Роппа-роса 4 йил олдин @xushnudbek каналида илк пост қолдирилган эди. 4 йил ичида каналда 14 мингдан ошиқ постлар эълон қилинди (форвардлари билан). Бугунги кунда обуначилар сони 418 мингдан кўпроқни ташкил қилмоқда.

Умуман олганда канал менга кўп нарса ўргатди, тарбиялади. Турли кутилган ва кутилмаган савдоларни бошимга солди, қувончли ва баъзан дилни хира қилувчи вазиятларни туҳфа қилди. Масъулиятли бўлишга, маълумотларни қайта ва қайта текшириш, шошмашошарлик қилмасликка, ўз устимда тинимсиз ишлашга ўргатди.

Энг асосийси каналим менга Сизлардек қадрдон инсонларни берди. Ўзбекистон ва хориждаги турли нуқталардан мени кузатиб, фикрларимга муносабатлар берадиган, хурсандчилик кунларимда мен билан бирга қувонадиган, баъзан мен учун қайғурадиган, хато қилган пайтларим танқид қилиб, тўғри йўлга бошлайдиган 400 мингдан ошиқ азиз ва самимий яқинларим пайдо бўлди. Буларнинг барчаси Аллоҳнинг менга берган марҳамати, десам адашмаган бўламан.

Борингизга шукр! Барчангизни ғойибона ҳурмат қиламан.


👉 @xushnudbek 👈

544 comments

Show 100 more comments
Muzaffar Pulatov
Ishlaringizga bugungi kundanda yorqinroq muvaffaqqiyatlar tiliyman. Yuqoridagi odam togri etibdilar rostan ham birir bir xabar kelsa "Xushnudbekdan kelibdi" desakgina ishonamiz.
🍎🍋🥝🍒🍍🍏🍅🍐àena2ewpp pm ll l l .
Nimagadur sizi kanalizi kuzataman o,Zim boxchada iwliman bayram kunlarida ortolarim,Xuwnidbegin nima divoti nechi kun dam ekan diyiwadi ayniqsa bayram oldi 1soat vaxli ketiwga xaqqiz bor degan joyi yoqadi xammaga biza keyin Ota onalaga tawimiza baribir 18.00 da ketamiz ,iwlarizga omad olloxi panixida boling
СИЗГА ҳам рахмат Хушнудбек СИЗ орқали биз аниқ маълумотларни оламиз.Бунинг ҳаммасига сабабчи менимча отангиз.Қаттиқ қўллиқ қилиб сизни шу даражага етказди.Озроқ эркалатганида балки бошқача бўлармиди.Сиз орқали отангизга рахмат
Омадизни берсин,биз сизни кузатяпмиз....
Оилавий бахт ва тинчлик тилайман.
Келаётган байрамлар муборакбулсин!
Feruza
Har doim kuzatib boraman.Eng ishonchli ma'lumotlar sizda.Sog'lik va omad tilayman
4yil oldin yozilgan postlar tagiga smile joylab bòlmasdiku Lekin kanaliz juda yaxshi ishlarizga omad
Qodirov Akmaljon
Энг ишончли,мазмунан бой маълумотлар сизда.Олди-қочди хабарлар йўқ ишизга омад
Dilmurod Yo'ldoshev
Aka ishingizga omad. Biz ham sizni juda hurmat qilamiz
Ishlarizga Omad tilayman Kanaliz juda yoqadi bizga Xalqqa xizmat qilishdan charchamang ✊✊
Bu kanalning menga umuman foydasi yoʻq ishonasanlarmi bu kanal 1 tiyinga ham arzimaydi.
418mingta odamning hammasi Vzlom yani NAKRUTKA URILGAN
@pensiyauzbot1 ni ham 400K qilaylik
Isomiddin
Aka ishingizga omad Alloh o‘z panohida asrasin🤲🤲🤲🤲
Ишларингизга омад! Зур канал. Хабарларни факат шу каналдан биламиз ва ишонамиз.
Gulzoda Bekmurodova 51-maktab
Bor bo'ling doimo sog' bo'ling🤲🤲🤲 omadingizni bersin biz ham sizning kanalingizdan ko'p ma'lumotlarni olamiz va ko'pchilikga tavsiya qilaman. Albatta barcha bergan ma'lumotlaringiz va yangiliklarni qo'rqmasdan e'lon qila olamiz. Shunday vaqtlar bo'lganki, siz barcha 2-oliy ta'limda tahsil oladigan talabalarni duosini olgansiz😅😅😅 ilohim omadingizni bersin🤲🤲🤲
Abdumannon
Assalomu alaykum Xushnud aka hozirgi va kelajakdagi ishlaringizga omad tilayman (kanal zo’r) ilohim umringiz uzun bo‘lsin, martabangiz bundanda baland bo’lsin Alloh panohida asrasin
🍎🍋🥝🍒🍍🍏🍅🍐àena2ewpp pm ll l l .
AKHMADJON SHERBEKOV
Bu kanalning menga umuman foydasi yoʻq ishonasanlarmi bu kanal 1 tiyinga ham arzimaydi. 418mingta odamning hammasi Vzlom yani NAKRUTKA URILGAN
Foydasi bomasa nimaga kuzatasan chiqib ket unda yoqadiki chiqib ketomisan
Aka ishizga omad. Sog bolin
Ollox aytar ekan jabroil alayxissalomga men polonchi bandami yaxshi ko‘rdim borib ayting bandalarimga ular xam yaxshi ko‘rsin deb ajomas shunday bandalarini biri bo‘lsangiz. Sizni "Zakovat" o‘yinida ilk bor ko‘rganimizda juda xam qiziqqon xarakatchan bola edingiz, xozir "Zakovat" o‘yinlarida xotirjamligizi kuzatyabmiz.Barakkala omad, aql idrok, zakovatligingiz xech qchon tark etmasin sizni. Siz qatori bizni farzandlarimiz xam shunday natijalarga erishishsin omin.👏👏👏👏😊☺️
Show next 100 comments