This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Қоидаларни бузган абитуриентлар 5-7 йилгача тестдан четлатилиши мумкин

ДТМ директори Маджит Каримовнинг таъкидлашича, ҳозирда тестга жараёнларида қоидаларни бузган абитуриентлар имтиҳондан четлатилади.

Аммо бундан бошқа қўшимча жазо қўллаш ваколати ДТМда йўқ.

“Айни кунларда Адлия вазирлиги ва Бош прокуратура билан ҳамкорликда, хорижий тажрибани ўрганяпмиз. Қўпол қоидабузар абитуриентларни 5-7 йилгача кейинги имтиҳонларда иштирок этиш ҳуқуқини чекловчи норматив ҳужжат лойиҳаси ишлаб чиқилмоқда”, - деган Маджит Каримов.

❗️P.S.: бу таклифни анчадан буён бериб келамиз. Аммо муддат жуда катта. 5-7 йил ўта шафқатсиз жазо.

Таклифим: қоидабузарликларнинг оғирлик даражасига қараб, турли муддат кўрсатиш керак. Масалан, қалбаки ҳужжат тайёрлаш ёки бировнинг ўрнига кириш — қўшимча яна 3 йил, тестда телефон/шпаргалкадан фойдаланиш, ўзгаларга ёрдам бериш — 2 йил, телефон/шпаргалка олиб киришга уриниш — 1 йил.

Бошқа майда ҳолатларга ўша йилнинг ўзида тестдан четлатиш кифоя, қўшимча йил бериш шартмас.


👉 @xushnudbek 👈

271 comments

Show 100 more comments
Nima ular jinoyat sodir qilganmi 😂 5-7 yil
Unday qonun chiqarishga muhtojlik bo'lmaydi chunki tez orada ko'pchilik chet el OTM lariga topshiradigan bo'lishadi. Davlatimiz barchga chet tilni o'rganishga majburlayapti.
Хушвактов_Ш
Endi bu taklifni kiritgan insonni fikricha shpargalka bilan kirgan abiturientlar bilimsiz va to'poy boloshadi ular shaprgalka bilan o'qishga kirishsa, masalan medisena soxasiga bir abituriyent shpargalka bilan o'qishga kirdi o'zi hech nimani bilmaydi kiyin institutni ham shargalka bilan bitiradi va odamlarni ham shpargalka bilan davolaydi qarabsanki hammasi boshidan soxta bo'ladi
Хушвактов_Ш
Kiyin bir insonni xayotiga zomin bo'lmasin deb shpargalkani taqiqlab uni ishlatgan odamlarga 5. 7 yil qamoq jazosini berishni taklif qilgan. Albatta yuqoridagi vaziyatdan kelib chiqib
Хушвактов_Ш
Lekin lekin degan joyi bor bitta chet davlatdan o'qimasdan bu yerga pervot qilayotganlarchi ularku mayli ulardan imtihon olinadi nu o'zimizda super kontraktda o'qiyotganlarchi ularni shaprgalkasi ularni pullari-ku aslida bunga qanday javobingiz bor xurmatli aqlli "dalbayop kallachi" bu qo'shtirnoq ichidagi gaplar xech kimga tegishli emas shunchaki matnni ko'rkiga ko'rk qo'shish uchun
Раьно Панжиевна
Assalomu alekum Xushnudjon qizim Termiz med institutda grand1 kurs talabasi bizlar esa Toshkentda yashaymiz qizimning propiskasi ham Toshkentda. Òqishini Toshkentga grand asosida kòchiraoladimi? Javob uchun oldindan rahmat.
Davlatni pulini o'marib yegan kalamush mansabdorlarga ma'muriy jazoda, bechora abiturentga imtihondan chetlatishmi yana 5 yoki 7 yil birato'la otuvga hukm qivarorila
Manimcha bu qamoq jazosi emas
Brat 6-avgustdami imtihon😀
Ohoooo na buncha koʻp? Maʼmuriy katta (BHM 60 - 80 baravari) miqdorda jarima va 2 yil Imtihondan chetlatish kerak
undan ko'ra nazoratni kuchaytirishni o'ylashsin o'qitishni yahshilashsin insonga tarbiyani bersin maktabdan boshlab hammasini rasvo qilib katta qilib olib keyin uni jazolash bu g'alati emasmi uni shunday shakillantirgan tarbiya bergan ta'lim tizimi bn oilasi emasmi nega u jabr chekishi kerak oq qorani tanitganimizda u shunday ishni qilmasdi.