Роппа-роса 4 йил олдин @xushnudbek каналида илк пост қолдирилган эди. 4 йил ичида каналда 14 мингдан ошиқ постлар эълон қилинди (форвардлари билан). Бугунги кунда обуначилар сони 418 мингдан кўпроқни ташкил қилмоқда.

Умуман олганда канал менга кўп нарса ўргатди, тарбиялади. Турли кутилган ва кутилмаган савдоларни бошимга солди, қувончли ва баъзан дилни хира қилувчи вазиятларни туҳфа қилди. Масъулиятли бўлишга, маълумотларни қайта ва қайта текшириш, шошмашошарлик қилмасликка, ўз устимда тинимсиз ишлашга ўргатди.

Энг асосийси каналим менга Сизлардек қадрдон инсонларни берди. Ўзбекистон ва хориждаги турли нуқталардан мени кузатиб, фикрларимга муносабатлар берадиган, хурсандчилик кунларимда мен билан бирга қувонадиган, баъзан мен учун қайғурадиган, хато қилган пайтларим танқид қилиб, тўғри йўлга бошлайдиган 400 мингдан ошиқ азиз ва самимий яқинларим пайдо бўлди. Буларнинг барчаси Аллоҳнинг менга берган марҳамати, десам адашмаган бўламан.

Борингизга шукр! Барчангизни ғойибона ҳурмат қиламан.


👉 @xushnudbek 👈

544 comments

Show 100 more comments
Just awesome. Wish you greater career and prestige
Assalomu alaykum. Omad kattakooooooooooooooooonnnn ishlaringizga:)
Olloh yomon nazarlardan asrasin
Gap yoq Xushnud aka vashshi o'zganmagansiz lekin🙂
Gulasal Siddiqova
Eng ishonchli kanal deb bilaman sizi kanalizi.Omad ishlarizgaa Alloh rozi boʻlsin 👍👍👍👍👍
Ha, bironta yangi xabar eshitsak, ishonmaymiz. Xushnudbekdan kelibdi, desagina ishonamiz. 😁 Ishlarizga omad!!!
Assalomu aleykum Xushnud aka juda zoʻr kanalizga gap yoʻq.Doimo ishonchli va teri maʼlumotlar oʻqimiz.Ishlaringizga omad,
Omad do'stim! Biz siz bilan! Tanqidiy tahliliy maqolalarni ko‘paytiring. Xalq bilan birga bo‘ling
Biz ham sizni hurmat qilamiz.
Assalomu alaykum yaxshimisiz Xushnudbek sizni zakovatdagi eng bilimdon òyinchi deb bilganman yoshligimdan keyinchalik oliy òquv yurtlariga kirib xuquqshunos blogger deb tanidim telegram kanalizda birinchi bor kirganimga adawmasam 3yildan oshdi. Telegram yangi ochsam 1chi bb ulanadigan kanalim shu,😀😆rahmat kattakon ishonchli rasmiy va xazilomuz postlar uchun ishlaringizga omad yor bulsin sizdek bizni ham Kabatullohga borish nasib qilsin ilohim Amiyn🤗
Ишларингизга омад ; узингизга соглик тилайман .
Marjona
Ishlarizga omad!
Сиздай фарзандни тарбиялаб, вояга етказган ота-онанингга рахмат.
Буюклик- самимийлик ва соддаликдадир.
Salom hammaga
tabriklayman Xushnudbek aka sizni bu yutuqlar bilan davomli boʻlsin vaziyatdan foydalanib bir narsa soʻramoqchiman noturdosh yunalishga pervot masalasi xaqida biror post chiqaring xech kimdan aytarli gap ololmayman vaqt oz qoldi yordam bering iltimos alloh rozi boʻlsin sizdan
Assalomu alaykum yaxshimisiz? Biz ham sizni judayam hurmat qilamiz. Kanalni esa eng ishonchli manbaa sifatida bilaman. Biror kimdan ta'lim, Davlat, siyosat haqida ma'lumot eshitib qolsam eng birinchi -Xushunbekda ko'rdingmi? degan savolni beraman😁 -Yo'q, -desa sizni kanalingizda e'lon qilinmagunicha ishonmayman. Ishlaringizga omad va muvaffaqiyat tilayman. Kanalga ham omad ko'p yillar xalq bilan bo'lsin!
Хаммасига илмингиз, аклингиз оркали эришгансиз. Худо илмингизни янада зиёда килсин!
Mamalakatimizdagi ishonchli kanallardan biri, deb bilaman bu kanalni. Ishlaringizga omad tilayman. Izlanishdan charchamang
Show next 100 comments