Xayrli kech azizlar!

Bir qancha vaqt oldin Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan "O‘zbekiston uchun 100 g‘oya" tanlovining yarim finalida KUNTESTI mobil ilovamiz bilan qatnashganligimiz haqidada xabar bergan edim.

Bugun nihoyat tanlovning yarim final natijalari e'lon qilindi. Unga koʻra maksimal 30 balldan 28.50 ball bilan Xorazm viloyatida 2-o‘rinda boʻlsak, butun respublika bo‘yicha top-10 talikka kiribmiz!

Endi finalda 245 ta loyiha orasida g‘oliblik uchun kurashamiz.

Ilovamizga qiziqqanlar quyidagi havolalar orqali yuklab olishlari mumkin:

📱Androidlar uchun: https://cutt.ly/EE9Dfye

📱Iphonelar uchun: https://cutt.ly/QE9DgWP

Telegram kanal: ➡️ @kuntesti

1 comment

Raximova Mavluda
👏👏👏👏