Роппа-роса 4 йил олдин @xushnudbek каналида илк пост қолдирилган эди. 4 йил ичида каналда 14 мингдан ошиқ постлар эълон қилинди (форвардлари билан). Бугунги кунда обуначилар сони 418 мингдан кўпроқни ташкил қилмоқда.

Умуман олганда канал менга кўп нарса ўргатди, тарбиялади. Турли кутилган ва кутилмаган савдоларни бошимга солди, қувончли ва баъзан дилни хира қилувчи вазиятларни туҳфа қилди. Масъулиятли бўлишга, маълумотларни қайта ва қайта текшириш, шошмашошарлик қилмасликка, ўз устимда тинимсиз ишлашга ўргатди.

Энг асосийси каналим менга Сизлардек қадрдон инсонларни берди. Ўзбекистон ва хориждаги турли нуқталардан мени кузатиб, фикрларимга муносабатлар берадиган, хурсандчилик кунларимда мен билан бирга қувонадиган, баъзан мен учун қайғурадиган, хато қилган пайтларим танқид қилиб, тўғри йўлга бошлайдиган 400 мингдан ошиқ азиз ва самимий яқинларим пайдо бўлди. Буларнинг барчаси Аллоҳнинг менга берган марҳамати, десам адашмаган бўламан.

Борингизга шукр! Барчангизни ғойибона ҳурмат қиламан.


👉 @xushnudbek 👈

544 comments

Show 68 more comments
Abdullaev
Assalomu alaykum Xushnudbek aka ishlarizga omad men sizni har doim kuzatib boraman .bir taklifim bor edi tlgramga bir muloqot kanal ochsangiz siz bilan muloqot qilsak fikir almashsak .
Rahmat Xushnudbek aka. Xayrli ishlaringizga rivoj. Shaxsiy hayotingizga omad baxt tilaymiz. Kanal kimlarnidir harakatga, kimlarnidir o'ylashga majbur qiladigan kuchli matbuotga aylana oldi. Kelajakda xuddi shu tarzda xolislik va shaffoflikdan charchamang. Xizmatlaringizga rozi bõling
Keyingi ishlaringizga ham omad. Waxsan men birir rasmiy yangilik ewtsam XUSHNUDBEK da yoqku deydigan bup qolibman🙈😂😂😂😂
Kanalga gap yoʻq
Jannatim onam
Sizga ham raxmat
Xushnudbek aka omad tilayman!!!
Madina Abduvaliyeva
Eng ishonchli kanal😊
Kanal juda zòr omad😊😊😊
F.Rustamova
Сизни хурмат киламиз
Самимийлик, холис бахо бериш бор сизда
Ишларингизга омад
English
Omad! Yangiliklar ulashishdan charchamang! Zur kanal biz uchun!!!
Hushnudbek aka ishizga omad tilaymiz charchamang
Assalomu aleykum Xushnudbek aka raxmatt ozizga ham eng birinchi ishonchli habarlarni sizni kanalizdan topamiz hamma sohada faol yoritib berasiz. Ishlarizga Alloh qollasin sizni.
Ilmingiz bundanda ziyoda bo'lsin 🤲 barcha huquqiy masalalatda birinchilardan bo'lib yordam ko'rsatasiz .. Shunung uchun ham sizni qadirlaymiz ..🙂
Yutuqlaringiz bardavom bo'lsin
Omad✊✊✊

Xushnudbek aka br narsa soramoqchidim
Viloyatlararo zakovat oyini bu yil ham otkiziladimi?
Alloh taolo ilmingizni va nuringizni Ziyoda qilsin. Sizdek insonlar jamiyatimizga suv bilan havodek kerak desam mubolagʻa boʻlmaydi chunki bunday tezlik bilan oʻzgarib borayotgan zamonda insonlarni ishonchli asoslangan holis fikr yuritadigan odamlar juda ham kam Allohim doimo sizga kuch quvvat bersin.
Sardor
Xushnudbek aka №1Gap yo'q
Динара
Хушнудбек сіз енг ишончлисисиз
Каналингизга омад. Мен хам купинча сунгги янгиликларни сизнинг каналанингизда чиккандан кейин тугрилигига ишонаман
Assalomu alaykum Xushnudbek !
Men sizni kanalizga uch yil bo‘ldi a’zo bo‘lganimga,boshqa kanallar ham bor menda ammo negadur kelgan xabarlar ichida birinchi sizni o‘qiyman.Bu ham sizga bo‘lgan ishonch tufayli deb bilaman!
Ishlaringizga rivoj,xayotingizga mazmun,umringizga umr tilab Gulnora!
Qashqadaryo.Chiroqchi...
Show next 100 comments