Роппа-роса 4 йил олдин @xushnudbek каналида илк пост қолдирилган эди. 4 йил ичида каналда 14 мингдан ошиқ постлар эълон қилинди (форвардлари билан). Бугунги кунда обуначилар сони 418 мингдан кўпроқни ташкил қилмоқда.

Умуман олганда канал менга кўп нарса ўргатди, тарбиялади. Турли кутилган ва кутилмаган савдоларни бошимга солди, қувончли ва баъзан дилни хира қилувчи вазиятларни туҳфа қилди. Масъулиятли бўлишга, маълумотларни қайта ва қайта текшириш, шошмашошарлик қилмасликка, ўз устимда тинимсиз ишлашга ўргатди.

Энг асосийси каналим менга Сизлардек қадрдон инсонларни берди. Ўзбекистон ва хориждаги турли нуқталардан мени кузатиб, фикрларимга муносабатлар берадиган, хурсандчилик кунларимда мен билан бирга қувонадиган, баъзан мен учун қайғурадиган, хато қилган пайтларим танқид қилиб, тўғри йўлга бошлайдиган 400 мингдан ошиқ азиз ва самимий яқинларим пайдо бўлди. Буларнинг барчаси Аллоҳнинг менга берган марҳамати, десам адашмаган бўламан.

Борингизга шукр! Барчангизни ғойибона ҳурмат қиламан.


👉 @xushnudbek 👈

544 comments

Show 100 more comments
Shunday vaqtlar bo’lganki, norasmiy kanallardan ma’lumot tarqasa, uni rost yoki yolg’onligini bilish uchun sizning kanalingizdan tekshirar edik, aytardik “Ana Xushnudbekda chiqibdi, demak rost ekan” deb. Rahmat sizga shunchalik ma’lumotlarni tez va aniq yetkizganingiz uchun. Ishlaringizga omad, charchamang!
Омадизиберсинилохим
гулзайнаб
Ассалому - алейкум Хушнудбек, сиззи каналииз бизга екади, оилавий, хаммамиз шу каналга уланганмиз, энг тугри ма'лумотларни шу каналада деб биламиз, айникса та' лим сохаси даги ма'лумотларни. Биз узимиз Санкт-Петербург дан кузатиб борамиз
Ag'zam Niyozov
El yurt xizmatida charchamang, Sizga mustahkam sog'lik salomatlik tilayman. Jamiyatning qonun ustivorligi uchun Siz va siz kabi ko'plab fidoyi, o'z sohasining professional mutaxassislari kerak. Faqat haqiqatni, barcha haqiqatni, haqiqatdan boshqa hech narsani.
Olg'a Xushnud aka!
Assalomu aleykum .Xushnudbek bu kanal insonlarni o`z huquq va majburiyatlarini,dunyo qarashini anchagina rivojlantirdi.Qolayversa tanqidir fikrlar ham o`z joyi bilan.Bu xalq uchun juda muhim.Agar hamma o`z huquqlarini bilsa o`ylanmanki O`zbekiston ham rivojlangan davlarlar qatoridan joy oladi:)
Assalomu Alaykum.
Xushnud aka kanalingizni talabalik davrimdan buyon kuzatib boraman judda kerakli va tastiqlangan xabarlar yoziladi bundan judda xursandman.
Qashqadaryo Qamashidan alangalik salom.
Ю.Д.Х.
Хушнудбек сизга обуна булганимга 2 йил булди менимча доимо сиздан кайнок хабарлврни оламан.Боризга шукур.Оллох сиздан Рози булсин.
Dilbar Sayimova
Xushnudbek ishlaringizga omad!
Assalomu alaykum Xushnudbek aka sizni yoshligizdan zakovatda chiqqanizdayam, telefonlar unchalik rivojlanmagan vaqtlari gazetalarda chiqqanizdayam doimo oilaviy kuzatib borardik. Onam rahmatlik siz zakovatdagi o'yinda chiqsez suyunib ketardilar. Sizni juda xurmat qilamiz. Mehrinoz opaniyam rosa yaxshi koraman birga tushgan rasmimizniyam alohida saqlayman. Oilaviy hayotda va ishlarizda hamisha omad yor bo'lsin 🤲
Bozorova
Сиз Узбекистоннинг севимли хккукшуносисиз чунки чехрангиз очик ва нурли
Biz ham sizni eng ishonchli kanal sifatida boshidan beri kuzatib boramiz. Ishlaringizni rivojini bersin, blogerlar ichida oʻziga xos oʻrningiz bor
Xalqimimni huquqiy savodxonligini oshirishda charchamang. Ollohim sizning ishingizni va amallaringizni davomiy qilsin. Omad yor boʻlsin.
Ю.Д.Х.
Ха айтганча мактабимизда жуда купчилик укитувчилар сизнинг обуначингиз буламиз.Фаргона туманки 9 мактаб .
Yunuso'g'li
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh omad
Asalomi alikum Xushnud aka yaxshimisiz biz ham sizni yaxshi ko'ramiz men szni ko'proq zakovat ko'rsatuvida kuzatib boraman Xushnud aka iltimos sizdan imtihonlarini ballari baland bo'lmasin bizlarga ham o'qishga kirish inshaalloh bo'lsin iltimos sizdan o'zim imkoniyatim cheklangan astoydil o'qish niyatim bor😔
Brat iwlarizga omad
Men obuna bòlganimga 3yil bòldi. Xushnudbek.uz is the best channel for me
Kamol R
Tabriklaymiz. Bor bo'ling, charchamang!
Farangiz Akmalovna
Assalomu alaykum Xushnud aka kanalingiz juda zor va aniq ma'lumotlarga asoslangan.👍Kanalingizdagi faoliyatingiz davomiy bo‘lsin va obunachilaringiz bundanda kop bolishini tilab qolaman.🤲 Shu o‘rinda kanalingiz a'zosi ekanimdan mamnunman!!!!
Ойлар Жураева
Ассалому алайкум Хушнудбек мен хам сизнинг обуначингизман , сизнинг каналингизни факат тугри хабарлар ёзиладиган канал сифатида укийман , чарчаманг сог булинг.
Show next 100 comments