оркали шу кунги видео ёзувларни курсатадими ёки паспорт билан борса (пластик узини номида) курсатаверадими. Оддий ечимли масалага отангга бор онангга бор эканми. Жавоб учун олдиндан рахмат.
Assalomu alaykum men ham bu mavzudan chetdagi savol bermoqchiman.Men andijon qishloq xojaligi va agrotexnologiyalar institutida sirtqi bolimining qishloq xojaligini mexanizatsiyalashtirish yonalishida oqir edim.Boshida borganimda ikkita document olib kelasan bittasi sirtqi bolimga bittasi qabul komissiyasiga deyishdi.Men huddi Shunday ikkita document olib keldim va soragan odamga berdim 2inchisini qabul komissiyasiga berishim kerak edi dedim u esa ikoviga ham bitta document otadi didi songra documentni olib uyimga ketdim(fargonadanman).Xullas 21fevralda yana bordim oqiyapti degan malumotnoma olgani va oldim yana uyimga ketdim.Keyin esa menga xujjatlarimni olib kelishimni aytishdi men keldim.Kelganimda ular sizni buyrugiz chiqmagan document bermagan ekansiz qabul komissiyasiga deyishdi va men u aka qaytarvorodiku didim xullas baza yopilgan 1-martda boldi endi qayta ochib kirita olmaymiz deyishdi arizangizni yozing kontrakt pulizni qaytarib berishadi didi.
Endi men nima qilay ariza yozib pulimni qaytarib olaymi?
U akani aybi Deb men talabalikdan chetlashtirilaveramanmi
Mansur
Assalomu aleykum Xushnudbek bitta savolimiz bor edi. 2021 yil 1-noyabrgacha talabalar vaksina olgan bulsa kantrakt pulining 10% tulamaslik qonun bn belgilab quyilgandi. Ammo samarqand davlat chet tillari insitutida (SamChTI) ish but qoidaga amal qilinmasdan talabalardan kantrakt pulini tuliq tulashni talabalardan qilyapti va tulaganlar xam kupchilik.ushbu ishlar tugrimi aniqlik kiritib bersanggiz iltimos.?
Assalomu alaykum Xushnudbek aka men Qozogiztonning Shimkent unversetitada oqiyman, eshitishim boyicha prevod imtixonidan oldingi ya ni dtm imtixoniga ham qatnashsam bolar ekan shu haqida ma lumot bering. Oldindan rahmat
Assalomu aleykum Xushnudbek Xudoyberdiyev
Man mavzudan tashqari o'zizga yozyapman.
Soliq.uz da o'zini o'zi band qilish bandi bor, buni puli Xalq bankiga to'lanadi, ma'lumotnoma soliq.uz dan rasmiylashtiriladi. Muammo bu ikkisi bir biriga bog'lanmagan. Ya'ni pulini to'lamasdan ham o'zini o'zi band qilganlik ma'lumotnomasini rasmiylashtirsa bo'ladi, havodagi o'zini o'zi band qilganlar ko'payib ketyapdi, ko'pchilik o'quv markazlari, shunday ishga joylashtirdim deb ko'z bo'yamachilik bo'lib qolyapdi. Shunga hechkim e'tibor bermayapdimi, yo buni hamma biladimi, yechimi qiyin masalami bilmadim lekin, shuni soliq.uz da to'lovni tasdiqlagandan keyin ma'lumotnoma rasmiylashtirish mumkin bo'lsa o'rinli bo'ladi
Buyerda kimdandir aqililik haqida gap ketmagan, o'zini fikrini bildiryapti bu odam. Ijtimoiy tarmoqda "sen" deb murojat qimasayiz yaxshi bo'lardi.
Yaxshi taklif beribsiz
Shyalom kommyentdagila
10 yillar normalniy birovning haqidan qorqmaganlarga
Нигина
Салом хаммага нега Хушнудбек ака Украинадан перевод олмокчи буганлар хакида езмаябсиз сиз езган ахборот ишончлида.
Nima ular jinoyat sodir qilganmi 😂 5-7 yil
Unday qonun chiqarishga muhtojlik bo'lmaydi chunki tez orada ko'pchilik chet el OTM lariga topshiradigan bo'lishadi. Davlatimiz barchga chet tilni o'rganishga majburlayapti.
Хушвактов_Ш
Endi bu taklifni kiritgan insonni fikricha shpargalka bilan kirgan abiturientlar bilimsiz va to'poy boloshadi ular shaprgalka bilan o'qishga kirishsa, masalan medisena soxasiga bir abituriyent shpargalka bilan o'qishga kirdi o'zi hech nimani bilmaydi kiyin institutni ham shargalka bilan bitiradi va odamlarni ham shpargalka bilan davolaydi qarabsanki hammasi boshidan soxta bo'ladi
Хушвактов_Ш
Kiyin bir insonni xayotiga zomin bo'lmasin deb shpargalkani taqiqlab uni ishlatgan odamlarga 5. 7 yil qamoq jazosini berishni taklif qilgan. Albatta yuqoridagi vaziyatdan kelib chiqib
Show next 7 comments